www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 348
iqtidoriga yana shuni qoʻshimcha qilish mumkinki, u ―qor tepib yoʻl ochish‖ vaqtida
sovuq qotgan askarlarini oʻzining shaxsiy jasorati bilan nafaqat ruhlantirishga balki,
ularni soʻzsiz qoyil qoldirishga ham muvaffaq boʻlgan edi. Ya‘ni Dehli Universiteti
proffesori Faruqiy oʻz rasmiy ma‘ruzasida qayd etgan voqeaga koʻra, ―Bobur
atrofidagi sovuq qotgan sarbozlari koʻzi oldida yoʻl ustidagi suvi muzlagan koʻlga
tushib choʻmilishga ahd qilgan va buni uddalagan‖.13 Shimoliy Hindistonda oʻz
hukmronligini oʻrnatgan Bobur barcha viloyatlarga elchilar yuborib, quyidagilarni
xabar qilgan. ―Kimdakim agar bizga kelib mulozamat qilsa, har tomonlama ra‘iyyat
qilamiz, agar ular ichida ota-bobolarimizga xizmat qilgan kishilar boʻlsa katta
mukofotga sazovor boʻladilar. Sohibqiron avlodidan boʻlgan har bir kishi bizning
dargohimizga qaytib kelsinlar‖ ma‘nosida buyruq bergan va unda: ―Xudo bizga
Hindiston mamlakatini ato qildi, kelsinlar, to bu davlatni birga suraylik‖ deyilgan.
Koʻrinib turibdiki, Zahiriddin Muhammad Bobur oʻz ajdodlariga hamda ilm ahliga
marhamatli va saxovatli hukmdor boʻlgan. Shuningdek, Boburning marhamatidan
unga dushman nazari ila qarovchilar ham bebahra qolmagan. Shimoliy Hindistonda
hukmronlik qilib turgan loʻdiylar hukmdori, Panipat jangidagi Boburning joniga qasd
qilgan raqibi Ibrohim Loʻdiyning ota-onasiga qilgan saxovati haqida ―Boburnoma‖da
shunday deyiladi: ―Ibrohimning otasiga yetti laklik pargana naqd inoyat boʻldi.
Beklariga har qaysisiga parganalar berildi. Ibrohimning otasini bayrilari bila chaqirib,
Agradan bir kuroʻh suv quyi yurt berildi‖6 Zahiriddin Muhammad Bobur bobokaloni
A.Temur singari davlat ishlarida vujudga kelgan murakkab vaziyatlardan aqlli
tadbirlar ila chiqib ketganligiga oʻsha davr manbalaridagi ayrim voqealar orqali
guvoh boʻlamiz. Masalan, Panipat jangidan soʻng Hindistonning eng yirik, kuchli va
tajribali rojalaridan Rano Sango bilan boʻlajak qonli urush oldidagi tahlikali vaziyat
haqida Gulbadanbegimning ―Xumoyunnoma‖sida quyidagi voqea bayoni
keltiriladi.―Sulton Ibrohim fathidan soʻng bir yil oʻtgach, Rano Hindiston tomondan
hisobsiz askarlar bilan paydo boʻldi. Hind rojalari amirlarining rojalardan podshoh
13
Nizomiddinov N.G.‘ Buyuk boburiylar tarixi T.: 2012. B. 233
Do'stlaringiz bilan baham: |