7.2.
Bo‘yoqchilik (bo‘yash) ishlari uchun mashinalar
Bo„yoqchilik ishlari - bino va inshootlarni (yangi quriladigan, rekonstruksiya va
ta‟mirlanadigan) pardozlashni yakunlovchi bosqichi bo„lib, uni bajarishdan maqsad tashqi
tomonga estetik ko„rinish berish, intererni shakllantirish, umrboqiylikni oshirish, ichki
xonalardan foydalanish davrida normal sanitar-gigienik sharoit yaratishdir. Bo„yoqchilik
ishlariga gulqog„oz yopishtirish ham kiradi. Bo„yash va gulqog„oz yopishtirish ishlarining
asosiy texnologik operatsiyalari hozirgi davrda mexanizatsiyalashtirilgan, ammo ular
qurilish-montaj ishlarining umumiy mehnat sarfining 10% ni tashkil etadi. Bo„yoqchilik
ishlari texnologik jarayonlarning va ko„p operatsiyalikligi, bo„yoq tarkiblarining, material,
mashinalar, mexanizmlar, apparatlar va moslamalarning ko„p turliligi bilan tavsiflanadi.
Shahar qurilishida bo„yoqchilik ishlarini bajarish majmuasi qo„yidagilardan iborat: bo„yoq
tarkiblari va yarimfabrikatlarni ixtisoslashtirilgan koler sex va zavodlarida tayyorlash; tayyor
mahsulotlarni markazlashgan holda qurilish ob‟yektlariga yetkazib berish va bo„yoq
tarkiblarini (yarimfabrikatlarga oldindan qayta ishlov berish bilan) ishlov beriladigan
yuzalarga mexanizatsiyalashgan usullar bilan surtish. Yarim fabrikatlardan bo„yoq
tarkiblarini tayyorlash va ularni ish joyiga yetkazib berishni bo„yoqchilik stansiyalari va
agregatlari bilan amalga oshiriladi. Bevosita qurilish ob‟yektlarida bo„yash ishlarini bajarish
yuzalarni tayyorlash va ularni bo„yashdan iborat.
Turli xil yuzalarni moyli, sintetik va suvli tarkiblar bilan mexanizatsiyali bo„yashda
bo„yoq tarkiblarini purkash prinsipiga asoslanib ishlovchi ko„chma va siljiydigan
bo„yoqchilik agregatlari qo„llaniladi. Bunday agregatlarda bo„yoq tarkiblari rezervuardan
siqilgan havo ko„chi yoki nasos yordamida bosim bilan purkovchi qurilmaga (soplo,
forsunka) uzatiladi. Po„rkagich tarkibni mayda zarrachalarga bo„lib uni nozik qatlam bilan
bo„yaladigan yuzaga sepadi.
Bo„yash agregatlari yuzalarga shpaklevka, nitroemal, moyli va yelimli bo„yoqlarni
havo (pnevmatik) yordamida purkovchi agregatlar va yuzalarga lak bo„yoq materiallarni,
suvli-melli va suvli ohakli bo„yoq tarkiblarini mexanik (havo yordamisiz) purkovchi
agregatlarga bo„linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |