www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 346
O‘quvchilar baholanadi.Baholash mezoni-5 ball.
Uyga vazifa: mavzuni o‘qib kelish, savollarga javob yozish, yozuv siz
xaritaga Farg‘ona viloyati xaritasini tushirib kelish.
Foydalanilgan adabiyotlar: 8-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.atlas, xarita
internet ma‘lumotlari.
Foydalanilgan adabiyotlar:
A.Soliyev , M. Nazariv , Sh. Qurbonov O‗zbekiston hududlari ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi .-2010
G‗.R.Pardayev , I.A.Hasanov , P.N. G‗ulomov O‗rta Osiyo geografiyasi.-2007
P.Musayev , J.Musayev Geografiya 8 sinf darsligi- 2019
WWW.Ziyonet.UZ
WWW.pedagog.uz
WWW.edu.uz
WWW.tdpu.uz
www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 347
O‘ZBEKISTON O‘G‘LONI-HINDISTON POSBONI
Obidjonova Kamola Odiljon qizi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani 11- umumiy o'rta ta'lim maktabining
9-''a'' sinf o'quvchisi
Annotatsiya:
Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning tarixda tutgan o‗rni.
Bobur shaxsini o‗quvchilarga anglatishda ―Boburnoma‖ning ahamiyati, O`zbekiston
va Hindistonda Bobur shaxsining ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Kalit so`zlar:
Harbiy, sarkarda, panipat, jang usuli, shoh, elchilar.
Buyuk olim va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin
vakillaridan biridir. Bobur haqida ingliz olimi Uilyam Erskinning quyidagi soʻzlari
uning nechogʻlik mukammal inson boʻlganligini tasdiqlaydi: ―Saxovati va mardligi,
iste‘dodi, ilm-fan, san‘atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shugʻullanishi
jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh
topilmaydi‖.
11
Shunday ekan yosh avlod Zahiriddin Muhammad Bobur bosib oʻtgan hayot yoʻlini
yanada chuqurroq bilmogʻi uchun bobokalonimiz haqida quyida keltirilgan
ma‘lumotlardan foydalanish foydadan holi boʻlmaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur
oʻz navbatida harbiy jihatdan yuqori salohiyatga ega sarkarda edi. Bu haqda
hindistonlik olim L.P.Sharma shunday deydi: ―U jismonan baquvvat boʻlib, hatto
qal‘a devori ustidan ikki kishini qoʻltiqlab oʻta olardi. U shayboniylardan urushning
―toʻlgʻoma‖ usulini, moʻgʻullardan esa pistirma qoʻyishni oʻrgandi. Afgʻonlardan
poroxli miltiq ishlatishni egallagan boʻlsa, eroniylardan toʻpni ishlatishni va
turklardan suvoriylar safidan unumli foydalanishni oʻzlashtirdi‖.
12
Shu oʻrinda
Zahiriddin Muhammad Boburning oʻz dushmanlarining harbiy harakatlarini diqqat
bilan kuzatib, ularning harbiy san‘atlarini mohirona oʻzlashtirib, jang maydonlarida
qoʻllay olgani e‘tirofga loyiq Inson va sarkarda sifatidagi Boburning fazilat va
11
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Shams porso tarjimasi. T.: 2015. B.123
12
Nizomiddinov N.G‘ Buyuk boburiylar tarixi T:.2012 32d
Do'stlaringiz bilan baham: |