11-14 MA’RUZA. PARDOZLASH ISHLARIDA QO‘ LLANILADIGAN MASHINA
VA JIHOZLAR
Pardozlash ishlari bino va inshootlarni tashqi va ichki pardozlash bo„yicha qurilish
jarayonlarining majmuasi bo„lib, bundan maqsad ularning himoya- ekspluatatsion va
me‟moriy-estetik sifatlarini ko„tarishdir. Pardoz ishlari eng murakkab va mehnat talab
ishlardan bo„lib, hozirgi davrda umumiy mehnat sarfini
25..
.30% ni, umumiy qurilish tannarxini 15...18% ni tashkil etadi. Binoni barpo
etishdagi barcha quruvchilarning 30% pardoz ishlari bilan band bo„ladi.
Asosiy pardoz ishlari ularning o„ziga xos xususiyatlarini e‟tiborga olgan holda
qurilish maydoni sharoitida qisqa muddatlarda va qurilishni to„gallovchi davrida bajariladi.
Pardoz ishlari tarkibiga suvoq, koshinlash, bo„yoq, gulqog„oz yopishtirish, oyna solish
ishlari, shuningdek, polqurish va uni pardozlash ishlari kiradi. Pardoz ishlarini bajarish turli
xil vazifasi bo„yicha va tuzilishi bo„yicha qurilish-pardoz mashinalari qo„llaniladi.
Qurilish-pardoz mashinalarining nomlari doimiy ravishda kengaymoqda va qurilish
ishlab chiqarishi zamonaviy talablariga javob beruvchi yangi mukammalashgan tur va
modellari bilan to„lmoqda.
7.1.
Suvoq ishlari uchun mashinalar
Suvoq ishlari qurilish konstruksiyalari yuzalarni tekislash va dekorativ bezak berish,
ularning sanitar-gigienik sifatlarini yaxshilash, shuningdek tusuvchi konstruksiyalarni
issiqlik, tovush o„tkazuvchanlik va suv shimishni kamaytirish, ularni atmosfera ta‟siridan
himoya qilish uchun bajariladi.
Zamonaviy qurilishda suvoqni ikki turi qo„llaniladi - monolit va quruq
yig„ma.
Monolit suvoq
bino va inshootlar turli xil konstruksiyalarin ichki va tashqi
yuzalarini pardozlashda qo„llaniladi. U pardozlanayotgan yuzaga ma‟lum qalinlikdagi suvoq
qorishmasini suvash bilan bajariladi.
Quruq gipsli suvoq
(gipsokarton listlar) binolarni ichki yuzalarini pardozlashda
xonalarda normal va quruq rejim bo„lganda qo„llaniladi.
Monolit so„voqni bajarishdagi barcha texnologik operatsiyalar (qorishmani qabul
qilish va tayyorlash, suzgichdan o„tkazish va uni kerakli ishchi harakatchanlikka keltirish,
sachratma, grunt va pardozlovchi qatlamni suvash va uni silliqlash ) majmuali
mexanizatsiyalashtirilgan bo„lib mobil harakatlanuvchi ko„chiriladigan suvoq va suvoq-
aralashtiruvchi mashina va agregatlar (suvoq ishlari hajmi kichik bo„lganda), yuqori
unumdorli ko„chiriladigan suvoq stansiyalari qo„llab bajariladi.
Suvoq agregatlari va stansiyalari turli turdagi qorishma nasos asosida yasalgan bo„lib
va qorishma uzatkich, forsunka va suvoq-silliqlash mashinalari bilan jamlanmalangan
(komplekt).
Do'stlaringiz bilan baham: |