59
siyosat va amaliyotni ko’rib chiqib pensiya islohotlari bo’yicha tavsiyalar
berishdir.
Vaqtinchalik pensiya qo’mitasi odatda davlat pensiya qo’mitasida
moliyalashtirishda jiddiy uzoq muddatli etishmovchilik bo’lganda va pensiya
tizimini barqaror yo’lga qo’yishilishi uchun yirik islohot kerak bo’lganda tuziladi.
Masalan, 1999 yilda Davlat pensiya va nafaqadagilarning tibbiy sug’urta nafaqalari
bo’yicha Michigan Qo’mitasi (1) davlat pensiya va nafaqa tizimlarini
moliyalashtirish, boshqaruv, nazorat va moliyaviy balanslashtirish va ta’sir
ko’rsatuvchi qonunlarni qayta ko’rib chiqish; (2)
davlat pensiya va nafaqa
tizimlarini moliyalashtirish va jamg’arilgan majburiyatlarning ko’lami mosligini
ko’rib chiqish; (3) davlat pensiya va nafaqa tizimlariga boshqaruvchi va ta’sir
ko’rsatuvchi shtatlardagi qonunlarda bu kabi o’zgartirishlarni e’tiborga olish,
tavsiya qilish va hisobot berish uchun tuzilgan.Qo’mita davlat tomonidan
tayinlangan shaxslardan tashkil topib, tuzilganidan 1 yildan kechikmay o’z ishini
yakunlashiga to’g’ri kelgan. 2000
yillarning boshlarida, pensiya ta’minotining
moliyalashtirish nisbati pasayishini keltirib chiqargan fond bozoridagi jiddiy
tushish, Illinois, Nyu Jersey va Kaliforniya kabi shtatlar pensiyani moliyalashtirish
masalalarini o’rganish uchun pensiya qo’mitalarini tuzdi. Biroq qo’mitalar
tomonidan qilingan tavsiyalar odatda shtat qonunchiligi bilan bog’lanmagan
bo’ladi. Qo’llanilish vakolatining kamligiga qaramasdan, vaqtinchalik pensiya
qo’mitalari saylangan mansabdor shaxslar va aholini pensiya ta’minotlari duch
kelayotgan muhim tizimga oid va siyosiy masalalarni bildirish maqsadiga
erishmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimidagi islohotlarni
olib borishda bu
boradagi xorijiy tajribalarni har tomonlama o’rganish, jahon mamlakatlarida
aholining ijtimoiy himoyasiga xizmat qiladigan, keksaygan paytida fuqarolarga
munosib turmush sharoitlarini ta’minlaydigan, shu bilan birga, bozor sharoitlariga
mos bo’lgan, fuqarolarning o’z farovonligini ta’minlashdagi mas’uliyatini
oshirishga xizmat qiladigan mukammal pensiya ta’minoti tizimini shakllantirish va
uning iqtisodiy-moliyaviy asoslarini mustahkamlash
masalalari islohotlarning
60
diqqat markazidagi dolzarb masalalari qatorida turibdi.
O’zbekistonda o’rta muddatli istiqbolda pensiya tizimini davlat nazorati asosida
moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1.
O’zbekistonda pensiya tizimini moliyaviy barqarorligini ta’minlashga
qaratilgan maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish,
ko’p darajali kombinatsiyalashgan pensiya tizimini shakllantirish kerak.
2.
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarni jamg’arib boriladigan pensiya
ta’minoti to’g’risida»gi qonun normalarini amaliyotga samarali joriy etish
uchun qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish lozim. «Nodavlat
pensiya fondlari», «Davlatning ijtimoiy sug’urtalash», «Majburiy xususiy
pensiya ta’minoti» kabi pensiya tizimini modernizatsiyalashni
huquqiy
asosini tashkil etuvchi qonunlarni qabul qilish qilish vaqti keldi.
3.
O’zbekistonda pensiyani mehnat stajiga qarab to’lashdan elektron shaklda
nazorat yo’lga qo’yilgan sug’urta stajiga asosan to’lashga bosqichma-
bosqich o’tish boshlandi. Kelgusida «Birdamlik» pensiya tizimidan
bosqichma-bosqich jamg’ariladigan pensiya tizimiga o’tish siyosatini
izchillik bilan amalga oshirish zarur.
4.
Pensiya
jamg’armasi
mablag’larini
shakllantirish
mexanizmini
takomillashtirishda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga
korxonalar
faoliyatidan olingan boshqa daromadlarni ko’paytirish lozim.
5.
Jahonda pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning
ilg’or tajribalarini respublikamiz amaliyotida qo’llash maqsadida, aholi
turmush darajasini oshayotganligini hisobga olib, yagona ijtimoiy to’lov
yukini ish beruvchilardan ishchi va xodimlar zimmasiga bosqichma-bosqich
o’tkazish, ya’ni amaldagi 87:13 nisbatni istiqbolda 50:50 nisbatga etkazishni
ta’minlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: