www.pedagoglar.uz 22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 276
Kechki ta'lim quyidagi shakllarda olib boriladi: kechki shakl, ikkinchi va undan
keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning kechki shakli.
Kechki ta'limga o‗quvchilarni qabul qilish: Kechki shaklda – umumiy o‗rta (11-sinf negizida) yoki o‗rta maxsus, kasb-hunar
ma'lumoti yoki Ta'limning xalqaro standart tasniflagichining kamida 3-darajasiga
mos ta'lim dasturlarini tamomlaganligi to‗g‗risidagi tegishli hujjat;ikkinchi va undan
keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning kechki shaklda – bir kasb yoki mutaxassislik
doirasida ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar)ni egallash uchun tegishli kasb
yoki mutaxassislik bo‗yicha ta'lim olganligi to‗g‗risidagi hujjatga ega bo‗lgan
shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.Kechki ta'limga o‗quvchilarni qabul qilish,
o‗quvchilar safidan chetlashtirish va o‗qishini qayta tiklash va o‗qishni ko‗chirish
qonun hujjatlarida belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.Kechki ta'limda o‗qish
muddati tegishli kasb yoki mutaxassislikning kunduzgi ta'lim shakli ta'lim
dasturlaridagi umumiy o‗quv yuklamani hisobga olgan holda o‗quv rejada
belgilangan haftalik yuklama hamda o‗quv jarayoni grafigidan kelib chiqqan holda
belgilanadi.Kechki ta'limga kirgan shaxslarga o‗quvchilik guvohnomasi beriladi.
Professional ta'lim muassasalarida kechki ta'lim o‗quvchilari o‗quv adabiyotlar
va materiallar bilan ta'minlash va bilim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish
professional ta'lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.Kechki ta'lim
o‗quvchilari professional ta'lim muassasasining tegishli o‗quv jihozlari, auditoriyasi,
laboratoriyasi, kutubxonasi, axborot-resurs markazlari hamda o‗quv-yordamchi
tuzilmalari xizmatidan foydalanadi.Kechki ta'limida o‗qituvchilar mehnatiga haq
to‗lash kunduzgi ta'lim uchun amaldagi bo‗lgan me'yorlar asosida hal etiladi.Kechki
ta'limdan sirtqi ta'limga hamda kechki ta'limning bir ta'lim sohasidan ikkinchisiga
ko‗chirishga yo‗l qo‗yilmaydi.Kechki ta'limda o‗quv jarayoni kunduzgi ta'lim uchun
ta'lim sohalarining tegishli ta'lim standartlari, malaka talablari asosida tayyorlangan
hamda O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan
tasdiqlangan o‗quv rejasi va fan (modul) dasturlari asosida tashkil etiladi.Kechki
ta'limning tegishli kasb va mutaxassisliklari ishchi o‗quv rejasi va fan(modul)