Fanning ma‟ruza matni



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#620568
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
Bog'liq
Диншунслик маърузалар матни

Hadisi Sharif 
Muhammad alayhis salomning aytgan so„zlari, qilgan ishlari yoki u kishiga 
berilgan sifatlarni o„zida mujassam qilgan rivoyatlar – 
hadislar
deb ataladi. 
“Hadis” so„zining lug„aviy ma‟nosi – 
yangi, xabar, hikoya, so„z 
bo„lib, to„liq 
ko„rinishi – 
al-hadis an-Nabaviy 
Payg„ambar so„zlari)dir.
 
Hadislar ikki qismdan: 
aynan xabar beruvchi 
matn
va
 
uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri
 isnod
dan iborat.
 
Hadislar Islom dinining Qur‟ondan keyingi ikkinchi manbasi hisoblanib, 
sunna 
unga asoslanadi. ko„pgina fiqhiy masalalarni hal etishda ularga asoslaniladi. 
Hadis ikki xildir: 
­
al-hadis al-qudsiy 
bu kabi hadisda, ma‟no Allohdan, lafz esa 
PayG„ambarniki bo„ladi);
 
­
al-hadis 
an-nabaviy 
bunisida 
esa, 
ma‟no 
ham 
lafz 
ham 
PayG„ambarnikidir).
 


61 
Tafsir ilmi bilan bir qatorda hadis ilmida musnadlar yozila boshladi. 
Islomning avvalgi vaqtida faqatgina oyatlarni yozma holida saqlab kelingan bo„lsa, 
keyinchalik turli darajadagi soxta hadislar ham musulmonlar orasiga singib ketdi. 
Bu esa olimlar oldiga katta mas‟uliyatli vazifani, ya‟ni mana shu “mavzu” to„qima 
hadislarni va “sahih” ishonchlilarini ajratib berish vazifasini qo„ydi. “Sahih”, 
“Hasan”, “Zaif” kabi uch qismga bo„lib o„rganila boshlandi. “Sihoh as-sitta” olti 
ishonchli to„plam) nomli hadislar majmuasi paydo bo„ldi. Ularning asoschilari: 
-
Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug„ira ibn 
Bardazbeh al-Buxoriy 194/810 yilda Buxoroda tug„ilgan, 256/870 yili 
Samarqandning Xartang qishlog„ida vafot etgan.), u “Sahih al-Buxoriy” nomli asar 
muallifidir. 
-
Imom Abu-l-Husayn Muslim ibn Hajjoj Qushayriy Nishopuriy 202-
261/817-875), u “sahih Muslim” asari muallifidir.
-
Imom Abu Dovud Sulaymon ibn Jorud ibn Ashas Sijistoniy Siystoniy) 
202-275/817-889), u “sunani Abi Dovud” asari muallidir. 
-
Imom Abu Abdurrahmon ibn Ali ibn Shabiy Nasoiy 215-303/830-915), u 
“sunani Nasoiy” asari muallifidir. 
-
Imom Abu Abd Alloh Muhammad ibn Yusuf ibn Mojja 209-273/825-
887), u “sunan Ibn Mojja” asari muallifidir. 
-
Imom Abu Iso at-Tirmiziy vaf. 279/893 y.), u “Sunan at-Tirmiziy” 
asarining muallifidir. 
Yana bu muhaddislar qatorida Abdulloh ibn Abd ar-Rahmon ad-Dorimiy 
Samarqandiyni 181/798-255/869) ham aytib o„tish lozim. U “Sunan ad-Dorimiy” 
asari muallifidir. Imom Dorimiy hadis ilmini Samarqandda rivojlantirishga 
o„zining katta hissasini qo„shgan. 
XI-XII asrlarga kelib Movarounnahrda hadis sohasida ancha olg„a siljishlar 
bo„ldi. Bu davrda yashagan olimlar faqatgina ma‟lum bir chegaralangan doira ijod 
qilish bilan kifoyalanmay, balki imkon qadar ilmning ko„proq qirralariga ega 
bo„lishga intilganlar. Shunga ko„ra biror-bir olim masalan, faqatgina mufassir yoki 
faqihning o„zi emas, balki bir vaqtning o„zida muhaddis ham bo„lganlar. Chunki 
bu davrda, yuqorida aytib o„tilgandek, diniy ixtiloflar kuchaygan edi. Shunga ko„ra 
ulamolar bu ixtiloflarni oldini olish, bartaraf etish uchun har taraflama kuchli 
bilimga ega bo„lishlari lozim edi. 
O„tilgan mavzu bo„yicha savollar 
1.
Qur‟oni Karim qachon nozil bo„la boshladi? 
2.
Qur‟on nozil bo„lish davriga ko„ra qanday qismlarga bo„linadi? 
3.
Qur‟on qachon yaxlit kitob shakliga keltirildi? 
4.
Qur‟on qanday qism va bo„limlardan iborat? 
5.
Qur‟onning jamlanishi kimlar tomonidan amalga oshirildi? 
6.
Toshkentdagi “Mushafi Usmoniy” haqida nima bilasiz? 
7.
Mashhur mufassirlardan kimlarni bilasiz? 
8.
Qanday tafsirlarni bilasiz? 
9.
Qur‟onning o„zbek tiliga tarjimasi kim tomonidan amalga oshirildi? 
10.
Hadis deganda nimani tushunasiz? 
11.
Hadislar qachondan boshlab yozila boshlandi? 


62 
12.
Eng mashhur muhaddislar kimlar? 
13.
Qanday hadis to„plamlarini bilasiz? 
14.
Qanday hadis turlarini bilasiz? 
15.
Imom al-Buxoriy kim bo„lgan? 
Seminar uchun mavzular 
1.
Vahyning nozil bo„la boshlashi. 
2.
Makka davrida nozil bo„lgan suralar. 
3.
Madina davrida nozil bo„lgan suralar. 
4.
Qur‟onning jamlanishi. 
5.
Tafsirlar 
6.
Hadis - Payg„ambar haqidagi rivoyatlar. 
7.
Hadislarning jamlanishi va mashhur to„plamlari. 
8.
Imom al-Buxoriy - hadis ilmining sultoni. 
Adabiyotlar 
1.
Islam. Ensiklopedicheskiy slovar. M., 1991, ss. 141-144, 262-263. 
2.
Islam na territorii bivshey Rossiyskoy imperii. Ensiklopedicheskiy slovar. 
Vipusk 1.-M., 1998, ss. 47-58. 
3.
Xrestomatiya po islamu. Per. s arabskogo. vved. i primech. -M., 1994. 
4.
Ismoil Maxdum. Toshkentdagi “Mushafi Usmoniy” tarixi. 
5.
Imom al-Buxoriy. al-Jomi as-sahih: IV jild. 

T.: Qomuslar bosh tahr., 
1991-1993.
6.
Imom al-Buxoriy. al-Adab al-Mufrad. 

T.: O„zbekiston, 1990.
7.
At-Termiziy. Shamoili Muhammadiya/Sayid Mahmud Taroziy-Alixon 
to„ra tarjimasi. T.: Mehnat nashr., 1991.
8.
At-Termiziy. Sahih at-Termiziy/A.Abdullo tarjimasi. 

T.: G„. G„ulom n. 
Adab. va san‟at nashr., 1993. 
9.
Uvatov U. Muslim ibn al-Hajjoj. T.: A. Qodiriy n. xalq merosi nashr., 
1995. 
10.
 
Uvatov U. Muhaddislar Imomi. T.: Ma‟naviyat, 1998.
 
 
“Agar mendan, nega milliy 
qadriyatlarimiz 
shuncha 
zamonlar osha bezavol yashab 
kelayapti, deb so„rashsa, bu-
avvalo 
muqaddas 
dinimiz 
hisobidan, deb javob bergan 
bo„lur edim”. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish