KIRISh
Mavzuning dolzarbligi.
Geografiya qariyb yigirma ikki asrlik uzoq va murakkab
tarixga ega bo’lgan qadimgi fanlardan biridir.
U jamiyatda doimo bir necha
vazifalarni bajarib kelgan. Geografik bilimlar umumiy ta’limning asoslaridan birini
tashkil qilishi bilan bir vaqtda insonning haqiqiy ilmiy dunyoqarashining
shakllanishi uchun muhimdir. Geografiya bugungi kun fani sifatida
rivojlanishning tabiatdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish,
jamiyatning
turli sostial-iqtisodiy vazifalarni to’g`ri hal etishida ahamiyati katta.
Geografiya o’zining uzoq tarixi davomida g`ayratli va donishmand
insonlarning shijoati tufayli Er yuzasining barcha qismlari, mamlakatlari kashf
qilindi,
ularning tabiiy sharoitlari,
tabiiy boyliklari, xalqlari va boshqa geografik
xususiyatlariga oid ko’pdan-ko’p ma’lumotlar to’plandi. Natijada to’plangan
ma’lumotlarni o’rganish, solishtirish, umumlashtirish
va qonuniyatlarni
aniqlashdan iborat bo’lgan ilmiy izlanishlar yuzaga chiqa boshladi, ya’ni
geografiya fanining ilmiy asoslari va nazariyasi shakllana boshladi.
Er yuzasi va turli qismlarining, turli o’lka va mamlakatlarning tabiiy
sharoiti, tabiiy boyliklari, xo’jaligi va aholisiga taalluqli ma’lumotlar ko’paygan
sari geografik izlanishlar ham murakkablashib, ixtisoslashib bordi. Joylarning
tabiiy sharoitini, iqtisodiy geografik xususiyatlarini chuqurroq va batafsilroq bilish
ehtiyoji ularning qismlarga, komponentlarga bo’lib o’rganishni
taqozo eta
boshladi. Bu hol o’z navbatida geografiya fanining tabaqalanishiga va yangi
geografik fanlarni paydo bo’lishiga olib keldi. Buning oqibatida bir butun fan
sifatida shakllangan geografiya endilikda murakkab tuzilgan fanlar tizimiga
aylandi. Bu tizimda tabiiy geografiyaning ham o’z o’rni bor.
Mustaqillikning
dastlabki yillaridan boshlab, mamlakatimizning barcha
ta’lim tizimlarida tabiiy geografiya fanining turli tarmoqlarini o’qitishga katta
e’tibor berila boshladi. Bu esa geografiya darslarida ta’lim sifati va mazmunini
yaxshilashni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgiladi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g`risida”gi Qonuni va Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturining
talablaridan kelib chiqib, geografiya fanlar
tizimidagi qonuniyatlarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi ta’lim sifatini
ta’minlovchi muhim omildir.
Men yuqoridagi talablardan kelib chiqib,
bitiruv malakaviy ishim
mavzusi sifatida tabiiy geografiyaning ob’ekti va predmeti hamda uni
o’qitishning ahamiyati mavzusini tanladim.
Bugun mamlakatimizda ta’lim sohasiga katta mablag`lar ajratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov 2016 yil 16 yanvarida
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016
yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan
yig`ilishida “Bosh
maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan,
olib borayotgan
islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish,
xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib
berish hisobidan oldinga yurishdir”