2. Quyidagilar Institutning sotsiolingvistika sohasidagi qo‘shimcha vazifalari etib belgilansin: o‘zbek tilining rivojlanishi bilan bog‘liq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va kengaytirish



Download 79,97 Kb.
bet1/3
Sana29.12.2021
Hajmi79,97 Kb.
#76667
  1   2   3
Bog'liq
139 11.03.2020
Минусовка HammAli & Navai - Девочка-война, ''Qutadg'u bilig''(1), ''Qutadg'u bilig''(1), Doc1, 77777, O‘RQ-595 16.12.2019, O‘RQ-595 16.12.2019, Маъруза 14-мавзу. Фалсафа, Маъруза 14-мавзу. Фалсафа, Falsafaning asosiy muammolari, yo‘nalishlari va usullari reja, MsoIrmProtector, 4E8c9zr5yPYrAx0VuuC7qPha1Ne3ShrY, 4E8c9zr5yPYrAx0VuuC7qPha1Ne3ShrY, 4E8c9zr5yPYrAx0VuuC7qPha1Ne3ShrY, php dan ma'lumotlar



[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tilini targ‘ib qilish hamda o‘zbek tilshunosligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]

1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 5 ta shtat birligidan iborat Sotsiolingvistika bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2. Quyidagilar Institutning sotsiolingvistika sohasidagi qo‘shimcha vazifalari etib belgilansin:

o‘zbek tilining rivojlanishi bilan bog‘liq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va kengaytirish;

o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish borasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish;

o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish;

o‘zbek tilining izohli lug‘atlari, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qo‘llanma va adabiyotlar tayyorlash;

davlat tilini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2020 — 2022-yillarda o‘zbek tili va adabiyotiga doir fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 20-son, 371-modda) 9-ilovaning matni 2-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda:

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublika bo‘ylab dialektologik va folklor ekspeditsiyalarini tashkil etish rejasini tasdiqlasin;

Institutning yangi tahrirdagi ustavi va Sotsiolingvistika bo‘limi xodimlarining funksional majburiyatlarini tasdiqlasin;

Institutning shtat birligiga yangidan kiritilgan lavozimlarni yuqori malakali ilmiy kadrlar va istiqbolli yosh mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.

6. Manfaatdor vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti B.S. Yo‘ldoshev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2020-yil 11-mart,

139-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-son qaroriga

1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2020 — 2022-yillarda o‘zbek tili va adabiyotiga doir fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish


Download 79,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
pedagogika universiteti
haqida umumiy
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
koronavirus covid
coronavirus covid
qarshi emlanganlik
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
moliya instituti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
fanlar fakulteti
fanidan mustaqil
ishlab chiqarish
Toshkent axborot