Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti “Geografiya bakalavriat” ta’lim yunalishi


 Tabiiy geografiya fanining ob’ekti va predmetining mazmuni va mohiyati



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana01.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#626146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti “Geografiya b

1.2. Tabiiy geografiya fanining ob’ekti va predmetining mazmuni va mohiyati
Tabiiy geografiya
- Erning geografik kobig`i, tabiiy tarkibi va uning strukturaviy 
kismlari: barcha daraja-dagi tabiiy hududiy majmualarini (shuningdek, suv 
havzalarini 
ham) 
o’rganuvchi fan; tabiatshunoslik fan-larining muhim 
tarmoklaridan biri. Tabiiy geografik majmualarning ma-kon va zamonda ob’ektiv 
mavjudligini e’tirof etish tabiiy geografiyani eng muhim metodologik 
tamoyillaridan biri. 
Geografik qobiqning murakkab tuzilishi va xususiyatlari uni har to-monlama 
tadqiq qilishni, ya’ni bir butun hamda alohida komponentlar bo’yicha ham va 
undagi katta-kichik tabiiy geografik majmualar bo’yicha ham tadqiq qilishni 
taqozo etadi. Bu, o’z navbatida, tabiiy geografiyaning tarmoqlanishiga olib keladi. 
Hozirgi kunda tabiiy geografiyaning quyidagi asosiy tarmoklari mavjud: umumiy 
er bilimi, regional geografiya, landshaftshunoslik, paleogeografiya, xususiy 
geografiya (iqlimshunoslik, geomorfologiya, biogeografiya va h.k.) 
T a r i x i .
Dastlabki geografik tasavvurlar yunon olimlari Fales (mil. av. 625—
547 y.lar), Anaksimandr (mil. av. 610—347 y.lar), Miletlik Geka-tey (mil. av. 
546—480 y.lar), Gerodot (mil. av. 486—425 y.lar), Platon (mil. av. 427—347 
y.lar), Aristotel (mil. av. 384—322 y.lar)ning tabiat falsafasi yoki tarixga oid 
asarlarida uchraydi. «Geografiya» nomli birinchi ilmiy asar Eratosfen (276—194 
yillar) tomonidan yaratilgan. Bu asar o’z davrigacha to’plangan geografik 
ma’lumotlarni tartib bilan taxlil qilishning eng dastlabki namunasi bo’lgan. Yunon 
olimlarining asarlarida hozirgi vaqtda ham mavjud bo’lgan matematik geografiya, 
mamlakatshunoslik, rayonlashtirish va tasviriy geografiya kabi yo’nalishlarga asos 
solingan edi. Geografik xaritalarning ilk namunalari ham ular tomonidan 
yaratilgan. 
Ilm-fan, ma’rifat va madaniyat, shuningdek, Osiyoda, ya’ni g`arbda O’rta dengiz 
bo’ylaridan, sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolda Orol dengizi kengliklaridan 
janubda Arabiston dengizi qirg`oklarigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan 
Sharq olamida rivojlana boshladi. Bu davrda, ayniqsa, 9— 11-asrlarda fan va 
madaniyat tez sur’atlarda rivojlandi, yuzlab ilm-fan namoyandalari, olimlar etishib 


chikdi. Ulardan Movarounnahr va Xuroson olimlari etakchi o’rinlarni egallagan. 
O’sha davrda yashab, ijod qilgan va jahon fanida o’chmas iz qoldirgan Muhammad 
ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Jayhoniy, Abu Zayd va Abu Ma’shar 
Ja’farlar, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg`ariy kabilar shunday olimlardan. 
Ular Er meridiani uzunligini aniklash, joylarning geografik koordinatalari 
jadvallarini tuzish, geografik xaritalar tuzish, ayrim geografik hodisa va 
jarayonlarning sabablarini izohlash, turli mamlakatlar tabiatini tasvirlab yozish 
ishlarini davom ettirdilar. Ko’pgina tarixiy-geografik va astronomik-geofizik 
asarlar yoziddi. O’rta asrlardagi Sharq olimlarining geografik merosi 
I.Yu.Krachkovskiy, H. Hasanovlar tomonidan taxlil qilingan. 
Tabiiy geografiyaning rivojlanishi tarixida 15—16-asrlarda Evropadagi Uygonish 
davri bilan bog`liq bo’lgan Buyuk geografik kashfiyotlar muhim ahamiyatga ega 
bo’ldi. O’sha vaqtda yangi erlarning evropaliklar uchun ma’lum bo’lishi 
tabiatshunoslikning, shu jumladan, tabiiy geografiyaning taraqkiyoti uchun ham 
turtki bo’ldi. Insonlarning geografik tasavvur doirasi ancha kengaydi. O’sha davrda 
Movarounnaxrda Hofizi Abro’, G`iyosiddin Naqqosh, Abdurazzoq Samarqandiy, 
Mirzo Ulug`bek, Bobur, Muhammad Haydar Mirzo kabilar o’z asarlari bilan 
tasviriy geografiyaning rivojiga munosib hissa qo’shdilar. 
Tabiiy geografiyaning tarixidagi yana bir muhim bosqich 19-asrning 1-yarmidan 
20-asrning 60-yillarigacha davom etib, yangi ilmiy tabiiy geografiyaning 
shakllanishi bilan tavsiflanadi. Bu davrning boshlanishi nemis tabiatshunosi A. 
Gumboldt asarlariga borib taqaladi. Uning buyuk xizmati tabiat komponentlari 
orasidagi o’zaro aloqadorlikning taxlili geografiya fani uchun qanday ahamiyatga 
ega ekanligini ochib berishda edi. Tabiiy geografiyadagi bu g`oya keyinchalik V. 
Dokuchaev, L. S. Berg, A. Grigorev, S. V. Kalesnik va boshqalar tomonidan 
rivojlantirildi. Natijada Erning geografik qobig`i, tabiiy geografik kompleks va 
landshaft haqidagi ta’limotlar yuzaga keldi. Bir qancha tabiiy geografik 
qonuniyatlar aniqlandi, yangi izlanish metodlari yaratildi, ilmiy eks-pedistiyalar 
uyushtirildi. Joylarning tabiiy sharoiti va tabiiy boylikla-rini o’rganish ishlari 
jadallashdi. Sharqiy Evropa tekisligi, Kavkaz, O’rta Osiyo, Sibir va Uzok, Sharq 


regionlarining tabiati va tabiiy resurslari haqida yirik ilmiy asarlar yuzaga keldi. 
Shular qatorida O’rta Osiyoda izlanishlar olib borgan tabiatshunos olimlar 
N.A.Dimo, R.I. Abolin, D. N. Kashkarov, E.P.Korovin, Q. Z. Zokirov, 
I.A.Raykova, N.L.Korjenevskiy, V.M.Chetirkinlarning ishlari ahamiyatli bo’ldi. 
20-asrning o’rtalaridan boshlab tabiiy geografiya tadqiqotlarining, geografik 
muassasa va ilmiy markazlarning ko’lami yana-da ortdi. Geograflar soni ham 
oshdi, yangi-yangi ilmiy yo’nalishlar shakllandi. Jumladan, geofizika, geokimyo, 
ekologik yo’nalishlar rivojlandi. Yangi ilmiy tushunchalar (geografik fazo, Erning 
landshaft qobig`i, landshaft-lar morfologiyasi, antropogen landshaft va h.k.) hamda 
geografik qonuniyatlar (landshaft qobig`ining mozaikligi, diskretligi, geografik 
zonallikning davriylik qonuniyatlari, qutbiy asimmetriya) vujudga keldi. Tabiiy 
geografik rayonlashtirish ishlari yangi bosqichga ko’tarildi. Uning nazariy asoslari, 
metodlari takomillashdi. Tabiiy geografiya konstruktiv bosqichga o’tdi. Tabiiy 
komponentlarni amaliy maqsadlarda baholash, ularning taraqqiyot yo’nalishlarini 
aniklab, kelajakdagi o’zgarishlarini bashoratlash tamoyil-lari va metodlari ishlab 
chiqildi. 
O’zbekistonlik geograf olimlarning davrasi ancha kengaydi. Tanikli olimlar L. S. 
Babushkin, O. Yu. Poslavskaya, N. A. Kogay, M. Qoriev, N. D. Dolimov, H. 
Hasanovlar qatoriga P.Baratov, M.Mamatqulov, P.G`ulomov, A.Saidov, 
Yu.Sultonov, L.Alibekov, A.Abdulqosimov, A.Rafiqov, Sh. Zokirov, Sh.Ergashev, 
I.Hasanov, I.Abdug`aniev, I.Nazarov kabi olimlar kelib qo’shildi. Ular 
O’zbekiston va uning ayrim hududlarining tabiiy va antropogen landshaftlarini 
tadqiq qildilar, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik baholash, tabiiy 
geografik majmualarning rivojlanish yo’na-lishlarini aniklash va bashoratlash 
ishlarida samarali mehnat qildilar.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish