Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Пенсия жамғармаси маблағларидан мақсадли



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

Пенсия жамғармаси маблағларидан мақсадли
фойдаланилиши юзасидан ўтказиладиган назорат 
тадбирлари
• Пенсия ва нафақаларни тайинлаш ва қайта ҳисоблашнинг, шунингдек
конун ҳужжатларида назарда тутилган имтиёзларни қўллашнинг 
тўғрилиги, шу жумладан, фуқароларнинг пенсия йиғма жилдларидаги
бошланғич ҳужжатларнинг тўлиқлиги ва ишончлилиги юзасидан
• Пенсия, нафақаларни ишловчи пенсионерлар бўйича корхона, ташкилот
ва бошқа хўжалик юритувчи субъектларга тўғри молиялаштирилиши ва
тўланиши юзасидан
• Пенсионерларга пенсия ва нафақаларни тўғри ҳисобланиши, маълумотларни
компьютер базасига тўғри киритилиши, пенсионерларга банк, почта алока
тармоклари томонидан пенсия, нафақаларни ўз вактида нақд пул билан
таъминланиши ва тўланиши тўғрилиги юзасидан
8.1.-rasm. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’laridan 
maqsadli foydalanilishi yuzasidan o’tkaziladigan nazorat tadbirlari 
134
 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi 
tomonidan tasdiqlangan ish rejasi
 a
sosida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi 
mablag’laridan maqsadli foydalanishi yuzasidan nazorat tadbirlari o’tkazildi (-
rasm).
Axborot texnologiyalari pensiya sohasida samaradorlikni oshirilishi, tezkor va 
aniq hisobotlar shakllanishi, pensiya tayinlanishi va to’lanishida inson omilini 
kamaytirish orqali jamg’arma mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan 
134
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan o’tkaziladigan taftish 137-sonli 
yo’riqnomasi. 2013 yil. 27 sentyabr. 
 


299 
nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi. Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) 
bo’limlari faoliyatiga doir tahliliy materiallariga muvofiq, Toshkent shahri 
bo’yicha 2015 yil davomida 306702 nafar pensiya va nafaqa oluvchilarga jami 
1750,2 mlrd. so’m pensiya va nafaqalar to’landi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2015 yil 14 apreldagi PF-4715-sonli Farmoniga asosan, 75 yoshga 
to’lgan 601 nafar pensionerlar bo’yicha 1 600,7 mln. so’mlik ortiqcha to’lovlar 
hisobdan chiqarildi
135
. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi bo’yicha 591 
nafar nogironlariga to’langan 3139,9 mln. so’m pensiya xarajatlari 460 ta 
korxonalardan regress da’vo tartibida undirildi. O’zbekiston Respublikasining 
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunining 12-moddasi 
“b”-“j” bandlariga asosan to’langan pensiyalar xarajatlarini Pensiya jamg’armasi 
hisobiga qoplash bo’yicha soliq idoralari bilan hamkorlikda 2015 yil davomida 315 
ta korxonalardan 6 372,8 mln. so’m mablag’ jamg’arma hisob raqamiga qoplandi. 
Hozirgi kunga kelib, 117 ta tuman (shahar) bo’limida o’tkazilayotgan 
mazkur tekshiruvlar avval tayinlangan pensiya ishlarining 35,0 foizini qamrab 
olgan bo’lib, ularning 10,0 foizida pensiya va nafaqalarni asossiz tayinlanishi va 
to’lanishi yuzasidan ko’plab qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bugungi kunda 
pensiya jamg’armasini texnik modernizatsiya qilish masalasiga ustuvor vazifa 
sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, eng avvalo, pensiya va nafaqa 
oluvchilarning ishonchli himoyalangan yagona markazlashgan ma’lumotlar 
bazasini shakllantirish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan axborot tizimini 
takomillashtirish ishlari jadal olib boriladi.
Pensiya 
jamg’armasining 
moliyaviy 
barqarorligini 
mustahkamlashda 
quyidagilarga alohida e’tibor qaratish kerak. O’zbekistonda demografik 
omillarning chuqur tahlili asosida aholi yoshi tarkibining o’zgarishlari bo’yicha 
uzoq yillik prognozlarni ishlab chiqish va shu asosda pensiya tizimini isloh qilish 
strategiyasini belgilab olish zarur. Bu esa istiqbolda pensiya tizimida daromadlar 
va xarajatlar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nomutanosibliklarni oldini 
olishga hamda tizimning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlashga imkon beradi va 
135
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalarining Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) 
bo’limlari faoliyatiga doir tahliliy materiallari. 


300 
shu orqali jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etadi. Sug’urta badallari 
bo’yicha tushumlar hajmi Pensiya jamg’armasi daromadlari hajmining o’sishiga 
to’g’ridan-to’g’ri bog’liq va bozor iqtisodiyotida bu bog’liqlik katta ahamiyatga 
ega. Shuning uchun Pensiya jamg’armasi daromadlari barqarorligini ta’minlashda 
sug’urta badali to’lovi bo’yicha tushumlar miqdorini ko’paytirish eng muhim 
omillardan sanaladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining daromadlarini 
ko’paytirish bilan birga mablag’larning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni 
kuchaytirish va uning monitoringini samarali tashkil etish zarur. 
 
Axborot 
texnologiyalari 
asosida 
Pensiya 
jamg’armasining 
moliyaviy 
barqarorligini mustahkamlashda birinchidan, fuqarolarning majburiy va ixtiyoriy 
sug’urta badallariga asosiy e’tiborni qaratish zarur. Ularning stavkalarini oshirib 
borish siyosatini davom ettirgan holda pirovardida hisoblab chiqariladigan pensiya 
miqdorini ishlovchining to’lagan sug’urta badaliga bog’liqligini ta’minlash va shu 
orqali mazkur manbadan tushumlar miqdorini oshirish hamda iqtisodiy adolatni 
ta’minlash lozim. Ikkinchidan, aholini pensiya tizimiga jalb etish qamrovini 
kengaytirish, ularni Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lanish tizimini 
takomillashtirib borish lozim. Bu borada mamlakatimiz va chet elda norasmiy ish 
bilan band bo’lgan fuqarolarni pensiya tizimiga jalb etish zarur bo’ladi. Buning 
uchun ommaviy axborot vositalari, vaqtli matbuot va televidenie orqali aholini 
pensiya tizimiga jalb qilish va istiqbolda undan manfaatdorligini ta’minlashga 
qaratilgan keng qamrovli targ’ibot-tashviqot ishlarini olib boriladi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish