Fanning ma‟ruza matni



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#620568
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Bog'liq
Диншунслик маърузалар матни

I.A.Karimov 
7-Mavzu 
ISLOMNING ASOSIY MANBALARI 
Dasning maqsadi:

Islomning asossiy manbalari bo‟lmish Qur‟oni Karim oyatlari va hadislarning 


turlari haqida ma‟lumotlar, buyuk muhaddis allomalar haqida so‟ boradi
 
Tayanch so„zlar 
Qur‟on; Sura; Oyat; Pora juz‟; Mushaf; Pergament, Tafsir, Hofiz; Vahy; 
Qiroat; Hadis; Sunnat; Roviy; Isnod; Sahih; Zaif; Muhaddis; 
Reja 
1.
Qur‟on va hadis - Islom dinining asosiy manbalari; 
2.
Qur‟onning tarkibi; 
3.
Qur‟onning jamlanishi; 
4.
Toshkentdagi “Mushafi Usmoniy” tarixi. 
5.
Hadis va mashhur muhaddislar; 
6.
Imom al-Buxoriy - buyuk muhaddis. 
Qur‟oni Karim 
“Qur‟on” - arabcha “qaraa” o„qimoq) fe‟lidan olingan. Qur‟on suralardan 
iborat. Sura Qur‟ondan bir bo„lak bo„lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni 
o„z ichiga oladi. Qur‟onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur‟on 


57 
mantlarini taqsimlashning turli yo„llariga ko„ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 
tagacha belgilangan. Bu har xillik Qur‟on nusxalarining bir-biridan farqli 
ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi. 
Suralar Qur‟onda o„z mazmuniy izchilligiga yoki o„qilgan vaqtiga, ya‟ni 
xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko„ra - avval katta suralar, undan 
so„ng kichik suralar tartibida joylashtirilgan. Suralarning hajmi ham har xil: eng 
katta hajmga ega bo„lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 
oyatdangina iborat. 
Islomshunoslik va Qur‟onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik 
tartibini quyidagicha shaklda tasavvur qilish mumkin: 
1. Makka davri 610-615 yillar). Bu davrda yuksak adabiy ijod namunalari 
bo„lgan saj‟ janridagi suralar o„qilgan. Yevropa olimlari ularga “Nazmiy suralar” 
deb nom berganlar. 
2. Makka davri 616-619 yillar), Muhammad s.a.v.) va ularning izdoshlari 
doimiy ta‟qib ostida yashagan va ko„pchilik Habashistonga ko„chib ketgan 
muhitda o„qilgan. Bu suralarda Ollohning “Rahmon” sifatida ko„p tilga olinganligi 
sababli Yevropa olimlari ularni “Rahmon suralari” deb ataganlar. 
3. Makka davri 610 yil boshlaridan 622 yil sentyabrigacha). Bu davrda ham 
Muhammad s.a.v.) va uning izdoshlari ta‟qib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, 
ko„pincha shahardan tashqarida ibodatga to„planganlar. Bu davr suralarida 
islomning aqoid ta‟limotiga keng o„rin berilganligi sababli, yevropalik olimlar 
bularga “Payg„ambarlik suralari” deb nom berganlar. 
Tarixiy voqealar aniqroq ko„zda tutilgan holda Madina davriga oid 24 ta 
surani besh davrga ajratish ma‟qulroqdir: 
1-Madina davri 622 yil oktyabrdan 624 yil gacha). Muhammad s.a.v.) 
Madinaga ko„chib kelganidan makkaliklar bilan birinchi yirik to„qnashuv - Badr 
jangigacha o„qilgan 4 sura bu davrga kiradi. 
2-Madina davri 624 yil martidan 625 yil martigacha). Badr jangidan keyin 
Uhud jangigacha o„tgan bir yil ichida o„qilgan 3 surani o„z ichiga oladi. 
3-Madina davri 625 yil martida - 627 yil matrtigacha). Uhud jangidagi 
mag„lubiyatidan keyin Xandaq jangigacha o„tgan ikki yil ichida 5 ta sura o„qilgan. 
4-Madina davri 627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha). Xandaq jangidan 
so„ng Makkaning olinishigacha o„tgan salkam uch yil ichida o„qilgan 8 sura shu 
davrga kiradi. 
5-Madina davri 630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka olinganidan 
keyin Muhammad s.a.v.) payg„ambarning vafotigacha o„tgan ikki yildan ortiqroq 
davr ichida o„qilgan 4ta sura shu davrga kiradi. 
Muhammad alayhis-salom hayotlik chog„larida yana vahy tushib qolar degan 
umidda Qur‟on jamlanib, kitob holiga keltirilmagan edi. Payg„ambar vafotlaridan 
keyin Qur‟on kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida saqlanib qoldi. 
Payg„ambardan so„ng musulmonlarga Abu Bakr 572-634) boshliq etib saylandi. 
Uning xalifalik davrida 632-634) mu‟minlar va murtaddindan qaytgan)lar o„rtasida 
shiddatli janglar bo„lib o„tdi. Ushbu janglarda Qur‟onni to„liq yod olgan qorilar 
ko„plab shahid bo„ldilar. Shunda Umar ibn al-Xattob 585-644) Abu Bakrga 
“barcha qorilar shu zaylda o„lib ketaversa Qur‟on nuqsonli bo„lib qolishi mumkin, 


58 
shu sababli uni jamlab kitob holiga keltirish zarur” degan maslahatini beradi. 
Avvaliga Abu Bakr ikkilanib turadi, chunki bu ish Payg„ambar hayotlik paytlarida 
qilinmagan edi. Keyinroq Abu Bakr ham Qur‟onni kitob shakliga keltirib qo„yish 
zarurligini anglab yetdi va Zayd ibn Sobit ismli sahobani chaqirib bu ishni unga 
topshiradi. Chunki, Zayd Payg„ambar alayhis-salom bilan juda ko„p birga bo„lgan, 
Qur‟onni juda ham yaxshi yod olgan va Rasululloh huzurlarida yozgan. 
Payg„ambar umrlarining so„nngi yilida farishta Jabroil alayhis-salomga Qur‟onni 
avvalidan to oxirigacha o„qib berganlarida birga bo„lgan edi. Shunday qilib, Zayd 
va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qur‟onni kiyik terisidan bo„lgan 
sahifalarga yozib chiqdilar va bog„lab Abu Bakrning uyida saqlab qo„ydilar. Bu 


Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish