O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

3.Geografik bashorat turlari.
Geografiya fani juda ko‘p tarmoqli bo‘lganligi tufayli 
unda qo‘llaniladigan bashorat turlari xam xilma-xildir. Ular geografik tadqiqotlar mazmuniga 
mos ravishda xususiy va hududiy bashoratlarga bo‘linadi. 
Xususiy bashoratlar o‘z navbatida umumgeografik va tarkibiy bashoratlarga bo‘linadi. 
Umumgeografik bashoratlar tabiiy geografik va iqtisodiy geografik bashoratlarga bo‘linadi.
Hududiy geografik bashoratlar sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy bashoratlardan iborat.
Xususiy geografik bashoratlar-
geografik qobiqning tabiiy va iqtisodiy tizimlarini hamda 
alohida tarkibiy qismlarini (atmosfera, gidrosfera, biosfera va h.k.) ma’lum bir fazoviy-
oralig‘dagi bo‘lajak holati haqida ma’lumotlar beradi. 
Umumgeografik bashoratlar o‘z navbatida umumiy tabiiy geografik va umumiy iqtisodiy 
geografik bashoratlarga bo‘linadi. 
Tabiiy geografik bashorat. Qator olimlar fikricha kompleks tabiiy geografik bashorat 
zamonaviy geografiya fanining kam ishlab chiqilgan muammolariga kiradi. Mazkur muammo
quyidagilar bilan bog‘langan: bashorat qilinayotgan ob’eklarning murakkabligi; bashorat 
jarayonining mohiyati va tuzilishi haqida aniq tasavvurlarning yo‘qligi; geografik ma’lumotlar 
sifatining pastligi.
 
Iqtisodiy geografik bashoratlar. Mazkur bashoratning asosiy vazifasi atrof-muhit, aholi va 
xo‘jalikni o‘zaro ta’sirini kelajakdagi holatini oldindan ilmiy asoslangan holda aytib berishdir. 
Iqtisodiy geografik bashoratning asosiy tamoyillari Y.G.Saushkin tomonidan ishlab chiqilgan va 
ular quyidagilardan iborat: tarixiylik tamoyili; kelajak kurtaklarini hozirgi davrdan izlash 
tamoyili; qiyosiylik tamoyili; inersiya tamoyili; variantlik tamoyili; bog‘liqlik (assotsiativ) 
tamoyili; bashoratning uzluksizlik tamoyili. 
Geomorfologik bashoratlar ekzogen relef hosil bo‘lishini bashorat qilishdan iborat. 
Geomorfologik bashorat ikki qismdan iborat: aniq bir xo‘jalik tarmog‘i faoliyati ta’sirida relefni 
o‘zgarishini bashorat qilish (sanoat qurilishi, shahar qurilishi, yo‘l qurilishi, qishloq xo‘jaligi va 
h.k.); umumiy yoki evolyusion bashorat (relefni turli tektonik va iqlim sharoitlarida o‘zgarishini 
bashorati). 
Geomorfologik bashorat quyidagi turlarga bo‘linadi: joriy bashoratlar (sutkalik, o‘n kunlik, 
oylik). Ular tez sodir bo‘ladigan jarayonlarni bashorati uchun qo‘llaniladi (qor ko‘chkilari, sellar 
va h.k.); operativ bashoratlar bir yil muddatga ishlab chiqiladi; strategik bashoratlar 15-25 yil 
muddatga tuziladi; tabiiy-tarixiy bashoratlar 100 yil va undan ortiq muddatga ishlab chiqiladi. 
Gidrologik bashoratlarning ob’ekti bo‘lib suv havzalari va ularda sodir bo‘ladigan 
gidrologik jarayonlar hisoblanadi. Bunda asosan suv sathi, sarfi, tezligi, toshqinlar, suv sathining 
pasayishi, to‘lin suv davri va boshqa ko‘rsatkichlar bashorat qilinadi. Gidrologik bashoratlar uch 
turga bo‘linadi: qisqa muddatli bashoratlar bir soatga, bir necha kunga tuziladi; uzoq muddatli 
bashoratlar bir oyga yoki bir necha oyga ishlab chiqiladi (bahorgi suv ko‘payishi, yozgi suv 
pasayishi, toshqinlar bashorat qilinadi va h.k.); juda uzoq muddatli bashoratlar bir yil va undan 
ko‘proq muddatga tuziladi.
Tuprok bashorati deganda tabiiy va antropogen omillar ta’sirida tuproq hosil bo‘lish 
jarayonini, tuproqlar xossasi, hosildorligini, tuproq qoplami tarkibining vakt davomida 
o‘zgarishini ilmiy bashorat qilishdir. Tuproq bashorati quyidagi turlarga bo‘linadi: joriy 
(tuproqkning tez o‘zgaradigan xossalari rangi, namligi, harorati va x.k. bashorati); operativ 
(yillik ritmlar); taktik (5 yil muddatga); strategik (15-25 yil muddatga). 
Geologik bashoratlar asosan geologik jarayonlar (endogen, ekzogen), foydali qazilma 
konlarining bashoratidan iborat. 
Tabiiy-meliorativ bashoratlar tabiiy meliorativ tizimlarda sodir bo‘ladigan jarayonlarning 
bashoratidan iborat 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish