O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»


Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar : 
1.
Geografik qobiq rivojlanishidagi astranomik bosqich bilan geologik bosqichda qanday jarayonlar sodir 
bo’lgan. 
2.
Geografik qobiqda arxey va proterazoy eralarida sodir bo’lgan o’zgarishlarni gapirib bering; 
3.
Poleazoy erasida shaklangan o’simlik va paydo bo’lgan organizmlarni bilib oling. 
4.
Okean va quruqlikning hozirgi qiyofasining shaklanishi qaysi eraga va davrga to’g’ri keladi. 
5.
Kaynazoy ersida geografik qobiq polegeografiyasida sodir bo’lgan o’zgarishlar nimalardan iborat. 
6.
Nima uchun to’rtlanchi davrni antrapagen davr deb ham ataladi. 
29
-MAVZU: INSONNING GEOGRAFIK JARAYONLARGA TA’SIRI. 
ATROF-MUHIT MONITORINGI
Reja: 
1. Geografik qobiqning inson tomonidan o’zgartirilishi. 
2. Antropogen va tabiiy antropogen komplekslar. 
3. Moddalarning texnogen oqimi va tabiat komplekslarining o’zo’zini tozalash 
qobiliyati.
4. Atrof-muhit monitoringi. 
Tayanch iboralar: : 
Eng qadimgi davr, qadimgi davr, yangi davr, hozirgi davr, landshaft, 
tabiiy landshaft, tabiiy-antropogen landshaft, monitoring, geografik statsionar, poligon,
radiatsion muvozanat.
1. Geografik qobiqning inson tomonidan o’zgartirilishi. 
Insonni tabiatga ta’siri ishlab 
chiqarish kuchlarini rivojlanishiga bog’liq. Fan va texnika taraqqiyotini rivojlanishi bilan insonni 


116 
tabiatga ta’siri ortib borgan. F.N.Milkov (1990) ma’lumotiga binoan insonni tabiatga ta’siri 
taxminan 2.3-3.0 mln yil avval boshlangan. Hozirgi paytda insonni tabiatga ta’siri juda katta 
miqyoslarda roy bermoqda. Ayrim texnogen jarayonlar tabiiy jarayonlar miqyosidan katta, 
ayrimlari tabiiy jarayonlar miqyosiga tenglashib qolgan, ayrimlari esa tenglashish arafasida 
turibdi. Shu munosabat bilan G.I.TerStepanyan (1988) yerni geologik rivojlanish davrida yangi 
alohida davrni, ya’ni texnogen yoki beshlamchi davrni ajratish kerak, mazkur davrni boshlanishi 
insonni paydo bo’lgan davridan boshlash kerak degan g’oyani ishlab chiqdi.
F.N.Milkov (1990) insonni tabiatga ta’sirini eng qadimgi, qadimgi, yangi va hozirgi 
davrlarga bo’ladi.
Eng qadimgi davr
30000 yil davom etgan va golotsenni boshlanishida tugagan. Mazkur 
davr yuqori poleolitga mos keladi. Olov yoqishni sun’iy usulini kashf qilinishi, boshpana qurilish 
va kiyim tikishni o’rganish, ovchilikni yangi usullarini o’rganish yuqori paleolit odamini 
tabiatdan mustaqil bo’lib yashashini ta’minladi. Uning landshaftlarga ta’siri sezilarli bo’la 
boshladi. Ovchilik va o’rmonlarni kesilishi natijasida tabiatda turli xil o’zgarishlar sezila 
boshladi. Ovchilik natijasida ayrim xayvonlarning soni kamayib ketdi. Mamontlar va yungli 
shoxburunlar qirilib ketdi. 
Qadimgi davr
7000 yil davom etgan va mezolit (o’rta tosh asri), neolit (yangi tosh asri) va 
bronza asriga mos keladi. Mazkur davr muz bosishdan keyingi davrni o’z ichiga oladi. Tabiiy 
sharoiti oldingi davrga nisbatan qulay bo’lgan. Shuning uchun yangi-yangi hududlar inson 
tomonidan o’zlashtirila boshlandi. 
Mazkur davrda avval toshdan, so’ngra bronzadan yasalgan bolta paydo bo’ldi. Neolitda 
esa sopol idish paydo bo’ldi. Baliqchilik salmog’i oshdi, chorvachilik va dexqonchilik 
shakllandi. Natijada insonni tabiatga ta’siri kengaya bordi. Yirik shaharlarni paydo bo’lishi ham 
insonni tabiatga bo’lgan ta’sirini kuchaytirib yubordi. O’lkan inshoatlar qurila boshladi (Misr 
piramidalari). 
Yangi davr
temir asridan XX asrni o’rtalarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi va 
taxminan 3000 yil davom etgan. Jamiyatda va ishlab chiqarishda temir asosiy o’rinni egallaydi. 
Mehnat taqsimoti kuchayadi, hunarmandchilik vujudga keladi, shaharlar soni o’sdi, sinfiy 
jamiyat shakllandi. Landshaftlarni antropogen o’zgarishi kuchaydi. Sanoat inqilobidan so’ng 
o’limni kamayishi va umrni o’zayishi munosabati bilan aholi soni tezlik bilan o’sa boshladi. 
Eramiz boshida yer yuzida aholi soni 0.2-0.3 milliard kishi bo’lgan. 1820 yili 1 milliard, 1927 
yili 2 milliard, 1959 yili 3 milliardni tashkil qildi. O’rmonlar maydoni qisqara boshladi, temir 
asrida o’rmonlar quruqlikni 47% ni tashkil qilgan bo’lsa hozirgi paytda 27% ni tashkil qiladi. Sut 
emizuvchilarni 36 turi (4226 turidan) tamoman yo’q qilindi, 120 turi esa yo’qolish arafasida. 
Qushlarning 94 turi (8684 turidan) yo’q qilingan, 187 turi esa yo’q bo’lish arafasida. Yerni 
shudgorlash natijasida tuproqning fizik va ximik xossalari o’zgarib ketgan.
Hozirgi davr yoki FTI davri.
XX asrning o’rtalaridan boshlab insonni tabiatga ta’sirining 
miqyosi planetar tabiiy jarayonlar miqyosiga tenglashib qoldi. Moddalarning antropogen 
aylanma harakati tabiiy aylanma harakatiga tenglashib qoldi. Masalan, har yili ho’jalik ishlari 
uchun daryo suvlarini 10% (3.5 ming km
3
suv) olinadi, yerni shudgorlash jarayoniga 3 ming km
3
tuproq ag’dariladi, yer bag’ridan 100 mlrd tonna ruda va qurilish materiallari qazib olinadi, 
konlarni ochish va qurilish jarayonida yuz milliardlab tonna tog’ jinslari ko’chiriladi, dalalarga 
300 mln.t. mineral o’g’itlar solinadi, 4 mln.t. zaharli (gerbitsid va pestitsid) moddalar sochiladi. 
Insonni faoliyati hozirgi paytda ekzogen omillar ta’siridan ortib ketdi. 
Ko’mir yoqilganda atrof muhitga tabiiy aylanma harakatga nisbatan simob 700, mishyak 
125, uran 60, kadmiy 40 marotaba ko’p tushadi. 
Inson suv resurslariga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Har yili jaxon ishlab chiqarishi 
jarayonida 100 mln m
3
ga yaqin suv bug’lanadi, bu esa mantiyadan keladigan yuvenil suvlar 
miqdoriga teng. Ba’zi davlatlarda daryo oqimini 50% qismi ishlatiladi. Ishlatilib bo’lgan va 
tabiiy suv xavzalariga tashlanayotgan suvlarning hammasi kuchli ifloslangan bo’ladi. Suvlardan 
IES va AES larda agregatlarni sovitish maqsadida foydalanilganda ham ular ifloslanadi. Sanoatni 


117 
rivojlanishi va sug’orma dexqonchilik qilinadigan joylarni kengayishi suv resurslarini qaytadan 
taqsimlash zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. 
Energetika sanoati tabiatga ta’sir etadigan eng faol omillardan hisoblanadi. 
Elektroenergiya ishlab chiqarish xajmi har yili muntazam ravishda ortib bormoqda. Ayrim, 
sanoati yuksak darajada rivojlangan xududlarda ishlab chiqarilgan energiya xajmi juda katta 
ko’rsatkichni tashkil qilmoqda. Masalan, Yaponiyada olimlarning hisoblashlari boyicha, 
atmosferaga issiqlikning chiqarilishi shu xududga keladigan quyosh issiqligini 2% ini, G’arbiy 
Yevropada esa 0,5% tashkil qilishi mumkin, ba’zi joylarda esa Quyosh issiqligiga teng yoki ortib 
ketishi mumkin. Hozirgi paytda yuqori darajada rivojlangan davlatlarda rivojlanayotgan 
davlatlarga nisbatan aholi jon boshiga 2 marta ko’p energiya ishlab chiqariladi.
Issiqlikni to’planishi iqlimni kichik hududlarda, ya’ni shaharlarda sezilarli o’zgarishga 
olib keladi. Shaharlarda xavo harorati tabiiy haroratdan 1,4
o
ortiq bo’ladi. Energetika sanoatini 
rivojlanishi atmosferada SO
2
miqdorini ortib ketishiga olib keladi (M.I.Budiko, 1977) 
Atmosferada SO
2
miqdorini 2 barobar ortishi munosabati bilan yer yuzasida harorat 3
o
ga 
ko’tarilishi mumkin. Hozirgi paytda hosil bo’ladigan kislorodning 25% organik yoqilg’ilarni 
oksidlanishiga sarflanadi. 
Insonning xo’jalik faoliyatini tabiatga ta’sirini to’rt guruxga bo’lish mumkin: 
1.
Maqsadli to’g’ridan-to’g’ri ta’sir. Mazkur ta’sir insonni xo’jalik faoliyatini oldindan 
rejalashtirilgan va loyixalashtirilgan ta’siri. 
2.
Nomaqsadli to’g’ridan-to’g’ri ta’sir. Birinchi turdagi ta’sir natijasida kelib chiqadi. 
Masalan, konni ochiq usulda qazib olish uchun yer osti suvlarini sathi pasaytiriladi, natijada yer 
osti suvlarining meyori o’zgaradi. Mazkur ta’sir nomaqsadli, ammo to’g’ridan-to’g’ri ta’sirdir. 
3.
Maqsadli bilvosita ta’sir. Masalan, Antarktida muzlarini eritilishi bilvosita iqlimning 
o’zgarishiga olib keladi. Yer osti suvlari satxini pasaytirish bilvosita yerlarni meliorativ xolatini 
yaxshilashga olib keladi. 
4.
Nomaqsadli bilvosita ta’sir. Har qanday boshqa ta’sir natijasida sodir bo’ladi. Masalan, 
atmosferada changlar miqdorini ko’payishi Quyosh nurlarini tarkibiga ta’sir qiladi. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish