O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Geografik qobiqqa insonning ta’siri qanday kechmoqda? 
2. Insonning geografik muhitga ko’rsatayotgan ta’sirini qanday guruhlarga ajratish mumkin? 
3. Geografik qobiqning o’z-o’zini boshqarish jarayoni qanday kechadi? 
4. Nima sababdan monitoring ishlari olib borilmoqda? 
5. O’zingiz yashaydigan hududni monitoring pog’onalari boyicha tahlil qiling.
 
30
-MAVZU: GEOGRAFIK BASHORAT
Reja: 
1. Geografik bashorat, 
bashorat tushunchalari va atamalari. 
2. Geografik bashorat usullari. 
3.
Geografik bashorat turlari
Tayanch iboralar: 
bashoratshunoslik, bashorat, bashoratlashtirish, loyihalashtirish, 
rejalashtirish, dasturlashtirish, bashorat ob’ekti, bashoratning operatsion birliklari, hududiy 
bashoratlar, tarmoq bashoratlari, bashorat bosqichlari. 
1. Geografik bashorat, bashorat tushunchalari va atamalari. 
Geografik qobiqning o‘zgarishini o‘rganish va bashorat qilish geografiya fanining dolzarb 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifani bajarilishi zamonamizning eng muhim 
muammolaridan biri bo‘lgan tabiat va tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va atrof muhitni 
muhofaza qilish muammosi bilan chambarchas bog‘liq. 
Sanoat inqilobidan hozirgi davrgacha fan va texnikaning uzluksiz va tez suratlar bilan 
rivojlanishi oqibatida geografik qobiqning tarkibiy qismlarida chuqur va muhim o‘zgarishlar 
sodir bo‘lib tamoman yangi tabiiy geografik sharoitlar, geotizimlar va geoiqtisodiy tizimlar 
vujudga kela boshladi. Mazkur jarayon ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kuchaya 
boshladi. 
Inson faoliyatining tabiatga ta’siri jamiyat va tabiat o‘rtasidagi modda va energiyani 
almashinishida ifodalanadi. Mazkur modda va energiya almashinuvi muntazam ravishda yildan-
yilga ortib borish xususiyatiga ega. Bu esa biologik, energetik, suv va boshqa muvozanatlarning 
buzilishiga va tabiiy jarayonlarning tezlashuviga olib keladi. 
Mazkur jarayonlarning sodir bo‘lishini oldindan aytib berish muammolari bilan 
«Geografik bashorat» fani shug‘ullanadi. 
Geografik 
bashorat 
muammolari 
bilan 
geografiya 
fanida 
quyidagi 
olimlar 
shug‘ullanishgan: K. K. Markov, I. P. Gerasimov, T. V. Zvonkova, Y. G. Saushkin, A. M. 
Ryabchikov, V. B. Sochava, M. A. Glazovskaya, V. S. Preobrajenskiy, F. N. Milkov, Y. G. 
Simonov, N. I. Mixaylova, V. A. Nikolaeva, A. G. Isachenko, K. N. Dyakonov, A. G. 
Emelyanov, V. S. Anoshko, A. M. Trofimov, V. M. Shirokov, A. A. Rafikov, X. Vaxobov va 
boshqalar. 
Geografik bashoratda quyidagi tushuncha va atamalar mavjud: bashoratshunoslik, 
bashorat, bashoratlashtirish, loyihalashtirish, rejalashtirish, dasturlashtirish, bashorat ob’ekti, 
bashoratning operatsion birliklari, hududiy bashoratlar, tarmoq bashoratlari, bashorat bosqichlari 
va h. k. 


120 
Bashoratlashning umumiy tamoyillarini va ularni ishlab chiqishni qonuniyatlari bilan 
«Bashoratshunoslik» fani shug‘ullanadi. Uning tadqiqot predmeti bo‘lib bashoratlash metodlari, 
tamoyillari va qonuniyatlari hisoblanadi. Bashoratshunoslik fanining asosiy vazifalari 
bashoratlashtirishning nazariyasini, ularni sinflashtirish tamoyillarini va metodologiyasini ishlab 
chiqishdir. 
Bashoratlashtirish deganda tadqiq qilinayotgan ob’ektni kelgusidagi holati haqidagi 
ma’lumotlarni olish yoki bashoratni ishlab chiqish jarayonidir. 
Bashorat esa tadqiq qilinayotgan ob’ektning kelajakdagi holati haqida ilmiy asoslangan 
xulosa ishlab chiqishdir yoki bashoratlashtirish natijasidir. Bundan tashqari bashoratga yaqin 
bo‘lgan oldindan ko‘ra bilish, oldindan ayta bilish, oldindan seza bilish tushunchalari ham 
mavjud.
Oldindan ko‘ra bilish kelajak haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishdan iborat. U inson ongini 
rivojlanish jarayonida vujudga kelgan. Oldindan ko‘ra bilish noilmiy va ilmiy bo‘lishi mumkin. 
Noilmiy oldindan ko‘ra bilish hayotiy tajribaga asoslangan bo‘ladi. Ilmiy asoslangan holda 
oldindan ko‘ra bilish tabiatni va jamiyatni rivojlanish qonuniyatlarini bilishga asoslangan.
Oldindan aytib berish bashorat qilinayotgan ob’ektni kelajakdagi holatini miqdoriy 
jihatdan tavsiflash qiyin yoki tavsiflab bo‘lmaydigan sharoitda ma’lumotlar olish. Bu oldindan 
aytib berishning tavsifiy (sifat) shaklidir.
Oldindan seza bilish kelajak haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘risida sezgi (intuitsiya) 
darajasida fikr yuritish. 
Bashoratdan so‘ng ishlar rejalashtiriladi, dasturlashtiriladi va loyihalashtiriladi. 
Rejalashtirish bu ma’lum bir mavjud mablag‘lar asosida ko‘zda tutilgan maqsadga erishish 
yo‘lidagi faoliyatidir. Reja bashorat natijalari asosida tuziladi. Ya’ni bashorat reja oldi ishlariga 
kiradi.
Dastur ijtimoiy, ilmiy-texnik va boshqa muammolarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
tadbirlar majmuasiini hal qilishdir.
Dasturlashtirish esa rejani amalga oshirish bo‘yicha mavjud tadbirlarni ketma-ketligini va 
asosiy holatlarini aniqlash jarayonidir.
Loyiha aniq tadbir yoki ob’ekt bo‘yicha dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
bashorat echimi. Loyihalashtirish - ishlab chiqilgan dasturning
aniq bir qismlarini ishlab chiqish. 
Geografik bashorat deganda tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish tizimlarining 
o‘zgarishidagi xususiyatlarni ilmiy asoslangan holda oldindan ko‘ra bilishdir. 
Geografik bashorat tushunchasi turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar va geografik bashorat bo‘yicha olib borilgan ilmiy 
tadqiqot ishlarining natijalariga asoslangan holda geografik bashoratni quyidagi ta’rifini berish 
mumkin. 
Geografik bashorat – bu tabiiy, tabiiy-antropogen, antropogen, ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimlarni kelajakda tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida xossalarini va tarkibiy qismlarini bo‘lajak 
o‘zgarishlari haqida ilmiy asoslangan tasavvurlar tizimini ishlab chiqishdir. 
Mazkur bashorat ishlari dala, laboratoriya, eksperimental, tarixiy tadqiqotlar natijalari 
asosida ishlab chiqiladi. 
Bashoratning maqsadi geografik qobiqning holatini oldindan ko‘ra bilishdir. Uning ob’ekti 
bo‘lib jarayonlar, hodisalar, geotizimlar, hududiy ishlab chiqarish tizimlari va boshqalar bo‘lishi 
mumkin. Bashoratning ob’ekti tanlanayotganda quyidagilarga e’tibor beriladi (Zvonkova, 1987): 
- bashorat ob’ektlarining turi. Ular ilmiy-texnik, geografik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa 
bo‘lishi mumkin; 
- bashorat ob’ektlarining miqyosligi. Ular miqyosiga ko‘ra mahalliy, sayyoraviy, 
mintaqaviy va h.k. bo‘lishi mumkin; 
- bashorat ob’ektlarining murakkabligi. Murakkablik darajasiga ko‘ra juda oddiy 
(o‘zgaruvchilar bir-biri bilan bog‘lanmagan yoki kuchsiz bog‘langan), oddiy (o‘zgaruvchilar 
orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud), murakkab (uchta va undan ortiq o‘zgaruvchilar orasidagi 


121 
aloqa), juda murakkab (barcha o‘zgaruvchilar orasidagi aloqa hisobga olinadi) ob’ektlar 
ajratiladi; 
- determinantlik darajasi. Determinantlashgan ob’ektlarda tasodifiy tarkiblar sezilarli 
emas va ularni hisobga olmasa ham bo‘laveradi. Stoxastik ob’ektlarda tasodifiy tarkiblar albatta 
hisobga olinadi. Aralash ob’ektlar esa determinantlashgan va stoxastik ob’ektlardan iborat; 
- vaqt davomida rivojlanish xususiyatiga ko‘ra diskret (ob’ektning doimiy tarkibi ma’lum 
bir aniq vaqtlarda sakrab-sakrab o‘zgaradi); nodavriy ob’ektlar (ob’ektning doimiy tarkibi 
nodavriy uzluksiz funksiyasi bilan ifodalanadi); davriy ob’ektlar (doimiy tarkibiy a’zolar 
vaqtning davriy funksiyasi bilan ifodalanadi) ajratiladi; 
- ma’lumotlar bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra bashorat ob’ektlari quyidagi turlarga 
bo‘linadi: bashoratlarning aniqligiga to‘la mos keladigan miqdoriy ma’lumotlar bilan 
ta’minlangan ob’ektlar.
Bashoratning operatsion birliklari mavjud. Barcha ob’ektlar vaqt va fazoda o‘zgarib 
turadi. Shuning uchun bashoratning asosiy operatsion birliklari vaqt va fazodir.
Vaqtga qarab bashoratlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: operativ-1 oyga, joriy-1 oydan bir 
yilgacha; uzoq muddatli – 1 yildan 5 yilgacha; juda uzoq muddatli – 5 yildan 15 yilgacha va 
undan ko‘proq. 
Bunda tashqari hududiy bashoratlar ham mavjud. Ular sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy 
turlarga bo‘linadi.
Yo‘nalish faoliyati bo‘yicha bashoratlar qidiruv (tadqiqot) va normativ sinflarga bo‘linadi 
(dasturli, maqsadli, qidiruv).
Har bir bashorat juda ko‘p variantlarda ishlab chiqiladi. Ulardan 5-6 tasi tanlab olinadi, 
so‘ngra bitta maqbul variant tanlanadi. 
Bashoratlar ma’lum bir bosqichlarda olib boriladi. V.A. Lisichkin bashorat ishlab chiqishni 
to‘la davrini uch bosqichga bo‘ladi: retrospeksiya (tarixiy), diagnoz (tashxislar), bashorat. 
Retrospeksiya bosqichida ob’ektning rivojlanish tarixi, bashorat foni tadqiq qilinadi. 
Mazkur bosqichda bashorat ob’ektining tarkibiy elementlari aniqlanadi va ajratiladi, ularning 
asosiy belgilari va o‘lchamlari hamda tarkibiy birliklari orasidagi aloqalar aniqlanadi. 
Diagnoz (tashxis) bosqichida bashorat oldi ishlari amalga oshiriladi. Bashoratning 
maqsadi, aniqlangan ob’ekt modeliga tuzatishlar kiritiladi, bashorat metodlarini asoslanadi va 
yangi metodlar ishlab chiqiladi. 
Bashorat bosqichida qo‘yilgan diagnoz (tashxis) asosida va qabul qilingan metod 
yordamida ma’lum bir vaqt oraliqlari uchun ob’ektning holati bashorat qilinadi. 
2.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish