3.Geografik bashorat turlari.
Geografiya fani juda ko‘p tarmoqli bo‘lganligi tufayli
unda qo‘llaniladigan bashorat turlari xam xilma-xildir. Ular geografik tadqiqotlar mazmuniga
mos ravishda xususiy va hududiy bashoratlarga bo‘linadi.
Xususiy bashoratlar o‘z navbatida umumgeografik va tarkibiy bashoratlarga bo‘linadi.
Umumgeografik bashoratlar tabiiy geografik va iqtisodiy geografik bashoratlarga bo‘linadi.
Hududiy geografik bashoratlar sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy bashoratlardan iborat.
Xususiy geografik bashoratlar-
geografik qobiqning tabiiy va iqtisodiy tizimlarini hamda
alohida tarkibiy qismlarini (atmosfera, gidrosfera, biosfera va h.k.) ma’lum bir fazoviy-
oralig‘dagi bo‘lajak holati haqida ma’lumotlar beradi.
Umumgeografik bashoratlar o‘z navbatida umumiy tabiiy geografik va umumiy iqtisodiy
geografik bashoratlarga bo‘linadi.
Tabiiy geografik bashorat. Qator olimlar fikricha kompleks tabiiy geografik bashorat
zamonaviy geografiya fanining kam ishlab chiqilgan muammolariga kiradi. Mazkur muammo
quyidagilar bilan bog‘langan: bashorat qilinayotgan ob’eklarning murakkabligi; bashorat
jarayonining mohiyati va tuzilishi haqida aniq tasavvurlarning yo‘qligi; geografik ma’lumotlar
sifatining pastligi.
Iqtisodiy geografik bashoratlar. Mazkur bashoratning asosiy vazifasi atrof-muhit, aholi va
xo‘jalikni o‘zaro ta’sirini kelajakdagi holatini oldindan ilmiy asoslangan holda aytib berishdir.
Iqtisodiy geografik bashoratning asosiy tamoyillari Y.G.Saushkin tomonidan ishlab chiqilgan va
ular quyidagilardan iborat: tarixiylik tamoyili; kelajak kurtaklarini hozirgi davrdan izlash
tamoyili; qiyosiylik tamoyili; inersiya tamoyili; variantlik tamoyili; bog‘liqlik (assotsiativ)
tamoyili; bashoratning uzluksizlik tamoyili.
Geomorfologik bashoratlar ekzogen relef hosil bo‘lishini bashorat qilishdan iborat.
Geomorfologik bashorat ikki qismdan iborat: aniq bir xo‘jalik tarmog‘i faoliyati ta’sirida relefni
o‘zgarishini bashorat qilish (sanoat qurilishi, shahar qurilishi, yo‘l qurilishi, qishloq xo‘jaligi va
h.k.); umumiy yoki evolyusion bashorat (relefni turli tektonik va iqlim sharoitlarida o‘zgarishini
bashorati).
Geomorfologik bashorat quyidagi turlarga bo‘linadi: joriy bashoratlar (sutkalik, o‘n kunlik,
oylik). Ular tez sodir bo‘ladigan jarayonlarni bashorati uchun qo‘llaniladi (qor ko‘chkilari, sellar
va h.k.); operativ bashoratlar bir yil muddatga ishlab chiqiladi; strategik bashoratlar 15-25 yil
muddatga tuziladi; tabiiy-tarixiy bashoratlar 100 yil va undan ortiq muddatga ishlab chiqiladi.
Gidrologik bashoratlarning ob’ekti bo‘lib suv havzalari va ularda sodir bo‘ladigan
gidrologik jarayonlar hisoblanadi. Bunda asosan suv sathi, sarfi, tezligi, toshqinlar, suv sathining
pasayishi, to‘lin suv davri va boshqa ko‘rsatkichlar bashorat qilinadi. Gidrologik bashoratlar uch
turga bo‘linadi: qisqa muddatli bashoratlar bir soatga, bir necha kunga tuziladi; uzoq muddatli
bashoratlar bir oyga yoki bir necha oyga ishlab chiqiladi (bahorgi suv ko‘payishi, yozgi suv
pasayishi, toshqinlar bashorat qilinadi va h.k.); juda uzoq muddatli bashoratlar bir yil va undan
ko‘proq muddatga tuziladi.
Tuprok bashorati deganda tabiiy va antropogen omillar ta’sirida tuproq hosil bo‘lish
jarayonini, tuproqlar xossasi, hosildorligini, tuproq qoplami tarkibining vakt davomida
o‘zgarishini ilmiy bashorat qilishdir. Tuproq bashorati quyidagi turlarga bo‘linadi: joriy
(tuproqkning tez o‘zgaradigan xossalari rangi, namligi, harorati va x.k. bashorati); operativ
(yillik ritmlar); taktik (5 yil muddatga); strategik (15-25 yil muddatga).
Geologik bashoratlar asosan geologik jarayonlar (endogen, ekzogen), foydali qazilma
konlarining bashoratidan iborat.
Tabiiy-meliorativ bashoratlar tabiiy meliorativ tizimlarda sodir bo‘ladigan jarayonlarning
bashoratidan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |