7
Bundan ko‘rinib turibdiki, Organik olamning xilma-xilligi hayvonot dunyosi
sistematikasini yanada takomillashuviga olib keldi.
Oxirgi yillarda xorijda va MDH mamlakatlarida ilmiy dargohlarda va oliy
o‘quv yurtlarida faoliyat yuritayotgan yirik zoolog olimlar tomonidan chop etilgan
qator
monografiyalar, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, darslik va o‘quv
qo‘llanmalar chuqur tahlil qilinganda, hayvonot dunyosi, va ayniqsa umurtqasiz
hayvonlar sistematikasida ko‘plab yangi-yangi ma’lumotlar borligi ma’lum bo‘ldi
[1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15].
Hozirgi vaqtda Yer yuzida hayvonlarning 1,5 mln. dan ortiq turlari ma’lum,
jumladan 1,0 milliondan ortiq bo‘g‘imoyoqlilar, 118000 dan ortiq mollyuskalar, 40-
42 minggata umurtqali hayvonlar turlari aniqlangan. Umuman, umurtqasizlar bilan
tanishuv orqali hayvonot dunyosi bilan tanishish mumkin.
Umurtqasiz
hayvonlarning ko‘pligi va xilma-xilligi hayratga soladi va ilmni hali o‘rganilmagan
qirralarini ochish uchun manba hisoblanadi. Ayrim yirik mutaxassis olimlarning
fikricha, Yer yuzida umurtqasiz hayvonlarning 30 mln. dan ortiq turlari mavjud
bo‘lishi mumkin.
Oxirgi yillarda ham hayvonot dunyosi sistematikasini rivojlantirish va
takomillashtirish borasida zoolog olimlar tomonidan to‘xtovsiz tadqiqot ishlari olib
borilmoqda va natijada yangi-yangi sistematik kategoriyalar (dunyo, kenja dunyo,
katta tip, tip, kenja tip,
katta sinf, sinf, kenja sinf, turkum, kenja turkum, oila va
hokazo) paydo bo‘lmoqda.
Bunday yangiliklarni birinchi navbatta, Respublikamiz oliy o‘quv yurtlari
talabalari uchun zoologiya fanidan tayyorlanadigan yangi namunaviy o‘quv
dasturiga kiritilishi lozim. Yangi tuzilgan namunaviy o‘quv dasturiga mos holda esa
zoologiya fanidan yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalar yozilib,
chop ettirishiga
imkon beradi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda zoologiya yo‘nalishida ilmiy tekshirish
institutlarida faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlar asarlarida va oliy o‘quv yurtlarida
zoologiya fanidan talabalarga o‘tilayotgan darsliklarda hayvonlarning sistematik
holati jahon andozasiga mos holda yoritilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Lekin, bu ma’lumotlar O‘zbekistonda universitet va pedagogika oliy o‘quv
yurtlarida ta’lim olayotgan talabalarga to‘laqonli yеtkazib berilmoqda deb
bo‘lmaydi. Chunki hozirda Respublikamizda universitetlarda va pedagogika oliy
o‘quv yurtlarida zoologiya fanidan qo‘lanilib kelinayotgan namunaviy o‘quv
dasturlari juda ham chalkash tuzilgan, hayvonlar sistematikasi bo‘yicha xorijda va
MDH mamlakatlarida Oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritayotgan yirik zoolog
olimlar tomonidan qo‘llanilib kelinayotgan o‘quv dasturidagi
yangiliklar deyarli
kiritilmagan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, uzoq yillar davomida Respublikamizda
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli zoologiya ilmiy tadqiqot
instituti faoliyat yuritib keladi va bu ilmiy dargohda olimlar tomonidan hayvonot
dunyosining faunasi, xilma-xilligi, sistematikasi, hayvonlarni turli mintaqalarda
tarqalish
qonuniyatlari, biolgik xususiytlari, soni kamayib ketayotgan turlarini
muhofaza qilish va boshqa muammolar еchimi bilan shug‘ullanadi.
8
Bizning fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga
qarashli zoologiya ilmiy tadqiqot instituti Respublikamizda hayvonot dunyosini har
tomonlama o‘rganadigan asosiy ilmiy markaz hisoblanadi. Shunday ekan, zoologiya
instituti yetuk sistematik olimlairi hamda Respublikamizning universitet va
pedagogika oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritayotgan yirik zoolog olimlar yigilib,
hayvonot dunyosining hozirgi zamon sistematik holati
haqida xorijiy davlatlarda
ilmiy dargohlarda va oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritib kelayotgan yirik zoolog
olimlar tomonidan oxirgi yillarda chop etilgan monografiyalar, ilmiy maqolalar,
darslik va o‘quv qo‘llanmalarda hayvonot dunyosi sistematikasi haqidagi
yangiliklarni muhokama qilib bir to‘xtamga kelinib, hayvonot dunyosi sistematik
holati haqidagi yangiliklarni O‘zbekistonda o‘quvchi-talabalarga o‘qitililib
kelinayotgan zoologiya fanining namunaviy o‘quv dasturlariga kiritilib, shu asosda
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilariga va oliy o‘quv yurtlari talabalariga
yangi darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalar yozilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: