Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Pensiya ta’minotida xavfsizlik va nazoratning ijtimoiy-iqtisodiy



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

9.2.Pensiya ta’minotida xavfsizlik va nazoratning ijtimoiy-iqtisodiy 
zaruriyati
Davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashdan ko’zlangan asosiy maqsad
inqirozlar sharoitida moliya-bank, pul-kredit, ijtimoiy-iqtisodiy soxadagi davlat 
institutlari va sub’ektlari faoliyatini barqaror ishlashini ta’minlashga qaratiladi. 
Byudjet-soliq sohasi mamlakat moliyaviy xavfsizligining asosiy elementi 
hisoblanadi, moliya tizimi mustahkamligi shu sohaga chambarchas bog’liq. 
Shuning uchun byudjet ijrosi ko’rsatkichlari davlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
darajasini xarakterlovchi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar qatoridan joy olgan. 
Davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlash masalalaridan eng muhimi moliya tizimi 
(davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa moliyaviy institutlar) 
faoliyati barqarorligi, ushbu tizimning davlat ichki va tashqi funktsiyalarini 
bajarishi uchun etarli moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlay olishi hisoblanadi. 
Davlatlar tomonidan inqiroz davrida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashni umum 
belgilangan tartibdagi instituttsional mexanizmlari mavjud emas, balki mavjud 
taxdidlar va xavf-xatarlarni inobatga olgan xolda, davlat doktrinalari
kontseptsiyalari, chora-tadbirlari va dasturlarini qabul qilish hamda davlat siyosati 
darajasida ma’lum strategiyalarni belgilash va amalga oshirish orqali ta’minlanadi. 
Kutilaѐtgan taxdidlar yo’nalishini aniqlash, xavf-xatarlar me’yorini o’lchashda eng 
muxum mezonlar sifatida makroiqtisodiy indikatorlar, iqtisodiy ko’rsatkichlar 
o’sishini tahlil etish va optimal darajasini belgilash, davlat tashkilotlari va 
mutasaddi idoralarning davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashdagi aniq vazifa 
va majburiyatlarini belgilash davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashning kafolati 
hisoblanadi. 
Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning 
barcha tomonlarini izchil isloh etish, jamiyatimizni demokratik yangilash va 
modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. 
Respublikamizda amalga oshirilgan tadbirlar qatorida bank, moliya, byudjet, 
g’aznachilik, pensiya tizimini mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. 


318 
Byudjet ijroning samaradorligi uchun byudjet tasnifidan keng foydalaniladi. 
Byudjet tasnifi bo’yicha berilgan xarajatlar rejasi to’g’risidagi axborotlar yil bo’yi 
xarajatlar tendentsiyasini va xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan 
qo’shimcha ehtiyojlarni aniqlashga yordam beradi. Shunday sharoitda davlat 
byudjetidan samarali foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatishi bilan birga mamlakat ichida iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni yuzaga 
kelishini ta’minlaydi. Har qanday mamlakatda oqilona yuritilgan byudjet siyosati 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi va davlat byudjetini 
boshqarishning takomillashtirilishiga olib keladi.
 
O’zbekiston Respublikasida o’tgan asrning 90-yillarigacha byudjet jarayonini 
tashkil qilish ishlarida risklarni tartiblash elementlariga e’tibor qaratilmadi. 
Iqtisodiy-ijtimoiy tizimni transformatsiyalash, moliyaviy institutlarning moliyaviy 
faoliyatini o’zgartirish, iqtisodiy, moliyaviy va byudjet munosabatlarida risklarni 
to’g’ri boshqarishni zarur qilib qo’ydi. Hozirgi sharoitda mamlakatning iqtisodiy 
barqarorligini ta’minlashda byudjet tizimini barqarorligini ta’minlash va risklarini 
tartiblash muhimdir. Bugungi kunda davlat moliyasini boshqarish jarayonlarini 
takomillashtirishni amalga oshirish, davlat moliyasi mablag’larini boshqarishda 
risklarni kamaytiradigan chora-tadbirlarni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.

Inqiroz – kutilmagan darajada jamiyatning barcha jabhalariga zarar 


keltiradigan va yangicha faoliyat yuritishga undaydigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy 
voqeadir. Moliyaviy inqiroz ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlari keskin 
pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik, pensiya ta’minoti va ijtimoiy-iqtisodiy 
sohada qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. 2009 yilda boshlangan jahon 
moliyaviy inqirozining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’siri kuchli bo’ldi. 
«…Tahlilchilarning qayd etishicha, ishsizlik darajasining o’sishi kutilmoqda va bu 
aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi tabiiy»
145
.
O’zbekistonga jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini jiddiy bo’lmaganligini 
qo’yidagi omillar bilan izohlanadi: 

O’zbekistonda moliya, byudjet, bank, soliq, pul-kredit tizimi, iqtisodiyotning 
145
Karimov I. A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. -T.: 
O’zbekiston. 2010. –B. 80.
 


319 
real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini 
ta’minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur 
resurslar bazasining mavjudligi; 

ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-
bosqich amalga oshirish yo’lini tanlanganligi;

davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligini 
aniq belgilab olinganligi; 

aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda 
narxlar indeksini asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir chora-
tadbirlarning amalga oshirilganligi; 

moliya, soliq va bank tizimining barqaror va ishonchli ekani, ularning nazorat 
mexanizmi qanchalik kuchliligi;

oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi bilan izohlanadi. 
Jahon mamlakatlarini qamrab olgan global moliyaviy inqiroz dunyoning deyarli 
barcha mamlakatlari, jumladan, Evropa mamlakatlaridagi davlat pensiya fondlari 
byudjetlariga salbiy ta’sir o’tkazdi. Quyidagi rasmda jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozning pensiya tizimiga ta’siri ko’rsatilgan.


320 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish