Fanning ma‟ruza matni



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#620568
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
Bog'liq
Диншунслик маърузалар матни

Imom Abu Hanifa. H
anafiy mazhabining asoschisi al-Imom al-Azam Abu 
Hanifa an-Numon ibn Sobit al-Kufiy 80-150/699-767) – forslardan bo„lib, 
Umaviylar 661-750) va Abbosiylar 750-1258) davlati ayni avj olgan davrda 
yashagan tabaa tobiinlardandir. Manbalarda uning otasi Sobit asli Xurosondan 
ekanligi qayd etiladi. “Abu Hanifaning o„zi esa, Anas ibn Molik bilan uchrashgan 
va undan “
Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir
” hadisini rivoyat qilgan, 
shunga ko„ra, u tobiinlardan”, degan ma‟lumotni uchratish mumkin. Uni “ahli ray 
Imomi”,“ahli Iroq faqihi”,“hanafiy mazhabi sohibi” kabi nomlar bilan manbalarda 
keltiriladi. Kasbi gazlama savdosi bilan shug„ullanish edi. Yoshlik chog„idayoq 
Qur‟onni yod olgan. 18 yil ustozi Hammod ibn Abi Sulaymondan tahsil olgan. 
Fiqh ilmini Ibrohim an-Naxaiy va ash-Shabiydan olgan. Abu Hanifaning yetuk 
talabalaridan Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy 132-189/709-805), Abu 
Yusuf 113-182/731-769) larni alohida aytib o„tish zarur. 
“Ashob al-hadis” oqimiga Hijozda Madina maktabi vakillari tomonidan asos 
solindi. Bunga ahli sunna imomlaridan Molik ibn Anas 93-179/712-795) “o„z 
amaliyotida faqat Qur‟on va hadisga suyanish ta‟limoti”ning asoschisi bo„ldi.
Manbalarda Molik ibn Anas butun umri davomida Madina qadimgi nomi Yasrib) 
shahridan chiqmagan. Molik ibn Anasning mashhur “Kitob al-Muvatto„” nomli 
asari mavjud.
Yuqorida nomlari va asoschilari zikr etilgan bu ikki oqimni nazariy jihatdan 
birlashtirgan ahl as-sunna imomlaridan Imom Shofiiy 151-179/767-804) dir. Imom 
Shofeiy “al-Umm” nomli asar muallifidir.
Keyinchalik “as-Salafiyyun”lar oqimi tarafdori bo„lib ahl as-sunnaning 
to„rtinchi imomi deb e‟tirof etiladigan Imom Ahmad ibn Hanbal 164-241/781-855) 
o„z faoliyatini olib bordi. Imom ibn Hanbal “al-Musnad” asarining muallifidir. 
Buyuk mujtahidlar davrida yuqorida zikr etilgan mujtahidlar nomi bilan 
bog„liq asosiy sunniy huquqiy mazhablar paydo bo„ldi va o„z ta‟limotini 
shakllantirdi.
V - Taqlid davri. 
X-XII asrlarga kelib fiqh ilmi o„zining rivojlanish tarixida keyingi bosqich, 
ya‟ni “taqlid davri”ga o„tdi. Bu davr fiqh ilmi avvalgi davrlar an‟anasi ta‟siri ostida 
rivojlanib, yuksak bir maqomga erishgan vaqtga to„g„ri keladi. Yuqoridagi 
davrlardan ma‟lum bo„lgani kabi, buyuk mujtahidlar vujudga keldilar, ularning 
tarafdorlari paydo bo„ldilar. Turli mazmundagi asarlar yozildi va sharh etildi. Bu 
davr faqihlarida taqlid ruhi kuchli edi. Ularda asosan o„zlaridan oldingi 
mujtahidlarning fikrlarini “shar‟iy nass” shar‟iy hujjat) sifati qabul etar edilar. 
Shunday bo„lsada bu davr faqihlari orasida o„zlarining ilmiy-amaliy faoliyatlari 
natijasida mislsiz bebaho asarlarlar yaratgan allomalar yetishib chiqdi. Ularning bu 
asarlari uzoq davr mobaynida muhim manba bo„lib xizmat qilish bilan birga, 
hozirgi kunda ham o„z mavqeini va qadr-qimmatini yo„qotgani yo„q. 
VIII asrning oxiri - IX asrning boshlarida Movarounnahrda hozirgi O„rta 
Osiyoning aksariyat qismi) islomdagi ahl as-sunnaning Hanafiyya mazhabi tarqala 
boshladi. Buxoro va Samarqand shaharlarida shu mazhab ta‟limoti asosida 
Movarounnahr fiqh maktabi tarkib topdi. Movarounnahrlik faqihlar teran bilimlari, 


66 
qimmatli asarlari bilan islom dunyosida katta shuhrat qozondilar. Faqihlarning 
davlat hukmron doiralari, xalq ommasiga ta‟siri juda kuchli edi. Diniy va ijtimoiy 
hayotda uchraydigan barcha muammoli masalalar faqihlar orqali yechilgan. Fiqh 
shaxs, oila va jamiyat hayoti turli shahobchalari masalalarini qamrab olganligi 
tufayli Movarounnahr maktabi namoyandalari bu o„lka xalqlari an‟analari, urf-
odatlarini umumislom mavqelaridan turib tahlil qilishdek vazifani bajarganlar. 
Movarounnahrlik faqihlarning bir necha avlodlari faoliyati orqali mahalliy 
xalqlarning tarixiy, huquqiy an‟analari islom madaniyatida o„z aksini topdi.
VIII-X asrlarda Movarounnahrning ayrim shaharlardagi hanafiylikka 
asoslangan ilmiy markazlar paydo bo„ldi. Bunga Iroq va Xuroson maktablarining 
ta‟siri katta bo„ldi. Buxoro maktabiga Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-
Buxoriy vaf. 832 y.) asos solgan. Samarqand ilmiy markazining shakllanishiga 
Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Ibn Samoa va Shaddod ibn Hukaym kabi Balx 
faqihlarining xizmati katta bo„ldi. Buxoro faqihlari bu davrda asosan fiqhning 
amaliy masalalari furu al-fiqh) bilan, samarqandliklar esa o„z ilmiy faoliyatlarini 
ilohiyot usul ad-din) mavzui bilan shug„ullanishga qaratdilar.
XI-XIII asrlarga kelib, fiqh ilmi o„zining yuksak taraqqiyotiga yetishdi. 
Qoraxoniylar 999-1212) davri faqihlari haqida ilmiy tadqiqot olib borgan 
Turkiyalik olim Y. Z. Kavakci bu davrda uch yuzga yaqin faqihlar yetishib 
chiqqanligi, yigirmadan ortiq fatvolar majmuasi, uch yuz ellikdan ortiq fiqhiy 
asarlar yaratilganligi va shulardan 98 % hanafiy fiqhiga oid ekanligini aytib o„tadi. 
Haqiqatan ham Movarounnahr hanafiy mazhabining “qal‟asi” edi desak 
adashmaymiz.“Hanafiylik sharqqa yoyilar ekan, u Xuroson va Movarounnahrda 
o„ziga mustahkam makon topdi. Bir guruh mashhur hanafiy faqihlari ham shu 
diyorlarga mansubdir. Hanafiy faqihlari sulolalaridan: Buxoro sadrlari 

V/XI 
asrdan to mug„ullar davri 603-1043/1206-1634)ga qadar Buxoroda Ibn Moza 
Mahmud vaf. 570/1174 y.) oilasining hanafiy faqihlari meros tariqasida kelayotgan 
“Sadr” unvoni bilan mamlakat siyosiy idoralarida va turli hokimliklarida yuqori 
mansab sohiblari edilar, ar-Rig„damuniy, az-Zaranjariy, al-Mahbubiy, as-Saffor, 
al-Pazdaviy, Samarqand sayyidlari, al-Xayzoxaziy, al-Aqiliy, al-Marg„inoniy 
oilalari ilm va ijtimoiy hayotda kuchli mavqega ega bo„ldilar. Ilm-fan rivojlandi. 
Ko„plab yirik olimlar yetishib chiqdilar. Yirik faqihlar sulolalari paydo bo„ldi. Bir 
necha avloddan avlodga ulanib davom etgan faqihlar sulolalari nafaqat 
Movarounnahr, balki butun Islom olamida katta nufuzga ega edilar. 
Umuman fiqh, xususan hanafiy mazhabining rivojlanish tarixida XI-XII 
asrlardagi Movarounnahr faqihlarining ilmiy faoliyati juda muhim o„rin tutadi. Bu 
davrda yetishib chiqqan hanafiy faqihlaridan - ad-Dabusiy Abi Zayd vaf. 430/1063 
y.), al-Halvo„iy vaf. 456/1063 y.), Abu Bakr Muhammad as-Saraxsiy 400-
483/1009-1090), al-Pazdaviy Ali vaf. 482/1089 y.), as-Sadr ash-Shahid Umar vaf. 
536/1141 y.), an-Nasafiy Umar vaf. 537/1142 y.), Alouddin as-Samarqandiy vaf. 
539/1144 y.), Ibn Moza Mahmud vaf. 570/1174 y.), al-Attobiy Ahmad vaf. 
586/1190 y.), al-Kosoniy Masud vaf. 587/1191 y.), Qozixon vaf. 592/1191 y.) va 
yuqorida zikr etilgan al-Marg„inoniy Ali vaf. 593/1196 y.) kabi ma‟lum va 
mashhur faqihlarning nomlarini keltirish mumkin. 


67 
Umuman olganda yuqorida bir necha davrlar va ularda mavjud bo„lgan fiqh 
maktablari, bu maktablarda ilmiy faoliyat olib borgan mujtahidlar haqida qisman 
bo„lsada tanishib chiqish va fiqh ilmining Payg„ambar SAV) davrlaridan toki 
taqlid davriga bo„lgan tadrijiy rivojlanishini o„rganish bizga : 
-
VII-XII asrlardagi ilmiy muhit; 
-
O„sha davrlarda mavjud bo„lgan fiqh maktablari va ularda ilmiy faoliyat olib 
borgan muhim shaxslar; 
-
XI - XII asrlarga kelib Movarounnahr fiqh maktabining ahamiyati; 
-
Buxoro va Samarqand shaharlaridagi ananaviy fiqh maktablarining o„ziga 
xos qirralarini ochish va ularning ahamiyati; 
-
XI - XII asrlardagi faqihlar sulolalarining Movarounnahr fiqh maktabida 
tutgan o„rni qanday ekanligi haqida qimmatli ilmiy ma‟lumotlar olishimiz uchun 
imkon beradi. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish