Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Актуар экспертиза жараёни боскичлари



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

Актуар экспертиза жараёни боскичлари 
Мониторинг 
тажрибаси
Муаммони
қўйилиши
Масалани 
ҳал 
этилиши
Аввалдан 
тайёргарлик 
босқичи

 12.1. -rasm. Aktuar ekspertiza jarayoni bosqichlari
235

Avvaldan tayyorgarlik bosqichida pensiya islohotlari o’tkaziladigan umumiy 


iqtisodiy, tijorat va ijtimoiy muhit o’rganiladi. Ekspertizani davom ettirish uchun 
muhitning bugungi holati va qaror qabul qilinadigan muddatdagi holatini o’rganish 
zarur. Mazkur ish doirasida aktuar ekspertizaning ayrim asosiy jihatlari yoritilgan. 
Avvaldan tayyorgarlik bosqichi iqtisodiy, tijorat va ijtimoiy, demografik muhitni 
o’rganishdan iborat. Muammoning qo’yilishi
 
bosqichining asosiy mazmuni 
sug’urtalash jarayonida qatnashuvchi barcha ishtirokchilar faoliyatidagi 
tavakkalchilikni baholash va identifikatsiyalash, tahdid va tavakkalchiliklarga 
ta’sirini o’tkazuvchi omillar, risklarni kamaytirish imkoniyatlari o’rganiladi. 
Risklarni tahlil qilish natijalariga ko’ra, ekspertiza vazifalari aniqlashtiriladi va 
olinadigan natijalarini baholash mezonlari belgilanadi. 
Risklarni tahlil etish tarkibiga quyidagilar kiradi. Pensiya sug’urtasi 
sub’ektlarining tahdidlarini identifikatsiyalashtirish. Sug’urtalashning istalgan 
235
Pensionnaya sistema Respubliki Moldova: aktuarnaya ekspertiza. Pod red. V.N.Baskakova. Moskva: RIA 
«Sotsialnoe i pensionnoe straxovanie». 2007. –S.125. 


478 
turida sub’ektlardan biri bo’lib doimo fuqarolar qatnashadi. Davlat pensiya 
ta’minotini tahlil etishda ikkinchi sub’ekt davlat qatnashadi
236
.
Pensiya tizimi ekspertizasini o’tkazishda fuqarolar va davlat riski asosiy bo’lib 
hisoblanadi. Boshqa tomonlar riski ularning davlat va fuqarolarga ta’siri nuqtai 
nazaridan, u yoki bu qarorlarni qo’llash imkoniyatlarining cheklanganlik nuqtai 
nazaridan ko’rib chiqiladi; tahdidlarga o’z ta’sirini o’tkazuvchi omillar aniqlanadi, 
tahdidlar avvaldan baholanadi, risklarni ko’rib chiqish va ularni sub’ektlar orasida 
taqsimlanadi. Ekspertizani o’tkazish vaqtida risklar yoki tahdidlar va ularga 
o’tkaziladigan ta’sir usullari uzoq muddatga mo’ljallanib ko’rib chiqiladi. 
Xorijiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha, «xususiy pensiya tizimi»ni qayta 
moliyalashtirish pensionerlarni yuqori riskdan saqlaydi. «Xususiy pensiya 
tizimi»ga xizmat kiluvchi maqsadli fond obligatsiyasining riskliligi bu - 
investitsiya va vaqt riskliligi bo’lib, bu pensiya riskliligiga o’xshab ketadi»
237
 
«Tekshiruvga auditorlik tashkilotlari va (yoki) ekspertlar jalb etilgani taqdirda
nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan nazorat qiluvchi organ va 
auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspert o’rtasidagi shartnomaning ko’chirma nusxasi 
albatta taqdim etiladi. Shartnomada auditor va (yoki) ekspertning familiyasi, ismi, 
otasining ismi, ish joyi va lavozimi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Auditor va (yoki) 
ekspert xulosasining to’g’riligi va uning Qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun 
auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspertning javobgarligi tuziladigan shartnomaning 
zaruriy sharti hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvlari va ekspertizalarni o’tkazish 
xarajatlari nazorat qiluvchi organlar hisobiga amalga oshiriladi»
238

Mamlakatdagi pensiya tizimida aktuar ekspertizani o’tkazishdagi asosiy vazifa 
tomonlarning pensiya tizimi ishini baholashdan iborat. Masalani hal etish 
bosqichida aktuariy mavjud modellarni bizning oldimizga qo’yilgan vazifalarni 
236
Qarang. Pensiya tizimini ishlab chiqish xususida gap borganida, asosiy vazifa – tomonlar risklarini pasaytirish 
imkonini beruvchi echimlarni qidirishdan iborat. Ekspertizani o’tkazishdagi asosiy vazifa risklarni baholash va 
zarurat tug’ilganida tizimni takomillashtirish masalasini ko’rib chiqishdir.Ekspertizaning muhim qismi 
qonunchilikni aniqlashtirish hisobiga riskni pasaytirishdir. 
237
Jun Peng. State and Local Pension Fund Management –USA.: «Auerbach Publications». 2008. –R.215. 
238
O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish 
to’g’risida»gi Qonuni. 1999 yil 24 dekabr.


479 
echish uchun qo’llash imkoniyatlarini o’rganib chiqadi, zarurat tug’ilganida esa 
ularni o’zgartiradi va yangisini ishlab chiqadi. Bundan keyin aktuariy mavjud 
boshlang’ich ma’lumotlarni tahlil etadi. Ko’pincha, noodatiy usullardan 
foydalanadi, chunki kelajakni prognozlash, aniq qiymatlar berishning imkoni 
mavjud bulmaydi, boshqa model ko’rsatkichlarining qiymatlarini belgilaydi. 
Aktuar ekspertizaning yakuniy bosqichi pensiya tizimi bilan bog’liq ko’rsatkichlar 
monitoringidir. 
Mazkur 
bosqichda 
tizim 
faoliyat 
yuritishining 
amaldagi 
tajribasini 
umumlashtirish va taklif etilayotgan tajriba bilan solishtirishdan iborat. Monitoring 
natijalari vazifani qo’yilishini aniqlashtirish va uni echish usulini aniqlash 
imkonini beradi. Natijada ekspertiza ishtirokchilari yuqorida keltirilgan ish 
bosqichlarini aniqlashtirishga qaytadilar va aktuar nazorat jarayoni yakunlanadi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish