Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.1.-rasm. Davlat moliyasining tarkibiy tuzilishi 
Davlat moliyasining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning 
ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biri 
hisoblanadi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan zamonaviy 
davlat moliyasini barpo etish boshlangan. Bu mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan 
juda keskin o’zgartirishlar sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida davlat 
Давлат 
мақсадли 
жамғар- 
малари
 
Давлат 
бюджети 
Давлат 
 кредити 
Давлат 
корхона 
лари 
 молияси 
Давлат 
молиясининг 
таркибий тузилиши 


312 
moliyasining asosiy vazifalarini ham belgiladi. Bunda mamlakat iqtisodiyotini 
xo’jalik yuritishning bozor sharoitlariga moslashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy 
barqarorlikni 
ta’minlash va milliy iqtisodiyotda investitsion faollikni 
rag’batlantirish alohida o’rin egallaydi . 
9.2.-rasm. Moliyaviy xavfsizlikning asosiy tuzilmaviy bo’g’inlari
Davlat moliyaviy xavfsizligi - milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, moliya 
siyosatini amalga oshirilishidan iborat. Davlatning iqtisodiy xavfsizligini 
ta’minlash masalalari tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bu qonun 
hujjatlarida davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasining maqsadi 
va ob’ektlari, iqtisodiy xavfsizlikka putur etkazishi mumkin bo’lgan tahdidlar 
tavsifi keltiriladi. Iqtisodiy xavfsizlik talablariga mos keluvchi iqtisodiyot 
holatining mezonlari va ko’rsatkichlari tizimi shakllan-tiriladi. Zamonaviy 
Давлат қарзи (ички ва ташқи) 
Молиявий хавфсизликнинг асосий тузилмавий 
бўғинлари 
Тўлов баланси 
Молия бозори 
Маҳаллий бюджетлар 
Давлат бюджети 
Уй хўжалиги молияси 


313 
iqtisodiyotni moliya instrumentlarining ustuvor o’rnini hisobga olgan holda, 
moliyaviy 
dastaklardan 
foydalangan 
holda, 
moliya 
mexanizmi 
orqali 
boshqariluvchi iqtisodiyot sifatida tavsiflash mumkin.
Hozirgi sharoitda moliyaviy xavfsizlik mamlakat iqtisodiy xavfsizligining eng 
muhim elementlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki davlat moliyasi, jahon 
moliya tizimining milliy iqtisodiyotga ta’siri o’zgarmoqda. Davlat moliyaviy 
xavfsizligini ta’minlashning asosiy vazifasi – davlat siyosati va moliya tizimi 
samaradorligini oshirish hisoblanadi. Davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar, moliya 
bozori, davlatning ichki va tashqi qarzi, to’lov balansi, uy xo’jaligi moliyasi 
moliyaviy xavfsizliknng asosiy bo’g’inlari hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan moliya siyosatining mexanizmi va 
chora-tadbirlari aks ettiriladi. Tegishli davlat idoralari zimmasiga mamlakat 
iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mezonlarining sifat va miqdor ko’rsatkichlarini 
belgilash, iqtisodiy xavfsizlikka putur etkazuvchi tahdidlarning keltirib chiqaruvchi 
omillar monitoringini amalga oshirish, moliyaviy risklarning vujudga kelishi 
sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf etishning optimal yo’llarini ishlab 
chiqish vazifalari yuklanadi.
«Xavfsizlik masalasiga yuqorida keltirilgan iqtisodiy tuzilmalar darajasida qarash 
kerak bo’ladi. Milliy iqtisodiyot makroiqtisodiyot sifatida mikroiqtisodiyot 
faoliyatining yakuni hisoblanadi, chunki u turli firmalar, ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish sektorlari, uy xo’jaliklaridan iborat. Bu tuzilmalarning 
xavfsizligi bozor tizimida iqtisodiy xavf-xatarning mavjudligidan kelib chiqadi. 
Iqtisodiy xavf-xatarga sub’ektlar, jamg’armalar, firmalar, uy ho’jaliklari va davlat 
duch keladi. Shu sababli ular xavfsizligini ta’minlash muammosi paydo bo’ladi. 
Milliy iqtisodiyotning xavfsizligi bu milliy takror ishlab chiqarishning yoki 
makroiqtisodiy doiraviy aylanishning uzluksiz borishini bildiradi»
143

Sohaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash tizimini ishlab chiqishning asosini 
ma’lum kontseptsiya tashkil etadi. Kontseptsiya iqtisodiy xavfsizlikni 
ta’minlashning maqsadi, vazifalari, faoliyat tamoyillari, ob’ekti va sub’ekti, 
143
Qobilov Sh. Iqtisodiy xavfsizlik va uning sub’ektlar ko’lamidagi ta’minlash darajalari. \\ Moliya. Toshkent. 2016. 
№5. –B.90-91.


314 
strategiya va taktikani o’z ichiga oladi. Mazkur tizimning maqsadi ishlab chiqilgan 
va amalga oshirilayotgan iqtisodiy-huquqiy va tashkiliy tasnifga ega bo’lgan 
chora-tadbirlar majmui asosida xo’jalik sub’ektining iqtisodiy, moliyaviy, moddiy, 
axborot resurslari hamda kadrlar holatiga bog’liq, ichki va tashqi xavflarni 
nihoyatda kamaytirishdan iborat. Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy 
xavfsizlikni ta’minlashda xavfsizlik tizimining poydevori bo’lib hisoblanuvchi 
iqtisodiy-huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar katta ahamiyatga ega. Belgilangan 
maqsadga erishish jarayonida xavfsizlikni ta’minlashning barcha yo’nalishlarini 
birlashtiruvchi muayyan vazifalar amalga oshiriladi. Xo’jalik sub’ekti uchun 
iqtisodiy xavfsizlikka tahdidni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 
barcha yo’qotishlar (tashkiliy risk, axborot riski) pirovard natijasida aynan 
iqtisodiy yo’qotishlarda, ya’ni moliyaviy mablag’larni yo’qotishda ifodalanadi.
Mamlakatning moliyaviy xavfsizligiga tahdid soluvchi omillarni shartli ravishda 
tashqi va ichki omillar sifatida tasniflash mumkin. Ichki tahdidlar asosan, davlat 
byudjetida moliyaviy nazoratining talab darajasida yo’lga qo’yilmaganligi, tijorat 
asosida 
faoliyat 
yurituvchi 
korxonalarda 
moliyaviy 
xavfsizlik 
tizimi 
rivojlanmaganligi, moliya tizimining takror ishlab chiqarishni ta’minlash, davlat 
qarziga xizmat ko’rsatish darajasi pastligi, moliya siyosatining zamon talabiga 
javob bermasligi, pul-kredit siyosatining risklilik darajasi yuqoriligi, monopol 
sohalarda narxlarni nazorat qilish tadbirlarining talab darajasida emasligi, ko’plab 
moliya muassasalarining nobarqarorligi va samaradorligi talab darajasida 
emasligida namoyon bo’ladi.
«Tahdidlarning turlari bilan bog’liq bo’lgan bir qator tushunchalarga aniqlik 
kiritish talab etiladi. Iqtisodiy xavfsizlik tahlil etilganda ichki va tashqi tahdidlar 
bo’lishini, ularning kuchi va nisbatini, qaysi yo’nalishda xavfsizlik yaratishini 
inobatga olish zarur bo’ladi. Iqtisodiy tahdid deganda, xavf-xatarning iqtisodiyotga 
salbiy ta’siri tushuniladi. Xavf-xatarlar tabiati jihatidan ob’ektiv va sub’ektiv 
bo’ladi. Ob’ektiv – bu iqtisodiy va tabiiy shart-sharoit hosil qilgan xavf-xatardir. 
Iqtisodiy siyosatda yo’l qo’yilgan xatolar yuzaga keltiradigan xavf-xatarlar 
sub’ektiv xavf-xatar hisoblanadi. Iqtisodiy tahdidlarni turkumlashda ularning 


315 
mazmuni, manbalari, miqyosi, qanday aniqlanishi va oqibatlariga alohida e’tibor 
qaratish lozim. Bunda ehtimolli va real tahdidlar alohida o’rin tutadi, iqtisodiy 
xavfsizlikka makro va mikro darajada qarash ham g’oyat muhimdir»
144

Mamlakatning moliyaviy xavfsizligiga ta’sir qiluvchi tashqi tahdidlar qatorida 
quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 

iqtisodiy aloqalar va milliy moliya bozorlarining integratsiyalashuvi; 

jahon ho’jaligi baynalminallashuvi jarayonlarining jadal sur’atlar bilan 
globallashuvi;

jahon moliya bozorini tartibga solishning nisbatan susayganligi;

jahon iqtisodiyotiga rivojlanayotgan mamlakatlar kirib borishi hisobiga jahon 
moliya tizimining kengayib borishi;

moliyaviy vositalarning turli-tumanligi va yuqori darajada o’zgaruvchanligi;

davlatlar ichki va tashqi siyosatining o’zaro bog’liqligi; 

jahon moliya tizimi holati va o’zgarishlarga ta’sirchanligi,

iqtisodiyot sohalarida raqobat kurashining kuchayib borishi;

milliy iqtisodiyot, moliya va byudjet tizimining xorijiy qisqa muddatli 
spekulyativ kapitalga bog’liqligi;

jahon moliya tizimi nobarqarorligining global tarzda kuchayib borishi, 
iqtisodiy krizislar tahdidining vujudga kelishi; 

xalqaro moliya institutlarining tahdidlar va xatarlarni oldini olish 
imkoniyatlariga to’liq ega emasligi.
Davlat organlari tomonidan moliya tizimiga tahdid solayotgan omillarni 
bartaraf etish, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash, nafaqat moliya tizimi, balki u 
bilan bog’liq bo’lgan davlat boshqaruvi barcha bo’g’inlarining samarali faoliyat 
yuritilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirishi zarur bo’lgan vazifalari sifatida 
tavsiflanadi.
Moliyaviy xavfsizlik davlat boshqaruvi organlarining quyidagilarni ta’minlay 
olish imkoniyati bilan belgilanadi: 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish