56
Amaliyotda fondlarni rivojlantirish yo’llari
va xususiyatlaridagi, xizmatlar hajmi
va sifatidagi hamda moliyalashtirish usullaridagi tafovutlarga qaramay, ijtimoiy
himoya tizimi yagona tamoyillar asosida amal qiladi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti
(XMT) mutaxassislarining fikricha, ijtimoiy sug’urta
tizimi iqtisodiy qulaylik,
yakka adolatlilik hamda moliyaviy nazorat va ijtimoiy samaradorlikni
ta’minlaydigan tarzda qurilishi zarur. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish zararni
qoplash, aholini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning ta’sirini
kamaytirish yoki oldini olish maqsadida ijtimoiy risklarni boshqarish tizimi
sifatida qaraladi. Ko’pchilik ijtimoiy himoya tizimlarining vazifasi kishilar
daromadlarining barqarorligini qo’llab-quvvatlash, kerakli ijtimoiy xizmatlardan
teng foydalanish huquqini taqdim qilishdan iborat.
Jahon amaliyotida ishlovchi aholi uchun yollanma
ishchilar va mustaqil
ravishda band aholini ahamiyatliroq, jiddiy va ko’lamli ijtimoiy risklardan
muhofazalashni ta’minlaydigan ijtimoiy sug’urta ijtimoiy ta’minot huquqini
amalga oshiradigan asosiy institut hisoblanadi. Quyidagilar ijtimoiy sug’urtaning
asosiy tamoyillari hisoblanadi:
a)
sug’urtalash sub’ektlari ishtirokining majburiylik tavsifi;
b)
sug’urtalanganlar o’rtasidagi cheklangan birdamlik;
c)
sug’urtalash jarayonini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi sifatida
davlatning ishtiroki;
d)
mehnat faoliyati davomida sug’urtalangan daromad bilan taqqoslanuvchan
to’lovlar darajasi va tizimni moliyalashdagi ishtiroki o’rtasidagi
puxta
bog’liqlik;
e)
mablag’larning maqsadli ishlatilishi.
Umuman olganda, xorijiy davlatlarda pensiya yoshini ko’tarish hisobidan
pensiya moliyaviy ta’minotini mustahkamlashga urinishlar, pensiya miqdorini
badallar bilan yanada kuchliroq muvofiqlashtirish, shuningdek,
moliyaviy nazorat
asosida pensiya tizimini moliyalashtirishni avtomatik barqarorlashtirish mexanizmi
joriy etilishiga qaramay pensiya xarajatlari muntazam o’sib bormoqda.
57
Rossiya, Polsha va Qozog’istondagi pensiya sug’urtasini samarali isloh qilishning
asosiy omillari, birinchidan, ularning izchilligi va majmualigidir. Islohotlarga
bo’lgan yondoshuv va tamoyillar muntazam o’zgartirib turilsa, ularning maqsadi
xam noaniqlashib qolaveradi, pirovard natijalar samaradorligi esa past bo’ladi.
Pensiya sug’urtasiini muvafaqiyatli va izchil amalga oshirish tajribasi Qozog’iston
pensiya tizimida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ushbu muvafffaqiyatlarni
odatda Chili
pensiya islohoti “yutuqlari” bilan qiyos qilinadi.
Ikkinchidan, sug’urta fondlarini tashkil etish va boshqarishda sug’urta
tamoyillariga jiddiy rioya etish zarur. Ijtimoiy sug’urtaning aynan sug’urta
tamoyillariga amal qilishi talab etiladi. Qozog’istondagi jamg’arib boriladigan
pensiya tizimi sug’urta tamoyillariga asoslangan bo’lib, nodavlat pensiya fondlari
faoliyati avtonomiyasi nafaqat moliyaviy, balki umumiy tashkiliy asosga qurilgan.
Sug’urta fondlari uchun to’lovchilar va mablag’ oluvchilar doirasini aniq belgilab
olinishi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda ular biri-biriga mutanosib emas va
fondlar ba’zan davlat ijtimoiy ta’minoti vazifasini o’tamoqda. Xamon imtiyozli
(kasbga ko’ra) pensiyalar amal qilmoqda, kelib tushayotgan mablag’lar yordam
ko’rsatish qoidasi asosida taqsimlanmasligi kerak. Mazkur yo’nalishda davlat, ish
beruvchi va xodim o’rtasida javobgarlik va moliyalashtirish ishlarida mo’’tadil
mutanosiblikni o’rnatish zarur. Davlat eng kam ijtimoiy
standartlarini va ularning
muntazam indeksatsiya qilinishini kafolatlashi shart.
Uchinchidan, pensiya ta’minotini nazorat qilish va muvofiqlashtirish,
sug’urtalanuvchilar manfaatlariga rioya qilish, eng kam ijtimoiy standartlarni
kafolatlash, ayni chog’da ijrochilar vositachilar o’rtasida ijtimoiy sug’urta
sohasidagi raqobat rivojlanishini rag’batlantirish talab etiladi. Shunday qilib, bozor
iqtisodiyoti mamlakatlardagi ijtimoiy sug’urtani muvafffaqiyatli isloh etish
to’g’ridan-to’g’ri ijtimoiy yoki iqtisodiy jarayon bo’lib hisoblanmaydi va o’tish
davri bilan bevosita aloqador emas. Birinchi va ikkinchi omillar ko’proq siyosiy
sharoit va barqarorlik
darajasi bilan izohlansa, ikkinchi omil - to’g’ridan-to’g’ri
tashkiliy va moliyaviy unsurlar orqali ifodalanadi. Shubhasiz, ko’rib o’tilgan
58
omillar shularning o’zi bilan cheklanmaydi, ammo boshqa shartlar bilan
uyg’unlikda ular ijtimoiy sug’urta holati va natijalarini aks ettira oladi.
Xorijiy davlatlarda amaldagi pensiya qonunchiligida kamchiliklar mavjud.
Masalan, bu holat Qozog’istonda bo’lgusi pensiya to’lovlari mexanizmining aniq
belgilanmaganligi pensiya fondlariga mablag’larni o’z vaqtida o’tkazib berish
ustidan nazoratning yo’qligida ko’rinadi. Rossiyada kasbga oid pensiya tizimini va
imtiyozli pensiya masalalardagi noaniqlikda ifodalanadi. Pensiya sug’urtasini isloh
qilishdagi ushbu muammolar islohotlarni chuqurlashtirish
va takomillashtirish
bo’yicha puxta o’ylangan qarorlar va tadbirlar qabul qilinishi uchun asos bo’lib
xizmat qiladi. Jumladan: pensiya sug’urtasi tizimining birlamchi qoidalarini istisno
etilgan holatlarda o’zgartirish; pensiya islohotining qonunchiligi, axborot, uslubiy
asoslarini va vositalarini takomillashtirish.
“Xususiy sektorda Mehnat departamenti ishchilar to’lovlari xavfsizligi
boshqarmasi (
Do'stlaringiz bilan baham: