mm dan katta bo„lmagan qurilish qorishmalarini sepishga mo„ljallangan. Forsunkalar
qorishma oqimini alohida mayda qismlarga bo„luvchi bikir yoki elastik uchlikka (soplo) ega
bo„lgan va qorishmani pardoz etilayotgan yuzaga jips yopishishini ta‟minlovchi
kerakli
shakl hamda tezlik beruvchi qurilmadir. Forsunkalar ikki turli qilib ishlab chiqariladi:
pnevmatik va mexanik (kompressorsiz) ta‟sir etuvchi.
Pnevmatik forsunkalar.
Pnevmatik forsunkalarda qorishma kompressordan
0,2...0,6 MPa bosim ostida berilgan siqilgan havo ta‟sirida uchlikda bo„laklarga bo„linib
katta tezlik bilan tashqariga chiqariladi. Pnevmatik forsunkalar siqilgan
havoni uzatilishiga
qarab halqasimon (7.4-rasm, a) va markaziylarga (7.4-rasm, b) bo„linadi.
7.4 - rasm. Siqilgan havo ta‟sirida ishlovchi pnevmatik suvoq forsunkalari.
Mexanik ta‟sir etuvchi forsunkalarda qorishmani bo„linishi va yuzaga sepilishi
qorishma nasos hosil qilgan bosim ostida va unnig qorishmaga
bergan kinetik energiyasi
hisobiga amalga oshiriladi. Mexanik forsunkalarda yassi “mash‟ala” hosil qiluvchi tirqishli
soplolar qo„llaniladi. Ushbu forsunkalar bilan harakatchanligi 9 sm va undan yuqori bo„lgan
qorishmalar suvaladi.
Ular ikki turli qilib ishlab chiqariladi: tirqishi tartibga solinadigan (7.5- rasm, b). va
tartibga solinmaydigan (bosimli) (7.5-rasm, a).
7.5-rasm. Mexanik ta‟sir asosida ishlovchi forsunkalar.
7.1.1.
Suvoq agregatlari, mashinalari va qurilmalari
Suvoq agregatlari, mashinalari va qurilmalari tayyorlangan
yuzalarga qurilish
qorishmalari va pardoz tarkiblarini qabul qilish (yoki tayyorlash), qayta ishlash
(aralashtirish),
uzatish va forsunka, soplo va uchliklar yordamida suvashga mo„ljallangan.
Suvoq agregatlari va mashinalari diafragmali, porshenli
va vintli nasoslar asosida
yasalgan. Agregatlar qo„yidagi turlarga bo„linadi:
-
suvoq agregati
- faqat tayyor keltirilgan qorishma bilan ishlaydi;
-
suvoq-aralashtiruvchi agregat,
u o„z ichiga bevosita ob‟yektda
qorishma
tayyorlovchi yoki tayyor qorishmani aralashtiruvchi davriy qorishma aralashtirgichni o„z
ichiga oladi. Vintli nasos asosidagi suvoq mashinalari quruq qorishmalar bilan ishlaydi va
uzluksiz ishlovchi aralashtirgich bilan ta‟minlangan.
Mashina va agregatlarning unumdorligi bazaviy qorishma
nasoslarning unumdorligi
bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: