Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Xorijiy davlatlarda jamg’arib boriladigan pensiya tizimining moliyaviy



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

12.5.Xorijiy davlatlarda jamg’arib boriladigan pensiya tizimining moliyaviy 
nazorati 
 
Pensiya 
ta’minoti moliyalashtirish usullariga ko’ra, taqsimlovchi va 
jamg’ariladigan pensiya tizimlari bo’yicha farqlanadi. Mutaxassislarning fikriga 
ko’ra, pensionerlar va band aholi sonining nisbati 1:10 nisbatdan kam bo’lmagan 
darajada bo’lsa, taqsimlovchi pensiya tizimi samarali bo’lishi mumkin
241

Jamiyatdagi individualistik tendentsiyalarning ortib borishi bilan vujudga kelgan 
psixologik omillar ham taqsimlovchi pensiya tizimining samarali faoliyat 
yuritishga to’sqinlik qila boshladi. Yuqori daromadli aholi XX asrning oxirida 
241
Pensionnaya reforma: ot slov k delu. \\ Vash bank. Ekonomist. . 2000.Dekabr. 


487 
pensiya ta’minotidagi tenglashtirish printsipiga nisbatan o’zlarining noroziliklarini 
bildirib, har kimga nisbatan alohida yondoshuvni talab qila boshladilar. Bu asosiy 
muammolar pensiya tizimida tub o’zgarishlarni amalga oshirish zaruriyatini 
keltirib chiqardi,uning echimi sifatida 1994 yilda Jahon banki va Xalqaro valyuta 
fondi tomonidan jamg’ariladigan pensiya fondi modeli ishlab chiqildi. XX asr 
oxirida jahonda beshta mamlakat jamg’ariladigan tizimga to’liq o’tdi.
Xorijiy davlatlarda pensiya tizimini umumlashgan uch darajali tizim shaklida 
tasavvur qilish mumkin:

davlat nazorati ostida amalga oshiriluvchi umumiy va majburiy pensiya 
tizimi;

majburiy jamg’arma tizimi orqali beriladigan va minimal jamg’armani 
"to’plagan" kishilar uchun ijtimoiy pensiya tizimi;

to’liq kapitallashtirish va jamg’arish tamoyiliga asoslangan, individual 
hisob raqamlarni yuritish orqali amalga oshiriladigan pensiya tizimi.
Jahondagi mavjud pensiya tizimlari, ularni tubdan isloh qilish zaruriyati natijasida 
XX asrning oxirgi choragi va XIX asrning dastlabki o’n yilligida bir qator jiddiy 
muammolar yuzaga keldi. Pensiya tizimlarini isloh qilish, davlatning ijtimoiy 
siyosatini o’zgartirish bilan birgalikda olib borildi. Islohotlar jarayonida jahon 
jamoatchiligning asosiy vazifasi, avlodlar hamjihatligi tamoyili, davlat moliyaviy 
nazorat asosida qurilgan pensiya ta’minoti institutini saqlab qolish va 
rivojlantirishdan iborat bo’ldi.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimiga badallarni qayta taq-simlashning davlat 
mexanizmi yordami bilan individual hisobraqamlardan foydalangan holda, 
moliyaviy ta’minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o’ziga xosligi, belgilangan 
yagona badallarni hisobga olib, pensiya miqdorini belgilash kabilar xosdir. 
Jamg’arib boriladigan pensiyani olish uchun muayyan jamg’arma stajiga ega 
bo’lish va qonunda ko’rsatilgan pensiya yoshiga etish zarur. Jamg’arish tamoyiliga 
asoslangan pensiya tizimida badallar kapitallashtiriladi va pensiya hisobi 
individual hisob asosida shakllantirilib boriladi, shaxsiy hisoblarda jamg’arilgan 
jamg’arma badallari pensiya darajasini belgilaydi. 


488 
«Lekin pensiya tizimini isloh qilishning “Chili modeli” tajribasi faqat 
jamg’ariladigan pensiya tizimidan foydalanish uning moliyaviy barqarorligini 
oshirmadi, barcha ishlovchilarni qamrab olmadi, pensionerlarning asosan, 
aholining kam mulkli qatlamining moddiy ahvolini barqarorlashtirishga olib 
kelmadi. Shuning uchun Chili hukumati jamg’ariladigan pensiya tizimida ishtirok 
etuvchi pensionerlarga yordam ko’rsatishga majbur bo’lmoqda» 
242
.
Xalqaro Ijtimoiy Ta’minot Assotsiatsiyasining “Amerika qit’asi uchun dinamik 
ijtimoiy ta’minot: ijtimoiy birdamlik va instituttsional xilma-xillik” nomli 
ma’ruzasida taqsimlovchi tizimdan jamg’ariladigan tizimga o’tishning salbiy 
oqibatlari ham yoritib berildi
243


pensiya kapitalini shakllantirishdan aholi manfaatdorligining past darajasi; 

qoplash koeffitsentining pasayishi; 

taqsimlovchi tizimdan jamg’ariladigan tizimga o’tishdagi xarajatlarning 
yuqoriligi; 

ijtimoiy nafaqalarni to’lash uchun davlatga qo’shimcha og’irlik; 

pensiya jamg’armalarini boshqarishdagi katta xarajatlar. 
Natijada Janubiy Amerika mamlakatlari davlat taqsimlovchi pensiya tizimini 
tiklashga yo’naltirilgan pensiya tizimini yangidan isloh qilishga kirishdilar. Bu 
isloxotlar ikki asosiy yo’nalishda amalga oshiriladi: 
a)
taqsimlovchi mexanizmlarni qayta tiklash va kuchli nazorat qilish; 
b)
jamg’ariladigan tizimni inkor qilish va taqsimlovchi tizimga qaytish. 2009 
yil 1 yanvardan boshlab, Argentina sug’urtalangan shaxslarning pensiya 
jamg’armalarini nodavlat pensiya fondlardan olib, davlat pensiya fondiga 
berdi. 
Pensiya islohotlari davrida hozirgi avlodga pensiya to’lash uchun turli 
mamlakatlarda quyidagi choralar qo’llaniladi: 

taqsimlavchi tizimni qisman saqlab qolish (Polsha, Vengriya, Shvetsiya, 
Urugvay); 
242
Oskomina O. Chiliyskoe chudo. \\ Fond «Antikrizis». 2009. iyul.
243
Itogi pensionnoy reformi i dolgosrochnie perspektivi razvitiya pensionnoy sistemi Rossiyskoy Federatsii s 
uchetom vliyaniya mirovogo finansovogo krizisa. \\ «Pensionnoe obozrenie». 2011.22 dekabr.


489 

ko’pgina mamlakatlarda pensiya fondiga badallar miqdorini oshirish; 

byudjet profitsitidan foydalanish (Xitoy); 

xususiylashtirishdan tushgan daromadlardan foydalanish (Polsha, Peru, 
Boliviya). 
Polsha va Qozog’istonda bir qator imtiyozli pensiyalar bekor qilindi va takroran 
qayta tiklandi. Rossiya yangi pensiya tizimida eskicha imtiyozlar monetizatsiya 
qilindi. Binobarin, jamg’arish tamoyiliga asoslangan yangi pensiya tizimlari 
amalda ijtimoiy jihatdan beqaror edi, chunki pensiya sug’urtasining jamg’arish 
tamoyillari buzilgan edi. Davlat byudjetidan ajratiladigan qo’shimcha dotatsiyalar 
mavjud bo’lmaganligi uchun imtiyozli pensiya oluvchilarni pul mablag’lari bilan 
ta’minlashning og’irligi barcha aholi zimmasiga tushdi. Ayni paytda, umumiy 
sug’urta fondi hisobidan oshirilgan pensiyalarni esa cheklangan miqdordagi 
pensionerlar oladi.
XXI asr bo’sag’asida bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda kapital bozori 
jamg’armalarning institutsiyalanishi va kapital bozorining rivojlanishi asosida bir 
qator o’zgarishlarga uchradi. Pensiya omonotlari jamg’arib borilishi va o’zaro 
fondlar ommalashib ketishi hisobiga institutsional investorlar boshqarayotgan 
aktivlar jadal sur’atlar bilan o’smoqda. Sug’urta biznesi rivoji sur’atining pastligi 
ham sug’urta kompaniyalari boshqarayotgan aktivlarning tez ko’payib borishiga 
yordam beradi. Bularning hammasi qimmatli qog’ozlar ichki bozorlarining 
taraqqiy etishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Biroq, muvofiqlashtirishning haddan 
tashqari darajada bo’lishi va investor tajribasining yo’qligi jiddiy muammolarni 
keltirib chiqaradi va ichki bozor samaradorligiga va barqaror rivojiga to’sqinlik 
qiladi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish