Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Inson salohiyatini rivojlantirish indeksi (ISRI)



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

Inson salohiyatini rivojlantirish indeksi (ISRI) 
ishlab chiqildi. Inson salohiyatini rivojlantirish indeksi har yili turli
 
mamlakatlarda 
turmush darajasi, savodxonlik, ta’lim, umr ko’rish davomiyligi kabi inson 
salohiyatining asosiy xususiyatlarini o’lchash va taqqoslash uchun har yili hisoblab 
chiqiladi. Mazkur indeks BMTning Rivojlanish dasturi doirasida inson salohiyatini 
rivojlantirish to’g’risidagi hisobotlarda e’lon qilinadi. 
O’zbekistonda ijtimoiy rivojlantirishning miqdor va sifat xususiyatlarini 
ifodalaydigan ko’rsatkichlarning umumlashtirilgan tizimi ishlab chiqilgan va ilmiy 
jihatdan asoslangan: 

inson salohiyatini rivojlantirish indeksining tabaqalashish koeffitsienti. U tahlil 
etilayotgan mamlakatlar, mamlakat mintaqalari, ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishidagi farqlar darajasini ko’rsatadi; 


471 

salomatlik (uzoq umr ko’rish) indeksining tabaqalanish koeffitsienti. U bir 
mamlakat, mintaqadagi aholining salomatligi boshqalarga nisbatan qanday 
ekanligini ko’rsatadi; 

ta’lim indeksining tabaqalanish koeffitsienti. Mazkur ko’rsatkich bir mamlakat 
(mintaqa yoki tadqiqotning boshqa ob’ekti) aholisi ta’limining darajasi boshqa 
mamlakat aholisinikiga qaraganda qanchalik yuqoriligini aks ettiradi; 

daromadlar indeksi tabaqalanishining koeffitsienti. U tahlil etilayotgan 
mamlakatlar yoki mintaqalar iqtisodiy tabaqalanishi darajasini aniqlab beradi; 

o’lim indeksining tabaqalanish koeffitsienti. U taqqoslanayotgan mamlakatlar 
yoki mintaqalar aholisi salomatligi o’rtasidagi farq ko’rsatkichi hisoblanadi; 

kasb ta’limi darajasi tabaqalanishining koeffitsienti. U orqali tadqiq 
qilinayotgan mamlakatlar yoki mintaqalarda aholining ta’limning ikkinchi yoki 
uchinchi bosqichi bilan qamrab olinishi darajasi o’rtasidagi farqlarni ifoda 
etadi. 
Evrokomissiya hisob-kitoblariga ko’ra, 2060 yilga kelib, Evropa Ittifoqi 
mamlakatlarida kutilayotgan umr kurish davomiyligi tug’ilish ko’rsatkichlarining 
pasayib borishi bilan uyg’unlikda aholining iqtisodiy faol va faol bo’lmagan 
qatlamlari nisbatining 2,7 dan 1,0 gachadan 1,4 dan 1 gacha kamayib borishiga 
olib keladi. Oxir-oqibatda aholining nihoyatda kamayib ketgan mehnatga layoqatli 
guruhi sezilarli tarzda ko’paygan nofaol aholini boqishiga to’g’ri keladi. Bunday 
o’zgarishlar arafasida va mehnat unumdorligining hozirgi darajasida shu kundagi 
pensiya yoshini, badallar va nafaqalar miqdorini saqlab qolishning iloji yo’qdek 
tuyuladi. Shunday ekan, ijtimoiy xarajatlarni o’zgartirishga to’g’ri keladi. Ushbu 
holatni XXI asr boshlarida juda ko’p mamlakatlarda kuzatish mumkin. Bundan 
tashqari, aholining qarib borishi bilan surunkali kasalliklarga chalinganlarning soni 
ham ortib boradi, ular uzoq muddatli parvarishni talab etadi, bularning qiymati 
ham o’sib boradi. Ko’pgina mamlakatlarda texnik taraqqiyot, farovonlikni 
yuksalishi va demografik qarish sog’likni saqlash xarajatlarining o’sishiga olib 
keladi.


472 
Evropa mintaqasida ijtimoiy ta’minot institutlarining xizmatlariga bo’lgan talab 
va ehtiyoj ortib bormoqda. Bunday extiyoj olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy 
siyosat va maqsadli dasturlarni isloh qilishda, aholi daromadlarini inflyatsiyadan 
himoyalashda namoyon bo’lmoqda. Quyidagi ma’lumotlar Evropa mintaqasida 
ijtimoiy ta’minot tizimini muhim strategik ahamiyatga ega ekanligini belgilaydi: 

Evropa mintaqasi aholisining umumiy soni milliardga yaqinlashib 
bormoqda, ularning 500 millioni Evropa Ittifoqining 27 mamlakatlarida 
yashaydi; 

Evropa mintaqasida 60 yoshdan katta yoshlilar guruhi aholining taxminan 22 
foizini tashkil qiladi; 

Evropa Ittifoqi mamlakatlari sog’liqni saqlash bilan birgalikda ijtimoiy 
himoya maqsadlarida YaIMning o’rtacha 27 foizini sarflaydilar. Evropa 
Ittifoqiga a’zo bo’lmagan mamlakatlarda ijtimoiy himoya uchun xarajatlar 
YaIMning o’rtacha 13foizini tashkil qiladi; 

Evropa Ittifoqi mamlakatlarida ijtimoiy himoya tizimi sug’urta badallari 
(59,0 foiz) va soliq tushumlari (38,0 foiz) hisobidan moliyalashtiriladi; 

G’arbiy Evropa mamlakatlarida aholini ijtimoiy ta’minot dasturlari bilan 
deyarli to’liq qamrab olishga muvaffaq bo’lingan. 
Evropa mintaqasidagi mamlakatlarning aksariat qismida sog’liqni saqlash tizimi 
kuchli rivojlangan. Shunday bo’lsa-da, moliyalashtirishning etarli emasligi tufayli 
ba’zi davlatlar aholining sog’liqni saqlash dasturlari bilan deyarli to’liq qamrab 
olinishini ta’minlashda va bir xil sifatga ega tibbiy xizmatlar takdim etishda kator 
qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mintaqada sog’liqni saqlash uchun sarflangan 
xarajatlar Frantsiya va Shvetsiyada YaIMning 11,0 foizi teng.
Ijtimoiy ta’minot va bandlik sohasidagi siyosatdan mehnat bozorida katta 
miqdordagi ish o’rinlarini nafaqat yaratish maqsadida, balki, ularning sifatini 
yaxshilash uchun faol harakatlar vositasi sifatida ham foydalaniladi. Shunisi 
e’tiborga loyiqki, 1960 yildan 2000 yilgacha o’rtacha kutilayotan umr ko’rish 
davomiyligi Evropa Ittifoqi mamlakatlarida to’rt yilga o’sdi. Boshqa tomondan, 
Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida ham sobiq Ittifoqda o’tgan asrning 


473 
90- yillarida aks holat kuzatildi, ya’ni umr kurish uzoqligi, ayniksa, erkaklar 
o’rtasida qisqardi. 2000-2060 yillar davomida Evropa Ittifoqi mamlakatlarida 
o’rtacha kutiladigan umr ko’rish davomiyligi erkaklar uchun 8,5 yil va ayollar 
uchun 6,9 yilga uzayishi taxmin qilinmoqda. Biroq, tug’ilish ko’rsatkichlari aholini 
takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan bir ayolga ikkita bola to’g’ri keladigan 
belgidan sezilarli tarzda tushib ketdi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida eng yukori 
tug’ilish ko’rsatkichlari Frantsiya va Irlandiyada kuzatildi. Bu erda tug’ilish 
ko’rsatkichlari bir ayolga 2,0 ta bola to’g’ri keladi yoki undan kamroq. Biroq, 
Evropa mamlakatlarining katta qismida bir ayolga bitta bola to’g’ri keladi. Shu 
o’rinda ta’kidlash joizki, Tojikistonda tug’ilish ko’rsatkichi bir ayolga uchta bola, 
Qirg’iston, Qozog’iston, Turkmanistonda taxminan bir ayolga ikki bola to’g’ri 
keladi. 
Globallashuv ijtimoiy ta’minot tizimi uchun nafaqalar qamrovining qisqarishiga 
va muvofiqligining pasayishiga sabab bo’ladi. Hukumat biznes uchun maqbul 
sharoitlarini yaratishga intilgan holda, ish beruvchilarning ijtimoiy sug’urta 
tizimlariga ajratadigan badallar miqdorini qisqartiradi yoki pasaytiradi. Ayni 
paytda, globallashuv bog’liq ravishda vaqtinchalik ish haqiga ega xodimlarining 
ijtimoiy himoyaga ehtiyoji o’sib boradi. Evropa Ittifoqi mamlakatlari bu masalani 
o’zgaruvchan mehnat bozorlari bilan yuqori darajali ijtimoiy himoyaning 
uyg’unligini nazarda tutuvchi «moslanuvchan ijtimoiy himoya» kontseptsiyasini 
ishlab chiqqan holda hal etishga harakat qilmoqda.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish