3.2.-jadval
O’zbekiston Respublikasi pensiya tizimining rivojlanishi
Yillar
Jarayon
1991
Milliy Pensiya tizimi faoliyat yurita boshladi
1993
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi tashkil etildi
1994
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to’g’risida»gi Qonuni amalga kiritildi
1996
Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi
huzuridagi Pensiya jamg’armasiga aylantirildi
1997
Pensiya jamg’armasi mablag’lari Davlat byudjeti tarkibida
konsolidatsiyalashdi
2000
Pensiya jamg’armasiga davlat maqsadli jamg’armasi maqomi
berildi
2004
Pensiya jamg’armasi Moliya vazirligining idoraviy tashkiloti
etib belgilandi
2005
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi tashkil etildi
2009
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining barcha
pensiya tayinlovchi va TMEX birliklari O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
76
Pensiya jamg’armasi tarkibiga o’tkazildi
2013
Byudjet Kodeksida Pensiya jamg’armasini davlat byudjeti
tarkibiga jamlangan davlat maqsadli jamg’armalar sifatida
kiritilishi mustahkamlandi
O’zbekiston Respublikasining 1992 yilgi Konstitutsiyasi birinchi marta
fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olish huquqini mustahkamladi. Konstitutsiyada ilk
bor pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman
belgilab qo’yilgan, eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emasligini
belgilangan. Konstitutsiyaga ijtimoiy himoya yuzasidan kiritilgan norma asosida
boshqa normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Jumladan, O’zbekiston
Respublikasining
«Fuqarolarni
davlat
pensiya
ta’minoti to’g’risida»gi,
«Fuqarolarni sog’lig’ini saqlash to’g’risida»gi, «Keksalar, nogironlar va aholining
boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to’g’risida»gi,
Qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari,
qarorlari shular jumlasidandir.
Davlat pensiyalari dunyodagi ko’plab mamlakatlarda mavjud, hozirda ham
amal qilib kelmoqda. Bizning mamlakatimizda davlat pensiyalari qarigan hamda
mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki butunlay yo’qotgan fuqarolarni, boquvchisini
yo’qotgan oila a’zolarini moddiy jihatdan ta’minlash uchun davlat tomonidan
beriladigan moddiy ta’minot 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan O’zbekiston
Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunida
belgilangan. Bugun hayotimizning o’zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng -
asosiy maqsad - inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb
vazifa qilib qo’ymoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida har kim
qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, boquvchisini yo’qotganda va qonunda
nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega, deb
belgilangan. Har bir fuqaro ana shu konstitutsiyaviy huquqlardan foydalangan
77
holda jamiyat tomonidan ularga ko’rsatilayotgan ijtimoiy ta’minotdan foydalanishi
mumkin. Har bir jamiyatda aholi daromadlari siyosati pensiya qonunchilik
hujjatlarda belgilangan quyidagi tamoyillar asosida yuritiladi:
–
pensiya tizimida ijtimoiy adolat;
–
ijtimoiy hamkorlik va aholining barcha qatlamlarining birdamligi;
–
fuqaroning moddiy ahvoli uchun shaxsiy mas’uliyat;
–
mehnat huquqi va uni munosib rag’batlantirish;
–
kasbiy uyushmalar huquqi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30-dekabrdagi
“Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlarito’g’risida”gi Farmoni pensiya ta’minoti tashkiliy tizimini yanada
takomillashtirish imkonini berdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi
“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ-1252-sonli qaroriga asosan Moliya vazirligi xuzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga pensiya ta’minotini amalga oshirish
bilan bog’liq barcha vakolatlar to’liq o’tkazildi. Mazkur hujjatda Pensiya
jamg’armasi tomonidan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o’z vaqtida, to’liq
miqdorda moliyalashtirish, to’lovlar ustidan monitoring yuritish, pensiya
ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’larning maqsadliligi va nazoratini
kuchaytirish borasida bir qator vazifalar belgilab berildi. 2011 yil yanvardan
pensiya qonunchiligiga pensiyalar miqdorining Pensiya jamg’armasi mablag’larini
shakllantirishda fuqarolar hissasiga bog’liqligini kuchaytirishga qaratilgan qator
o’zgartishlar kiritildi. Ayrim toifadagi shaxslarning pensiya ta’minoti huquqi, ish
stajini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatining ba’zi davrlarini hisobga olish
optimallashtirildi. Ijtimoiy adolatni kuchaytirish maqsadida yoshga doir pensiya
tayinlash uchun mehnat stajining eng kam chegarasi belgilandi.
Respublikamizda «…Keksa avlod vakillariga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish,
ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirishga, muhtaram
78
faxriylarimiz hayotiga daxldor muammolarni hal etishga alohida ahamiyat
qaratiladi»
34
. Respublikamizda keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada
yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish,
yoshi ulug’ insonlar, ayniqsa, 1941 - 1945 yillardagi urush va mehnat fronti
faxriylariga ijtimoiy himoya, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni
takomillashtirish, keksalarning o’rnini mustahkamlash maqsadida 2015 yil 18
fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Keksalarni e’zozlash yili»
davlat dasturi to’g’risida»gi 2302-son Qarori qabul qilindi.
O’zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi,
Mehnat
vazirligi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining
fuqarolar
pensiya
ta’minoti masalalari uchun mas’ul bo’linmalaridagi
fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlari yig’majildlari, buxgalteriya hujjatlari,
arxivlar, ularga tegishli binolar (xonalar) va mol-mulklar belgilangan tartibda
xatlovdan o’tkazilishi va Pensiya jamg’armasi bo’linmalariga topshirilishini
ta’minlandi. Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Pensiya
jamg’armasining yangi tashkil etilayotgan bo’linmalari moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo’yicha tadbirlar
tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi pensiya tizimida O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi alohida o’rin tutadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasining moliyaviy barqarorligiga, normativ-huquqiy bazasiga hamda
joylarda
aholiga
hizmat
ko’rsatuvchi
bo’linmalarning
moddiy-texnik
mustahkamlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Fuqarolarning pensiya ta’minoti
xarajatlarini optimallashtirish, mablag’larning maqsadli sarflash va pensiya
to’lovlari ustidan nazorat kuchaytiriladi.
34
Karimov I. “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib
berish − ustuvor vazifamizdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan
O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2015 yil. 18 yanvar.
79
Quyidagi rasmda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining maqsadlari
berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |