297
va qabul qilinishini ishlab chiqilgan elektron raqamli imzo asosida tashkil
etish hamda vakolatli organlar tomonidan qarzdorliklarning to’lov
muddatlarini uzaytirish hisobidan chiqarish bo’yicha imtiyoz berilgan
korxonalar ustidan monitoring olib boriladi.
3.
Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va
sotishdan tushgan pul mablag’larini to’liq va o’z vaqtida byudjetga tushishini
nazorat kilish dasturi. Ushbu dastur davlat daromadiga o’tkazilgan mol-
mulkni hisobga olish, baholash, ekspertizadan o’tkazish va sotishdan tushgan
mablag’larni byudjetga to’liq va o’z vaqtida
tushishini nazorat qilish,
qonunbuzarlardan olingan tovar-moddiy boyliklarning harakati to’g’risida
to’liq ma’lumotga ega bo’lish, qonunbuzarlikka yo’l qo’ygan shaxslar hamda
fuqarolar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish maqsadlarida ishlatiladi. Mazkur
dastur bo’yicha ma’lumotlar bir xilligini hamda axborot almashinuvi
tezkorligini ta’minlash maqsadida huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan
o’zaro elektron axborot almashinuvini yo’lga qo’yiladi.
4.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o’tkazilgan tekshiruv ma’lumotlari
dasturi. Ushbu dastur orqali davlat soliq xizmati va boshqa vakolatli nazorat
qiluvchi organlar tomonidan o’tkazilgan tekshiruv natijalari bo’yicha
avtomatlashtirilgan yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Ushbu
dasturiy mahsulda tekshiruvlar bo’yicha Davlat byudjeti, davlat maqsadli
jamg’armalari, byudjetdan tashqari jamg’armalarga soliq va boshqa majburiy
to’lovlardan imtiyozga ega bo’lgan korxonalarni belgilab beruvchi, tekshiruv
dalolatnomasi bo’yicha to’lov muddatining vaqti kelganda avtomatik tarzda
xabar beruvchi yangi vosita ishlab chiqilishi dasturning takomillashtirishga
xizmat qiladi.
Bugungi kunda pensiya ta’inoti va davlat soliq xizmati organlarida
qo’llanilayotgan dasturiy mahsullarning tizim oldiga qo’yilayotgan
vazifalaridan
kelib chiqqan holda, xalqaro standartlar darajasida takomillashtirilishi soha
vakillari oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarilishiga yordam beradi.
298
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi
“Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Farmoni pensiya ta’minoti tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish
imkonini berdi. Mazkur hujjatda Pensiya jamg’armasi tomonidan pensiya va
ijtimoiy nafaqalarni o’z vaqtida, to’liq miqdorda moliyalashtirish, to’lovlar ustidan
monitoring
yuritish, pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’larning
maqsadliligi va nazoratini kuchaytirish borasida bir qator vazifalar belgilab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: