78
Achitqilarning biomassasi 30
0
S haroratda melassa, mochevina va mineral komponentlar mavjud
bo‗lgan muhitda o‗stiriladi.
Bir sutkadan so‗ng fermeterga 5 % li antranil kislotasining spirtli eritmasi va 50 % mochevina
eritmasi qo‗shiladi, 3-4 soatdan so‗ng esa qo‗shimcha ravishda uglerod manbasi qo‗shiladi
(melassaning 25 % li eritmasi).
Antranil kislotasi va mochivina har 6 soatda, melassa esa har 12 soatda uzatilib turadi.
Ikki bosqichli fermentatsiya jarayoni 144 soatdan so‗ng tugaydi va triptofanning miqdori 6 g/l ga
teng bo‗ladi.Triptofandan tashqari ushbu usulda gistidin, izoleysin, metionin,
serin va treonin ham
olinadi.
Bacillussubtilis bakteriyalarning auksotrof mutantlarini ishlatishga asoslangan birbosqichli olish
texnologiyasi kam rivojlangan
.
Bir bosqichli jarayonning davomiyligi 48 soat, triptofanning konsentratsiyasi 10 g/l.
Kultural suyuqlik quritilgandan so‗ng triptofanning ozuqa konsentrati olinadi (TOK), unining
tarkibida oqsillar, erkin triptofan, V
1
, V
2
va PP vitaminlari bo‗ladi.
Triptofanin yuqori tozalangan kristalik preparatlari kultural suyuqlikni qo‗shimcha ravishda
tozalangandan so‗ng kationit bilan to‗ldirilgan kolonkadagi ion almashinuv
xromatografiyasi usuli
yordamida olinadi (rn 1,0 sorbsiya amalga oshadi; elyusiya 5% gidroksid ammoniy va propanolom-2
aralashmasida olib boriladi)
Elyuatlar kristallaniladi; kristallar yuviladi va quritiladi. Kristall xoldagi preparat 99% gacha
triptofan saqlaydi.
Metabolizmning shoxlanmagan yuli orqali aminokislotalarni olinishi,
masalan arginin olish
uchun auksotrof mutantlar qo‗llanilmaydi. Bu xolda regulyator (boshqaruvchi) mutantlar qo‗llaniladi.
Arginindan tashqari regulyator mutantlar serin va sitrullin
olishda qo‗llanilladi.
Corynebacterium
yoki
Brevibacterium
turidagi bakteriyalarni
uglevodli muhitda (kraxmal gidrolizatlari, shakar qamish yoki
lavlagi melassasi),
etanolda yoki atsetatda, biotin tanqisligida
o‗stirishda muhitda 30 g/l gacha glutamin kislotasi to‗planadi.
Ushbu aminokislotasini hosil bo‗lishi uchun eng muhim
sharoitlardan bu glutamatdegidrogenaza faolligini pasaytirishdir.
Muhitda biotin va ammoniy tuzlarining miqdori ko‗p bo‗lsa,
prolin hosil bo‗lishi uchun sharoit ta‘minlanadi, ammoniy va rux
ionlarining miqdori ko‗payganda kuchsiz
kislotali muhitda esa
glutamin sintezi uchun sharoit paydo bo‗ladi.
Geni modifikatsiyalangan E. coli mikroorganizmlarning
sanoat shtamlari orqali treonin olinadi. Uglerod manbasi sifatida
saxaroza qo‗llaniladi.
SHtammning
unumdorligi
40
soat
fermentatsiya
jarayonidan so‗ng 1 litr kultural suyuqlikka 100 gramm L-treonin
to‗hri keladi.
Ozuqa qo‗shimchalari, biologik faol qo‗shimchalar
(BFQlar), pripravalar, ta‘mni kuchaytirgichlar sifatida qo‗llanishdan tashqari
aminokislotalar yana
kimyoviy, parfyumeriya va farmatsevtik sanoatda xom ashyo sifatida qo‗llaniladi.
So‗nggi 10 yil ichida ozuqa ishlab chiqarish sanoatida aminokislotalarni qo‗llanishi 15
martagacha ortdi. Bu o‗z navbatida ularni ishlab chiqarilishidan 70% ni tashkil etadi. Ishlab
chiqariladigan 30% aminokislotalar oziq ovqat sanoatida qo‗llaniladi.
- glitsin – shirin ta‘m beruvchi, antioksidant, bakteoriostatik;
- asparagin kislota – ta‘mni kuchaytiruvchi, aspartam ishlab
chiqarish uchun xomashyo;
- gistidin – yallig‗lanishga qarshi vosita;
- glutamin kislota – ta‘mni kuchaytiruvchi, psixik kasalliklarni davoldash uchun
preparat;
- metionin – ozuqa va em qo‗shimchasi;
- treonin va triptofan – oziqa va mollar emiga qo‗shimchadir;
- triptofan - oziqa va mollar emiga qo‗shimchadir, tibbiyot tabletkalari tarzida ishlab chiqariladi;
- sistein - farmatsevtik preparat;
- fenilalanin – aspartam olish uchun xomashyo;