Geografik bashorat usullari.
Geografik bashoratlarning eng muhim xususiyati ularni
fazo va vaqt birligida yaxlitligidir. Har qanday bashorat ma’lum bir hudud uchun ma’lum bir
vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi.
Zamonaviy bashorat nazariyasi talablariga binoan bashorat qilinayotgan tabiiy sharoitning
o‘zgarishini sabab va oqibatlari albatta aniqlanishi zarur. Shuning uchun odatda tabiiy sharoitlar
o‘zgarishining bashorati ma’lum bir tartibda amalga oshiriladi. Geografik bashoratni amalga
oshirish tartibi A.G.Emelyanov tomonidan ishlab chiqilgan. Ular quyidagi qismlardan iborat:
bashoratni nazariy tomondan va ma’lumotlar bilan ta’minlash; analitik ishlar; bashorat
metodikasini tanlash; bashoratni ishonchliligini ta’minlash.
Geografik bashoratlarni amalga oshirishda quyidagi usullardan foydalaniladi: tizimlararo
tahlil; baholash; landshaft indikatsiyasi; paleogeografik; statistik; ekstropolyasiya; ekspertiza;
modellashtirish; o‘xshatish va h. k.
Tizimlararo tahlil usuli. Bunda ma’lum bir tizimning bo‘lajak faoliyati boshqa tizimning
faoliyatiga qarab aniqlanadi. Mazkur usulni qo‘llaganda ikkala tizim ham bir-biri bilan qator
ko‘rsatkichlari bilan, hamda to‘g‘ri va teskari aloqalar bilan bog‘langan bo‘ladi deb faraz
qilinadi. Ushbu usul XX asrning 20-yillarida A.L.CHijevskiy tomonidan bir-biri bilan davriy
bog‘langan jarayonlar, ya’ni Quyosh faolligi va Erdagi jarayonlar uchun ishlab chiqilgan.
Quyosh faolligini o‘zgarishi bilan Erdagi jarayonlar uzviy bog‘langan. Quyosh faolligini 11-
122
yillik davri bilan falokatli qor ko‘chkilari, sellarni va boshqa tabiiy jarayonlarni sodir bo‘lishi
bog‘liq. Hatto 1959 yildayoq yillar bo‘yicha Quyosh dog‘larining o‘zgarishi va surilmalarni
rivojlanish davrlari jadvali tuzilgan.
Geografik baholash usuli. Ushbu usul yordamida tabiiy sharoitning hozirgi holati
baholanib, uning natijalari asosida kelajakdagi holati bashorat qilinadi. Bunda asosan insonning
faoliyatini tabiatga ta’sirining turli jihatlari baholanadi. Mazkur usulni qo‘llanganda avval
quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi: baholash ob’ekti; baholash jihatlari; baholash o‘lchamlari.
Tabiiy muhitning holatini baholashni asosiy ob’ektlari bo‘lib tabiiy va sun’iy omillarni
landshaftlarga ta’sirini hozirgi va kelajakdagi chegaralari va ushbu ta’siriga landshaftlarning aks
ta’siri hisoblanadi. Bunda landshaftlarning hozirgi holati bashorat uchun dastlabki asos bo‘lib
xizmat qiladi. Geografik baholash jihatlari turlicha bo‘lishi mumkin: texnologik, muhandislik,
ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va h. k. Mazkur jihatlarning muhim maqsadi tabiiy muhitni
ifloslanishi, biologik mahsuldorligi va barqarorligi hisoblanadi. Baholash o‘lchamlari asosan
iqtisodiy bo‘ladi, ular xo‘jalikni atrof muhitga ta’sirini xo‘jalik va ijtimoiy ahamiyatini aniqlab
beradi.
Landshaft indikatsiyasi usuli. Tabiiy muhit holatining o‘zgarishini landshaft indikatsiyasi
tabiat tarkiblari o‘rtasidagi fazoviy – vaqt korrelyasion aloqalariga asoslangan. Mazkur usul
ularni rivojlanish yo‘nalishlarini va tuzilishlarini aniqlashga imkon beradi.
Bunda indikator (belgi) sifatida tabiat tarkiblari va landshaft hisoblanadi. Har bir tabiiy
sharoitda ma’lum bir indikator bo‘ladi, boshqa sharoitlarda u ishlamasligi mumkin. Ko‘pincha
indikator sifatida o‘simliklar va tuproq qoplami hamda tog‘ jinslarining holati asos qilib olinadi.
Masalan, tabiiy muhitdagi ilk o‘zgarishlarni o‘simliklarni xillarini va tuproqlarni mavsumiy
o‘zgarishiga qarab aniqlash mumkin.
Paleogeografik usul. Ushbu usul tabiiy muhitdagi rivojlanish yoki o‘zgarish yo‘nalishlarini
qadimgi davrdan hozirgi davrdagi va hozirgi davrdan kelajakka ekstropolyasiya qilishga
asoslangan. Paleoiqlimiy, paleobotanik, paleogidrogeologik, va boshqa paleogeografik
usullardan foydalanilgan holda tabiiy jarayonlarni va landshaftlarni qaytarishi yoki
qaytarilmasligi haqida bashorat ma’lumotlarini olish mumkin. Masalan, iliq va sovuq davrlarni
almashinib turishi va ular bilan bog‘liq holda landshaftlarni almashinishi.
O‘xshatish usuli. Mazkur usulda bashorat qilinayotgan ob’ekt haqidagi ma’lumotlar unga
o‘xshash boshqa ob’ekt ma’lumotlari asosida olinadi. Bunda asosiy muammolardan bo‘lib
o‘xshatish ob’ektini tanlash hamda o‘xshatish o‘lchamlarini aniqlash hisoblanadi. Ob’ektlarning
geografik joylanishi, geologik tuzilishi, relefi, gidroiqlimiy, o‘simlik va tuproq sharoiti,
o‘lchamlari, iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘xshash bo‘lmog‘i lozim.
Statistik usul. Geografiya fanida hodisa va jarayonlar haqida ma’lumotlarni tahlil qilish va
ular asosida ob’ektni bo‘lajak holati bashorat qilinadi.
Statistik tadqiqotlarda o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha kvadratik og‘ish, gistogramma, eng
kichik kvadratlar, aloqa zichligi, o‘zgarish koeffitsenti, regrission tahlil va boshqa
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Ekstrapolyasiya usuli. Fanning juda ko‘p sohalarida ba’zi bir qo‘shimchalar va tuzatishlar
bilan qo‘llaniladi. Mazkur usul bashoratni ishlab chiqishni shakllantiradigan matematik
statistikaga asoslanadi.
Ekspert baho usuli. Bashorat qilinayotgan ob’ekt nazariy asosga ega bo‘lmagan taqdirda
mazkur usul qo‘llaniladi. Ekspert usuli bashoratshunoslikda quyidagi hollarda qo‘llanadi:
- bashorat ob’ekti haqida etarlicha tasavvur va ishonchli statistik ma’lumotlar bo‘lmagan
taqdirda;
- bashorat qilinayotgan ob’ektni faoliyat muhitida katta mavhumliklar vujudga kelgan
sharoitda;
- qisqa va ekstremal sharoitlarda bashorat ishlari olib borilganda.
Har bir bashorat usuli ma’lum bir o‘ziga xos sharoitda, yaxshi natijalar beradigan
taqdirdagina qo‘llanishi lozim.
123
Do'stlaringiz bilan baham: |