Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Quruqlikdagi suvlarning qanday turlarini bilasiz?
2. Daryo qismlar va ularning xususiyatlarini gapirib bering.
3. Sharshara va ostonalar qanday hosil bo’ladi? Dunyodagi eng yirik sharsharalar jadvalini
tuzing.
4. Daryolar bir-biridan qanday o’lchamlariga ko’ra farq qiladi? O’zingiz yashaydigan
hududga yaqin joylashgan ikkita daryoning o’lchamlarini ko’srtkichlar bo’yicha hisoblang va
tahlil qiling.
5. Daryolarning qanday manbalardan suv olishi jihatidan guruhlarga ajrating va
daryolarning to’yinish tiplari nomli jadval tuzing.
6. Daryolar xo’jalikda qanday ahamiyatga ega va uni muhofaza qilish uchun nimalarni
amalga oshirish lozim?
20
-MAVZU: KO’LLAR, BOTQOQLAR, SUV OMBORLARI.
MUZLIKLAR. YER USTI SUVLARINI MUHOFAZA QILISH
Reja:
1. Ko’llar, ularning turlari va tarqalishi.
2. Botqoqlar va ularning turlari va tarqalishi.
3. Suv omborlari va ularning tarqalishi.
4. Muzliklar – Kriosfera.
5. Tog’ muzliklari va qoplama muzliklar.
6. Hozirgi zamon muzliklari.
7.
Muzliklarning ishi. Yer usti suvlarini muhofaza qilish.
74
Tayanch iboralar:
Ko’l, botqoq, muzlik, qor chizig’i, manfiy harorat, tog’ muzligi,
qoplama muzlik, manfiy harorat, kriosfera, kriolitozona
.
1. Ko’llar , ularning turlari va tarqalishi.
Quruqlikdagi suv bilan to’lgan va
bevosita dengiz bilan tutashmagan tabiiy botiqlarga
ko’llar
deb ataladi. Yer sharidagi ko’llarning
maydoni 2,7 mln.km.kv. bo’lib, butun quruqlikning taxminan 1,8% maydonini egallaydi.Xar bir
ko’l bir-biri bilan bog’liq 3 ta tarkibiy qismdan iborat: 1. suv to’ldirilgan chuqurlik, ya’ni botiq;
2. suvli qatlam; 3. suv havzasining o’simlik va hayvonot dunyosi.
Ko’l botiqlari kelib chiqishiga ko’ra quyidagi qismlarga bo’linadi:
1. Tektonik ko’llar. Ular o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:
- uzilmalarda joylashga ko’llar. Ular Yer yuzasining eng chuqur ko’llari hisoblanadi – Baykal,
Buyuk Afrika yorig’idagi ko’llar, Shvetsiya va Finlandiyadagi yirik ko’llar va h.k.(Onega,
Ladoga)
- botiqlarda joylashgan ko’llar – Orol, Chad, Eyrva h.k.
- Vulkanik ko’llar – Yava, Yangi Zelandiya, Kanar orollaridagi ko’llar va Kamchatka ya/o
dagi Kronoki ko’li
- murakkab ko’llar – Kaspiy, Viktoriya, Titikaka.
- to’g’on ko’llar – tog’ qulab tushib, daryo vodiysini to’sib qo’yishidan vujudga keladi.-
Pomirdagi Sarez ko’li (chuqurligi 505 m), Zo’rko’l, Yashilko’l.
2. Morena ko’llar. Asosan antropogen davridagi materik muzliklari ta’sirida paydo bo’lgan
chuqurliklarning suv bilan to’lishidan vujudga kelgan – Seliger, Ilmen, Pskov, Chad, Topozero
va h.k.
3. To’g’onli ko’llar.- kotlovinasi tog’ qulab tushib daryo vodiysini to’sib qolishidan vujudga
keladi. Pomirdagi Sarez (chuqurligi 505 m), Zo’rko’l, Yashilko’l va h.k.
4. Karst ko’llar. Ohak, gips kabi suvda tez eriydigan jinslar tarqalgan yerlarda vujudga kelgan.
Suv jinslarni eritib, konus yoki voronkasimon chuqurliklar hosil qiladi, so’ngra, ular suv bilan
to’lib ko’lga aylanadi. Bunday ko’llar juda kichik bo’ladi. Qrim ya/o da va Shimoliy Kavkazda
uchraydi.
5. Vodiy ko’llar . Daryo vodiylarida joylashgan ko’llar . Amazonka, Missisipi, Volga, Amudaryo
va Sirdaryo kabi daryo vodiylarida juda ko’p.
6. Sun’iy ko’llar – kishilar vujudga keltirgan antropogen ko’llar – suv omborlari – antropogen
ko’llar deyiladi.- Asvon, Qayroqqum, Tuyamo’yin, Chorvoq, Buxtarma, Tuyabo’g’iz va h.k.
Suv almashinish xarakteriga qarab oqar va oqmas ko’llarga bo’linadi. Agar ko’ldan suv oqsa
oqar ko’l deyiladi. Masalan, Baykal, Onega, Ontario, Viktoriya, Jeneva, Sarez va h.k. Oqar
ko’llarning suvi chuchuk bo’ladi. Aksincha, ko’lga daryo kelsa-yu, lekin undan suv oqmasa,
oqmas ko’l deyiladi va ularning suvi sho’r bo’ladi. Masalan, Kaspiy, Orol, Issiqko’l, Balxash va
h.k.
Ko’llar yog’inlardan, daryolardan va Yer osti suvlaridan to’yinadi. Ko’llarning suv sathi
o’zgarib turadi. Agar ko’l suvining kirimi uning sarfiga nisbatan oz bo’lsa, ko’l suv sathi
pasayaveradi (Balxash, Orol), aksincha, kirim sarfiga nisbatan ko’p bo’lsa, suv sathi ko’tariladi.
Ko’llar suv sathining pasayishi fasllar bo’yicha ma’lum davrlarda o’zgarib turadi. Arktika va
subarktika mintaqalarida joylashgan ko’llarning sau sathi qish va bahorda pasayib, yoz va kuzda
ko’tariladi. O’rtacha mintaqadagi ko’llarda bahor va yozda yog’inlar hisobiga suv sathi
ko’tarilsa, yozda ko’p bug’lanish, qishda esa kam suv kelishi tufayli sathi pasayadi (11-rasm).
Suvning minerallashish darajasiga qarab ko’llar chuchuk, sho’rtang va sho’r ko’llarga bo’linadi.
Agar suvning sho’rligi 0,3% dan kam bo’lsa, u
chuchuk ko’l
deyiladi. Masalan, Baykal, Onega,
Ladoga, Sevan, Sarez.
Suvining tarkibida tuzlar miqdori 0,3 % dan 24 % gacha bunday ko’l
sho’rtang ko’l
deyiladi.
Masalan,. Kaspiy, Orol, Issiqko’l, Sariqamish
Suvining tarkibida tuzlarning miqdori 27% dan ortiq bo’lsa, u
sho’r ko’l
deyiladi. Masalan,
O’lik dengi, Elton, Boskunchoq.
75
Do'stlaringiz bilan baham: |