Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/183
Sana01.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#624787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
Bog'liq
50996 ТДПУ-ТЎПЛАМ -14.04.2020 (7)

zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat 
egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. 
Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot 
texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa 
yo’lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot 
texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. 
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur 
bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh 
iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va 
yangi, zamonaviy bosqichga ko’tarish maqsadida men yurtimizda 2020 yilga
 “Ilm, 
ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, 
deb nom berishni taklif 
etaman. 
Maktab o’quv dasturlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, 
o’quv yuklamalari va fanlarni qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga 
moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur. 
Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo’nalishlarni aniq belgilab 
olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini biryo’la taraqqiy 
ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor 
yo’nalishini rivojlantirish tarafdorimiz. 
Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo’nalishlarda 
fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar 
yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion 
tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag’larini ajratish mexanizmini tubdan qayta 
ko’rib chiqish kerak”. Prezidentimizning bu murojati barcha pedagoglarni 
ruhlantirdi va ular o’qitishning yuqori samara beradigan, ta’lim tizimini 
mukammallashtiradigan texnologiyalar ustida tinmay ishlamoqdalar. 



Biologiya o’qitish jarayoniga masala va mashqlar yechish metodikasini tatbiq 
etish, o’quvchilarning biologik masala va mshqlar yechish texnikasi bilan 
qurollantirish o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi va egallagan 
bilimlarini mustahkamlaydi. Biologiyadan masala va mashqlar yechish fanlararo 
bog’lanishlarni shakllantirishda muhim o’rin tutadi. O’quvchilar biologik 
muammoni hal qilish bo’yicha izlanishlari davomida matematika, kimyo, geografiya 
va fizika kabi fanlardan olgan bilimlariga ham tayanishadi. 
Biz quyida masala va mashqlar turlari va ularning yechish metodikasi bilan 
sizlar bilan o’rtoqlashmoqchimiz. T 
Biologiyadan masala va mashqlarni nafaqat yangi materialni o‘quvchilar 
qanday o‘zlashtirganliklarini nazorat qilishda, balki darsning boshqa bosqichlarida 
ham foydalanish mumkin. Dastlab olingan bilimlarni mustahkamlashda. Masala 
yechish davomida o‘quvchilarda darsda olgan bilimlarning qo‘llash ko‘nikmalari 
hosil bo‘ladi. O‘zlashtirilgan bilimlarga esa ongli yondashiladi va chuqurlashadi.
Masala va mashqlarni darajasi, shakli va ma’nosiga qarab klassifikatsiya 
qilish mumkin.
O‘quvchilarga taklif etilayotgan masala va mashqlar (u darsda yoki olimpiada 
bo‘lishidan qat’I nazar), ularni 5 ta darajaga ajratish mumkin. Ularni bilimlarni 
o‘zlashtirish darajasi bilan chalkashtirmaslik kerak. Didaktika bilimlarni 
o‘zlashtirishni uch guruhga bo‘lishi ma’lum ular reproduktiv o‘zlashtirish, standart 
masalalarni yechish va ijodiy masalalarni yechishni bilish. 
Murakkablik darajalarini turli xil masala va mashqlar misolida ko‘rib 
chiqaylik.

Birinchi darajali masalalarda oddiy bilimlarni taqqoslash bilan bog‘liq bo‘lishi 
mumkin bunday testlar ko‘proq o‘quvchilarning xotirasini tekshirish uchun 
qulaydir. 
Misol uchun: makkajo’xori ildizi 1mm
2
yuzasida 700 ta ildiz tukchasi bo’lsa, 
makkajo’xori ildizining umumiy yuzasi 95sm ni tashkil etsa, qancha ildiz tukchasi 
bo’lishi mumkin? 

Ikkinchi darajali murakkablikka ega bo‘lgan masalalarni yechishda ayrim 
4uanine4 qonunlarni tatbiq eta olishni va ayrim hodisalarni taqqoslash talab 
etiladi. 
Misol uchun: ma’lumki ipak qurtining bitta urg’ochisi o’ragan pilla tolasini 
uzunligi 1000metrni tashkil etadi, erkagi esa urg’ochisiga nisbatan 30% ko’p tola 
o’raydi. Pillakorga tarqatilgan ipak qurti tuxumlaridan 10000 dona erkak ipak qurti 
chiqqan bo’lsa, ular o’ragan pilladagi tolalar uzunligi qancha bo’ladi? 

Uchinchi darajali masala va mashqlarni yechishda qanday bilimlardan foydalanib 
javob berish kerakligini aniq bilish kerak. 
DNK molekulasini ma’lum bir fragmentida 598 ta fosfodiefir bog’ bo’lsa, 
ushbu DNK fragmenti asosida sintezlangan oqsil molekulasidagi peptid bog’lar 
sonini toping. 

Yechish: fosfodiefir bog’ 598 ta bo’lsa, bu bog’ bilan birikkan nukleotidlar 
soni 600 ta bo’ladi. Bitta triplet bitta aminokislotani kodlashini xisobga olgan xolda 



peptid bog’lar sonini topamiz. Sintezlangan oqsil molekulasi tarkibidagi 
aminokislotalar soni bitta zanjirda 100 ta bo’lsa, peptid bog’lar soni 99 ta 
bo’ladi.Chunki birinchi aminokislota bilan ikkinchi aminokislota o’rtasida bitta 
peptid bog’ mavjudligini e’tiborga olib peptid bog’lar sonini aminokislotalar 
sonidan bitta kam olinadi. 
Javob: 99 ta. 

To‘rtinchi darajali masala hamda mashqlarga javob berishda o‘quvchilar boshqa 
fanlardan kimyo, fizika, matematikadan olgan bilimlarini ham safarbar etishni 
bilishlari kerak. 
Misol uchun: DNKning bir zanjiridagi nukleotidlar ketma –ketligi 
quyidagicha bo’lsa AAGGSSTTTGGGASSTGA komplementarlik pritsipi boyicha 
uning ikkinchi zanjiridagi nukleotidlar ketma – ketligini va vodorod bog’lar sonini 
toping. Ushbu masalani yechimini 5uanine uchun A – T ga G-S ga komplementar 
ekanligini va A bilan T o’rtasida ikkita G bilan S o’rtasida 3ta vodorod bog’ 
mavjudligini xisobga olish kerak 
Echish: 
komplementarlik printsipiga binoan DNK molekulasining ikkinchi 
zanjiridagi nukleotidalr ketma – ketligi kuyidagicha TTTSSGGAAASSSTGGAST 
, vodorod bog’larnini soni 5uanine bilan timin o’rtasida 16 ta 5uanine bilan sitozin 
o’rtasida 30 ta, jami vodorod bog’lar soni 46 ta. 
Javob. TTTSSGGAAASSSTGGAST, 46 ta vodorod bog’. 

Beshinchi darajali masala va mashqlarni shartlari murakkab bo‘lib uning ichida 
yashiringan tushunchalarni tushunish ancha qiyin bo‘lib uni ishlashda 5uanine5 
qonuniyat va nazariyalarni tatbiq eta olish talab etiladi.
Misol uchun: DNK molekulasida 5uanine va timin o‘rtasida ikkita vodorod 
bog‘, 5uanine bilan sitozin o‘rtasida uchta vodorod bog‘ mavjud, nukleotidlar 
o‘rtasidagi masofa 0.34 nm ga teng. DNKning ma’lum bir fragmentida 1050 ta 
vodorod bog‘ mavjud bo‘lib, shundan 60% I 5uanine va sitozinga to‘g‘ri kelsa shu 
DNK fragmentidagi nukleotidlar sonini toping? 
Yechish 
1050 ta - 100% x = 630 ta vodorod bog‘ boladi. 
X ta - 60% i 
1050 ta - 100% x = 420 ta vodorod bog‘ bo‘ladi. 
X ta - 40% i 
Bizga ma‘lumki, 5uanine doimo sitozinga komplementar bo‘ladi va ular 
o‘rtasida uchta vodorod bog‘ mavjud, shuning uchun 630:3=210 nukleotid bo’lishi 
aniqlanadi. Adenin bilan timin doimo komplementar bo‘ladi va ular o‘rtasida ikkita 
vodorod bog‘ mavjud shuning uchun 420 : 2= 210 nukleotid bo’lishi aniqlanadi. 
210+210=420 ta. 
Javob:
DNK fragmentida nukleotidlar soni 420 ta bo‘ladi. 
Masala qanchalik yuqori darajali bo‘lsa shunchalik ko‘proq fikrlashni va 
murakkab mantiqiy operatsiyalarni bajarishni talab etadi.
O’quvchilarning bilish faolligini oshirishda biologiyadan masala va 
mashqlar yechish o’ziga xos o’rin egallaydi. Biologiya darslarida masala va 



mashqlar yechish oqali o’quvchilarda biologik hodisa jarayonlarning kechishi 
haqida bilim, ko’nikma, malaka hosil bo’ladi. O’quvchilarning boshqa turdosh 
fanlardan olgan bilimlarini o’rtaga qo’yilgan biologik muammoni xal qilishga 
safarbar etadilar. Masala va mashqlar yechish orqali o’quvchilarda mantiqiy 
fikrlashlari va ilmiy dunyoqarashlari kengayib boradi. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish