Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Xorijiy mamlakatlar pensiya ta’minoti nazoratining ilg’or tajribalaridan



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
12.6.Xorijiy mamlakatlar pensiya ta’minoti nazoratining ilg’or tajribalaridan 
mamlakatimizga tadbiq etish istiqbollari 
 
«Davlatning markazlashgan pul fondi bo’lmish davlat byudjetiga turli 
manbalardan va turli vositalar (yagona ijtimoiy to’lov, soliqlar, yig’imlar, bojlar, 


490 
majburiy to’lovlar) bilan mablag’ to’planadi, o’z navbatida, bu mablag’lar turli 
maqsadlarda va yo’nalishlarda sarflanadi. Bunda aniq bir daromad turi ma’lum bir 
xarajat turini qoplash uchun biriktirilmaydi. Shu jihatdan davlat byudjeti universal 
pul fondi hisoblanadi. Lekin amaldagi byudjet qonunchiligi mablag’larning aniq 
yo’nalishlar, xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha sarf etilishini talab etadi. 
Bunday sharoitda alohida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni aniq manbalar hisobidan 
mablag’ bilan barqaror ta’minlab borish zarurati tug’iladi, chunki iqtisodiyotdagi 
keskinlik, nobarqarorlik va ularning natijasi o’laroq, byudjetdagi etishmovchiliklar 
davrida aynan ushbu maqsadlar uchun mo’ljallangan xarajatlarni kamaytirish xavfi 
yuzaga keladi. Shuning uchun ham jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning 
eng muhim yo’nalishlarini aniqlab olish va mablag’larning maqsadli ishlatilishini 
ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi»
244

Davlat moliya tizimining muhim bo’g’ini bo’lgan davlat maqsadli 
jamg’armalari milliy daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari foydasiga 
qayta taqsimlashning bir usulidir. Davlat maqsadli jamg’armalari – davlat 
tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida 
moliyaviy resurslardan qat’iy maqsadli foydalanish shaklidir. Bir qator 
umumdavlat vazifalarini moliyalashtirish tegishli davlat maqsadli jamg’armalarini 
tashkil etish uchun jiddiy asos bo’lib xizmat qildi. Davlat maqsadli jamg’armalari 
quyidagi usullar bilan shakllantirish mumkin: 
a)
ma’lum maqsadga mo’ljallangan pul jamg’armasini tuzish uchun 
mablag’larni davlat byudjetidan ajratish yo’li bilan; 
b)
hukumat qarorlari bilan aniq maqsadli davlat maqsadli jamg’armalari, 
byudjetdan tashqari fondlarni tashkil etish hamda ularga majburiy va 
ixtiyoriy to’lovlarni joriy qilish yo’li bilan. 
Mamlakatimizda zamonaviy va jahondagi andozalarga mos ravishda davlat 
maqsadli jamg’armalarni tashkil etish mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq 
boshlandi. Bu holat mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda keskin o’zgarishlarni 
amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida, davlat maqsadli 
244
Po’latov D., Nurmuxamedova B. G’aznachilik. Darslik. – T.: “Sano-standart”. 2014.–B.217. 


491 
jamg’armalarning oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi. 
Ular tarkibida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg’armasi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mamlakat 
aholisini ijtimoiy himoyalash birinchi galdagi vazifa sifatida turadi.
Hozirgi kunda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish sharoitida Pensiya jamg’armasi 
maqsadli mablag’laridan oqilona foydalanish masalalari bugungi kunda 
hukumatimiz uchun bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirishni taqozo etadi. 
Davlat tomonidan aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiy ta’minot tizimini nazorat qilish, 
pensiya ta’minoti samaradorligini oshirish, muhtoj tabaqalariga beriladigan 
ijtimoiy yordam aniq yo’naltirilgan bo’lishini ta’minlash, Pensiya jamg’armasi 
maqsadli mablag’lardan foydalanish mexanizmlarini aholi uchun tushunarli, sodda 
bo’lishiga erishish maqsadida qator chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh 
Mirziyoyev 
ta’kidlaganlaridek,«Qariyalar va 
nogironlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha tasdiqlangan dasturni 
amalga oshirish alohida nazoratga olinishi kerak. Har bir imtiyoz va ijtimoiy 
himoya chorasi o’z egasiga etib borishi darkor»
245

Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, pensiya ta’minoti tizimining moliyaviy 
barqarorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar aniq yo’nalishlarda amalga 
oshirilmoqda. Pensiya islohotlari doirasida amalga oshirilayotgan asosiy 
o’zgarishlar davlat taqsimlanuvchi pensiya ta’minoti tizimini (Shvetsiya, Italiya, 
Vengriya, Polsha) saqlab qolgan holda ixtiyoriy jamg’arib boriladigan pensiya 
tizimlarini yaratishdir. Aksariyat mamlakatlarda milliy davlat pensiya dasturlari 
qisqartirilib, tijorat usullari va bozor mexanizmlari orqali tartibga solinadigan 
individual jamg’arib boriladigan hisobraqamlarga o’tildi. Natijada amaldagi, 
oldingi ish haqiga bog’liq foizlar ko’rinishida hisoblanadigan pensiyalar to’lash 
tizimlari shartli-jamg’arib boriladigan hisobraqamlarga asoslangan pensiya 
tizimlariga almashtiriladi. Bunda aksariyat mamlakatlarda qator yangiliklar joriy 
245
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 
2016 yil.


492 
etildi. Jumladan, ball asoslangan yig’ishga asoslangan (pensiya olish huquqi shartli 
birliklarda 
aks 
etiriladigan) 
tizimdan 
farqli 
ravishda 
pensiya 
huquqi 
sug’urtalanuvchilarning individual schetlarida ishlovchilar tomonidan to’langan 
sug’urta badallari va ularning hisobiga ish beruvchilar o’tkazgan mablag’larga teng 
miqdordagi mablag’lar orqali aks ettiriladi. Ushbu mexanizm sug’urta badallari va 
pensiyalar miqdori o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni o’rnatish imkonini 
yaratadi. Bundan tashqari, badallar va to’lovlar miqdorini belgilab qo’yish milliy 
pensiya tizimlarida avlodlar birdamligi va mas’uliyati mutanosibligini ta’minlash 
imkonini beradi. Pensiya resurslarini hisobga olish va ulardan foydalanish 
mexanizmi milliy pensiya tizimining demografik vaziyatning o’zgarishiga 
moslashish darajasini oshiradi. Shartli-jamg’ariladigan pensiya tizimlari qayd etib 
o’tilgan ijobiy jihatlari bilan bir qatorda qator kamchiliklarga ham ega. Jumladan, 
ushbu tizimda resurslarni bir avlod doirasida kam ish haqiga ega fuqarolar yoki 
nogironlar foydasiga qayta taqsimlash mexanizmi mavjud emas. Shuning uchun 
shartli-jamg’arib boriladigan pensiya tizimlarida byudjet daromadi hisobidan 
minimal daromadlarga ega keksa yoshdagilar va nogironlarni pensiya bilan 
ta’minlash uchun qo’shimcha pensiya institutlari tashkil etiladi. Masalan, 
Shvetsiya va Polshada minimal, kafolatlangan pensiya olish huquqi pensiya 
miqdori belgilab qo’yilgan minimal darajaga etmaydigan pensionerlar yoki 
nogironlar uchun beriladi. Shvetsiyada pensionerlarning 30 foizga yaqini 
kafolatlangan, minimal pensiyalar hisobidan qo’shimcha to’lovlar olishadi.
«Soliq tizimi, soliqlar orqali tartibga solish va tarif siyosatini isloh etish 
muhimdir. Davlat soliq imtiyozlarini taqdim etish va fuqarolarga pensiya tayinlash 
borasidagi mas’uliyatni bosqichma-bosqich ixtiyoriy jamg’arib boriladigan pensiya 
ta’minoti tizimiga o’tkazib boradi. Ushbu holat Shveytsariya va AQSh kabi 
mamlakatlar uchun xosdir. Aksariyat mamlakatlar tariflarni oshirish va pensiya 
miqdorini kamaytirish yo’lini tanlashgan. Bunda pensiya miqdorini kamaytirishga 
tariflarni oshirishga nisbatan ustuvorlik berilgan. Misol uchun Germaniyada 2020 
yildan boshlab bosqichma-bosqich 40 yillik sug’urta stajiga ega fuqarolar uchun 


493 
qoplash koeffitsientini 70 foizdan 60 foizga qadar qisqartirish va nodavlat pensiya 
fondlari rolini oshirish ko’zda tutilgan»
246
.
XXI asr boshlanishida qator taraqqiy etgan mamlakatlar jamg’ariladigan pensiya 
tizimi va korporativ pensiya fondlariga qo’shimcha to’lovlarni joriy etish hisobida 
ishlovchilarni mehnat daromadlarini qoplash koeffitsenti miqdorini keskin 
oshirdilar. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida ushbu ko’rsatkich 65.0 %ni tashkil etib, 
go’yoki, fuqaro pensiyaga chiqqanidan so’ng yuqori darajada daromad olib 
yashash imkonini ta’minlanmoqda. Pensiya amaliyotida pensiya tizimini moliyaviy 
barqarorligini ta’minlash va samarali faoliyat ko’rsatishning muhim ko’rsatkichi 
bog’liqlik koeffitsenti hisoblanib, Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyasiga ko’ra bir 
pensionerga to’lov to’layotgan ishlovchilar soni kamida ikki kishi bo’lishi lozim va 
to’lovlar davlatning birdamlik tamoyiliga asoslangan bo’lishi kerak. O’zbekistonda 
esa demografik vaziyat hozirgi kunda yaxshi bo’lib, har bir pensionerga 5-6 
ishlovchi fuqaro to’g’ri keladi. O’zbekistonda pensiya ta’minotining ikkinchi 
darajasi jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti hisoblandi. Mehnat shartnomasi 
asosida faoliyat yurituvchi ish beruvchi va fuqarolar uchun jamg’arib boriladigan 
pensiya tizimida qatnashish majburiy hisoblanadi. Asosiy ish joyidan Xalq banki 
filialiga ish beruvchi buyurtmasiga ko’ra shaxsiy jamg’ariladigan pensiya 
hisobraqami ochiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxs sifatida 
ramiylashtirilmagan dehqon xo’jaliklari a’zolari jamg’arib boriladigan pensiya 
ta’minotida ixtiyoriy qanashadi.
Respublikamizda bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz rivojlanib borishda ijtimoiy 
himoyalash va kafolatlashning kuchli, ta’sirchan mexanizmi yaratildi, ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikka erishildi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti 
infratuzilmasini yaratishning kompleks rejasi besh tamoyilda o’z aksini topdi, 
ijtimoiy hayotning barcha jabhalari qamrab olindi. Bu tanlangan demokratik yo’l 
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj tabaqalariga iqtisodiy madad berish orqali 
fuqarolar osoyishtaligini va millatlararo totuvlikning ta’minlashni, islohotlarni 
246
Vahabov A.V. Milliy pensiya tizimini moliyaviy barqarorligini ta’minlash mexanizmi va amalga oshirish 
dastaklari. O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimining dolzarb muammolari. Vazirlik miqyosidagi 
ilmiy-amaliy anjuman materiallari to’plami. Toshkent. 2017 yil. 24 mart -B.16.


494 
muvaffaqiyatli amalga oshirishning kafolati, pensionerlar va nogironlarga, ya’ni 
bozor iqtisodiyoti sharoitida qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga amaliy 
yordam ko’rsatish, ijtimoiy himoyalash tizimining asosiy yo’nalishi bo’lib qoladi.
“...Mamlakatimizda 60 yoshdan oshganlar soni 2 million 873 mingdan ko’proq 
kishini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida xalqimizning o’rtacha yoshi 1990 yildagi 
67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar o’rtasida esa 75,8 yoshga etdi. Dunyodagi 
kamdan-kam davlatlar qatorida bugungi kunda davlatimiz pensiyaga ajratadigan 
mablag’ning miqdori o’rtacha oylikning 41 foizdan ziyodini tashkil etishi ham 
shundan dalolat beradi»
247
. O’zbekiston sharoitida, yildan-yilga jahon andozalari 
darajasiga yaqinlashib borayotgan davlatimizning ijtimoiy ta’minot sohasidagi 
siyosati haqiqatdan ham xalq manfaatlariini himoyalangan holda, aniq maqsadni 
ko’zlab, amalga oshirilmoqda. 
O’zbekistonda aholini pensiya ta’minoti borasida uzoq maqsadni ko’zlangan 
dastur asosida ishlar olib borilmoqda. Hozirgi davrda dunyoning ko’pgina iqtisodiy 
jihatdan rivojlangan mamlakatlaridagi milliy pensiya tizimlari moliyaviy jihatdan 
chuqur inqiroz holatiga tushib qolgan. U nafaqat ijtimoiy sohada, balki 
davlatlarning siyosiy-iqtisodiy asoslariga ham tahdid solayotgan xavfga aylandi. 
Masalan, XX asr oxirlariga kelib Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan Gretsiya, Ispaniya, 
Portugaliya va Italiya kabi davlatlarda pensiya to’lovlarining o’rtacha miqdori 
pensionerlar ishlab turgan davrdagi o’rtacha oylik ish haqi miqdorining 80-90 
foizini tashkil etadi. Bunday holatda milliy pensiya fondlarida yig’ilgan mablag’lar 
shu kabi katta miqdordagi xarajatlar uchun kamlik qilishi hammaga ma’lum. 
Hukumatlar esa xarajatlarning etishmagan qismini davlat byudjeti hisobidan 
to’ldirib, aholi orasida soxta obro’ qozonishga harakat qildilar. Yildan-yilga o’sib 
boruvchi mablag’lar defitsiti esa, ichki va tashqi davlat qarzlari hisobiga qoplandi. 
Endilikda qarzni to’lov muddati kelgan vaqtda davlat moliya tizimi defolt 
darajasiga kelib qoldi. Gretsiyada pensiyaning o’rtacha mikdori o’rtacha oylikka 
nisbatan 96,0 foiz bo’lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, faol ishchiga ham 
247
Karimov I. Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo’limizni 
qat’iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir. O’zbekiston Respublikasi Prezedenti I. Karimovning 
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq 
so’zi. 2014 yil. 5 dekabr. 


495 
unga qo’shib umuman ishlamayotgan pensionerga ham bir hajmda mablag’ 
berilmoqda

Rossiya Federatsiyasida pensiya tizimini isloh qilish dasturi oxirgi 15 yil 
davomida bir necha marotaba o’zgarib, uning jamg’arib boriladigan qismi bir 
qaraganda davlat byudjeti hisobidan, bir vaqt o’tib, aholining ish haqi hisobidan 
ixtiyoriylik, majburiylik, aralash usullarda amalga oshirilishi belgilandi. 
Mablag’larni fondlar o’rtasidagi taqsimoti esa nazoratsiz chalkash mexanizmlarga 
asoslandi. Natajada mana ikki yildirki, aholiga va’da qilingan jamg’arib boriluvchi 
pensiya fondidagi mablag’lar hukumat qaroriga asosan davlat pensiya fondi 
ixtiyoriga, uning moliyaviy defitsitini qoplash maqsadida olib qo’yilmoqda
.
O’zbekiston Respublikasi pensiya ta’minotining ikkinchi darajasi jamg’arib 
boriladigan pensiya ta’minoti hisoblanadi. Mehnat shartnomasi asosida faoliyat 
yurituvchi ish beruvchi va fuqarolar uchun jamg’arib boriladigan pensiya tizimida 
qatnashish majburiy hisoblanadi. Shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya 
hisobvaraqlari ochish hamda ularni yuritish tartibiga rioya etilishi, shaxsiy 
jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg’arib boriladigan majburiy 
pensiya badallarining to’g’ri va to’liq hisoblab chiqarilishi hamda o’z vaqtida 
to’lanishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi organlari, davlat soliq xizmati organlari va Xalq 
banki tomonidan amalga oshiriladi. 
Jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy jamg’arib 
boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’larga hisoblab chiqarilgan 
foizlardan hamda bunday mablag’lar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki 
oladigan boshqa daromadlardan, jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlaridan, 
shuningdek jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’lari aylanmasidan soliqlar 
va boshqa majburiy to’lovlar olinmaydi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida 
ishtirok etuvchi fuqarolar pensiya to’lovlari oluvchi sifatida jamg’arib boriladigan 
pensiya to’lovlarini qonun hujjatlariga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi 
yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega. Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy 
jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’ida jamg’arilgan mablag’lar qonun 


496 
hujjatlarida belgilangan tartibda merosga o’tadi va merosxo’rga bir yo’la to’la 
hajmda to’lanadi. Fuqaro O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy 
yashash joyiga chiqib ketayotgan bo’lsa, shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya 
hisobvarag’ida jamg’arilgan mablag’lar bir yo’la to’la hajmda to’lanadi. 
To’lovlarni oluvchilar o’zlari mustaqil ravishda belgilaydigan muddat mobaynida 
har oylik jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini olishni yoki jamg’arib 
boriladigan pensiya to’lovlarini bir yo’la olishni tanlash huquqiga ega. 
«O’zbekistonda pensiya fondiga yig’iluvchi va aniq maqsadli ravishda 
sarflanuvchi moliyaviy mablag’lar 1993 yildan beri davlat tomonidan qabul 
qilingan qonuniy-huquqiy me’yorlar asosida amalga oshirib kelinmoqda. Bu 
sohadagi islohotlar ham ma’lum bir dastur asosida bosqichma-bosqich hayotga 
tadbiq etilmoqda. Masalan, yuridik shaxslardan byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasiga undirilayotgan yagona ijtimoiy to’lov miqdori 2000 yilda 37,2 
foizni, 2005 yilda 30,0 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2015 yilda bu ko’rsatkich 24,8 
foizni tashkil qildi.
Xorijiy mamlakatlarning aksariatida jamg’arib boriluvchi pensiya fondlariga 
mablag’lar aholi daromadi evaziga yoki yuridik shaxsning ish haqi fondi hisobiga 
amalga oshirilsa, O’zbekistonda qonunchilikka muvofiq, bu mablag’lar ish 
haqidan davlat byudjeti hisobiga undiruvchi daromad solig’ining bir qismini 
jamg’arib boriluvchi pensiya fondiga aholiga qo’shimcha pensiya mablag’larini 
to’lashning moliyaviy manbasi sifatida har bir ishlovchiga Xalq bankida ochilgan 
shaxsiy hisobvaraqqa o’tkazish usulida amalga oshirilmoqda. O’zbekistonda 
jamg’arib boriluvchi pensiya davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga 
oshirilmoqda va pensiya sohasida olib borilayotgan islohotlar yanada 
chuqurlashtiriladi

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish