5.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar JBPT mablag’larini joylashtirish to’g’risidagi
ariza berishdan oldingi … uchun foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotni
taqdim etishi lozim.
279
A.
uch yil
B.
to’rt yil
C.
ikki yil
D.
bir yil
6.
JBPT mablag’larini ... joylashtirilishi mumkin.
A.
davlat qimmatli qog’ozlariga, ipoteka obligatsiyalariga, muomalaga chiqarilgan
va listingdan o’tgan korporativ qimmatli qog’ozlarga, banklardagi milliy va chet
el valyutasidagi muddatli depozitlarga
B.
muomalaga chiqarilgan va listingdan o’tgan korporativ qimmatli qog’ozlarga
C.
ipoteka obligatsiyalariga
D.
davlat qimmatli qog’ozlariga
7.
Portfel investitsiyalarning turiga kirmaydi:
A.
kamayish portfeli, daromad portfeli, xatarli sarmoya portfeli, aralash portfel.
B.
o’sish portfeli, daromad portfeli, xatarli sarmoya portfeli, aralash portfel.
C.
kamayish portfeli, daromad portfeli, xatarli sarmoya portfeli,
D.
kamayish portfeli, xatarli sarmoya portfeli, aralash portfel.
VIII BOB. PENSIYa TA’MINOTINING AXBOROT TIZIMI
ASOSIDAGI NAZORATI
8.1.O’zbekistonda fuqarolarning pensiya ta’minoti nazoratida
axborot texnologiyalarining qo’llanilishi
280
Davlat ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishi, bunda pensiya va ijtimoiy
nafaqalarning aniq hisob-kitob qilinishi, o’z vaqtida to’liq hajmda to’lanishi va
umuman Pensiya jamg’armasi faoliyati samaradorligi bevosita ushbu tizimda
qo’llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ham bog’liq.
So’nggi yillarda aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, pensiya
va ijtimoiy nafaqalarni o’z vaqtida moliyalashtirish, barqaror daromadlarni
ta’minlash, shuningdek, yangi axborot tizimidan foydalangan holda, barcha
tarkibiy bo’linmalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash Pensiya jamg’armasi
faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1730-sonli qaroriga muvofiq davlat pensiya
ta’minoti tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter
texnikasi va telekommunikatsiya vositalari joriy etildi. Pensiya va nafaqalarni
hisobga olish, tayinlash hamda to’lashni tashkil etish, zamonaviy innovatsion
dasturiy mahsulotlaridan foydalanish orqali Pensiya jamg’armasining barcha
tarkibiy bo’linmalari o’rtasida samarali elektron hamkorlikni yo’lga qo’yishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. “Pensiya” dasturiy majmui
126
shulardan biridir. Ayni vaqtda barcha pensionerlar va nafaqa oluvchilar haqidagi
shaxsiy ma’lumotlar shakllantirilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini o’z
ichiga olgan, pensiyalarni tayinlash hamda to’lash joriy etilgan axborot tizimi
orqali amalga oshirilmoqda.
“Pensiya” axborot tizimi pensiya va nafaqalarni tayinlash, ularning hajmini
hisoblash, pensiya hamda nafaqalarni qonunchilikka asosan qayta hisob-kitob
qilish va hisobga olish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan bo’lib,
u ishonchli himoya qilingan va markazlashtirilgan yagona ma’lumotlar bazasini
shakllantirish, foydalanuvchilarni ishonchli, to’liq va dolzarb axborotlar bilan o’z
126
Mazkur mujmua O’zbekiston yirik kompaniyalardan biri – “Fido-biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan
hamkorlikda yaratilgan. Tizimni ishlab chiqish 2010 yilning mayida boshlangan va bir yildan so’ng bu jarayon Pensiya
jamg’armasining Toshkent shahar va viloyatidagi tuman bo’limlarida davom ettirilgan. 2012 yilning birinchi choragida
dasturiy majmua O’zbekistonning barcha hududlarida ishga tushirilgan.
281
vaqtida ta’minlash imkonini beradigan avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.
Mazkur tizim Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlarida pensionerlarni
ro’yxatga olish, ular haqidagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash va berish, qayta
ishlanayotgan axborotlarning tezkorligi va ishonchliligini oshirish uchun
pensionerlar to’g’risida markazlashtirilgan yagona ma’lumotlar bazasini yaratishga
ko’maklashadi. Bundan tashqari, axborot tizimi to’lov hujjatlarini (pensiya va
nafaqalar to’lash uchun qaydnomalar) shakllantirish, elektron to’lov hujjatlarini
to’lovlar uchun mas’ul tegishli tashkilotlarga jo’natish imkonini ham beradi.
“Pensiya” axborot tizimidan foydalanish hisob shakllarini Pensiya
jamg’armasi bo’linmalari darajasida olish, fuqarolar pensiya ta’minoti tizimining
faoliyat ko’rsatkichlarini sifat jihatidan yaxshilash, pensiya va nafaqalarni turlari
bo’yicha moliyalashtirishni hisobga olish hamda monitoring qilishga yordam
beradi. Shu bilan birga, tizimda davlat pensiya va nafaqalarini tayinlash, qayta
hisob-kitob qilish va to’lash bo’yicha daromadlar hamda xarajatlarning kunlik
balansini tuzish, Pensiya jamg’armasi mablag’larining sarflanishini barcha joylarda
tezkor qayd etish, markazlashtirilgan ma’muriy nazoratni amalga oshirish imkoni
ham bor. Ta’kidlash joizki, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda ham,
jumladan, AQShda pensiya tizimini boshqarish, pensiya imtiyozlarini belgilash,
pensiya tizimida investitsiyalarni boshqarish va boshqalar maxsus kompyuter
dasturlari asosida amalga oshiriladi
127
. Albatta, bunday holat pensiya tizimi
faoliyati samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi
“2015-2017
yillarda
pensiya
ta’minotining
yagona
idoralararo
integratsiyalashtirilgan axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
297-sonli qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
“Pensiya” axborot tizimi negizida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
pensiya ta’minotining yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimi
(“Nafaqa” yagona axborot tizimi) tashkil etildi. Bu axborot tizimi keksa kishilar
uchun pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlashning eng qulay tizimini nazarda
127
Jun Peng. State and Local Pension Fund Management. (Public Administration and Public Policy) 0th Edition .
USA: Publisher: Auerbach Publications (August 21, 2008). – P. 29; 85; 111.
282
tutadi, shuningdek, ma’lumotnomalar va tasdiqlovchi hujjatlarni qog’oz shaklida
olishni istisno etgan holda pensiyalar va nafaqalar to’lashga mablag’larni o’z
vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash imkonini beradi.
Pensiya ta’minoti tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining faol
joriy etilishi pensiya va nafaqalarning to’g’ri va aniq hisob-kitob qilinishini, davlat
byudjeti mablag’laridan samarali foydalanilishini, o’zaro axborot almashinuvining
tezkorligi va shaffofligini, pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarga katta qulayliklar
yaratilishini ta’minlaydi.
O’zbekistonda rivojlanishga yordam berish bo’yicha Birlashgan Millatlar
Tashkilotining 2010-2015 yillar dasturi dasturining maqsadi aholi, shu jumladan
uning nochor qatlamlari (iqtisodiy jihatdan qoloq mintaqalar, jumladan qishloq
joylari aholisini, xususan, ayollarni, uy bekalarini, mehnat muhojirlari va ularning
oilalarini, bolalarni, o’smirlarni, pensionerlarni, keksa kishilarni, SPIDga chalingan
shaxslarni, nogironlarni) iqtisodiy farovonligini oshirishga qaratildi.
O’zbekistonda Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish hamda YuNDAF
2010-2015 yillar dasturi bo’yicha turmush darajasini oshirish yuzasidan
quyidagilar ko’zda tutilgan:
keksa kishilar, aholining kam ta’minlangan qatlamlari turmush darajasini
oshirishga qaratilgan iqtisodiy va ijtimoiy himoya choralarini ishlab chiqish
va amalga oshirishda boshqaruvning markaziy va mahalliy organlari
salohiyatini mustahkamlash;
aholining nochor qatlamlarini ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish
va ularning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
biznes yuritish sohasida mikromoliyalashtirish xizmatlaridan hamda
maslahat-axborot xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish;
aholining
asosiy
ijtimoiy
xizmatlardan
foydalanish
imkoniyatlarini
kengaytirish uchun mahalliy organlar bilan birgalikda infratuzilmalarni
tiklash.
O’zbekiston Respublikasida «…Tanlagan va mashhur besh tamoyilga asoslangan
taraqqiyot modelining naqadar haqqoniy va samarali ekani biz qurayotgan yangi
283
demokratik tizimda, iqtisodiyotimiz rivojlanishining barqaror, barchani hayratda
qoldirayotgan sur’atlarida, xalqimizning hayot darajasi va sifati ortib
borayotganida o’zining amaliy tasdig’ini topmoqda»
128
.
Pensiya ta’minotini zamonaviy texnik usullar orqali boshqarish ijtimoiy
yordamga muhtoj bo’lganlar to’g’risida tezkor va ishonchli axborotga ega bo’lish
uchun o’ta muhimdir. Ma’lumotlar hisobi va uni qayta ishlash tizimini tubdan
yaxshilamay turib aholini ijtimoiy himoyalash tizimida islohotlarni amalga oshirib
bo’lmaydi. Etarli darajada tezkor va aniq bo’lmagan axborotlarga asoslangan holda
prognozlar tayyorlash va qarorlar qabul qilishda jiddiy xatoliklarga olib kelishi
mumkin.
Pensionerlar bo’yicha kompyuterlarda axborot bazalarini yaratish nafaqat ularni
muhtojlik bo’yicha toifalarga ajratish, balki etarli aniqlik bilan mo’ljallanayotgan
rejalarni O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va Davlat byudjetiga qanday ta’sir
ko’rsatishini hisoblash imkonini beradi. Pensiya jamg’armasi «O’zbekiston
pochtasi» ochiq aktsiyadorlik jamiyati va O’zbekiston Respublikasi Xalq
bankining bo’linmalarida pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari
hamda boshqa to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida to’lanishi monitoringini olib
boradi va tekshiradi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda
qatnashadi, fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari bo’yicha zamonaviy nazariy
ishlanmalarni va xorijiy tajribani o’rganadi. Jamg’armaning mablag’larini
oluvchilar, pensiyalar hamda Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar
tayinlash va to’lash to’g’risidagi axborotni ishlab chiqishda qatnashadi va
avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashni joriy etadi.
Respublikamizda pensiya tizimini zamonaviy axborotlashtirish orqali pensiya
xizmati ko’rsatish ko’lami yaxshilandi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
tizimida texnik modernizatsiya qilish masalasiga ustuvor vazifa sifatida alohida
e’tibor berilar ekan, avvalambor, pensiya ta’minotini tashkil etishda
avtomatlashtirilgan axborot tizimini ommaviy ravishda joriy etilishi sohaga
128
Karimov I.A. Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo’limizni
qat’iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir.O’zbekiston Respublikasi Prezedenti I. Karimovning
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq
so’zi. 2014 yil. 5 dekabr.
284
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni jadal kirib borayotganligidan
dalolat beradi. Shu maqsadda, eng avvalo, respublikamizda istiqomat qiluvchi
barcha pensiya va nafaqa oluvchilarning ishonchli himoyalangan, yagona
markazlashgan ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Bunda, respublikamizda
istiqomat qiluvchi 3,3 mln.dan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilarning yagona
elektron ma’lumotlar bazasi tashkil etildi. Ahamiyatli jihati shundaki, bugungi
kunda markazlashgan holda 140 dan ortiq hisobotlarni ushbu dastur orqali
shakllantirishga erishildi. Amaliyotga tadbiq etilgan dastur, o’z salohiyatini joriy
etilishining birinchi kunlaridanoq ko’rsata boshladi. Buning natijasida, noqonuniy
pensiyalarni tayinlanishi oldi olindi, Pensiya jamg’armasining mablag’lari
tejalishiga erishildi.
Respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha pensiya va nafaqa oluvchilarning
ishonchli
himoyalangan,
yagona
markazlashgan
ma’lumotlar
bazasini
shakllantirish imkonini beradigan zamonaviy avtomatlash-tirilgan axborot tizimini
amaliyotga keng joriy etish ishlari jadal olib borilmoqda. «Pensiya to’lovlari hisob-
kitobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimiga hisobot davrida jami 1731 ta
pochta aloqa ob’ektlari bog’landi»
129
.
Fuqarolarga pensiya tayinlash uchun murojaat etgan shaxsning boshqa hududda
mehnat faoliyati yuritgan davrini aniqlash uchun, Pensiya jamg’armasining
xududiy bo’linmalari o’rtasida o’zaro so’rov xatlarini yuborish, murojaatga
to’laqonli va haqqoniy javob olish hamda ushbu jarayon ustidan tegishli nazorat
mexanizmi nazarda tutadigan «So’rov» moduli — WSP «Personal» dasturining
qo’shimcha funktsionali hisoblanadi. Pensiya jamg’armasining tuman (shahar)
bo’limlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar aybi bilan mehnatda mayiblanish tufayli
tayinlangan nogironlik pensiyalariga sarflangan mablag’larni qoplash yuzasidan
regress da’volari hisobini yuritish, undirilishi lozim bo’lgan mablag’lar hamda
129
Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy
o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib
berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha
ilmiy-ommabop risola. Toshkent. Ma’naviyat. 2016. –B.320.
285
ularning qoldiqlari bo’yicha yagona integrallashgan ma’lumotlar bazasi
yaratilmoqda.
Pensiya islohotining axborot bilan etarli ta’minlanmaganligi eng katta kamchilik
edi. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlardagi pensiya sug’urtasi islohoti dolzarb
muammmolarni xal etish uchun yo’naltirildi. Pensiya islohotini yaxlit, to’laligicha
amalga oshirish katta xarajatni talab etadigan tadbir bo’lib, iqtisodiy inqiroz
sharoitida ushbu islohot davlat byudjeti va fuqarolar uchun ham qimmatga tushadi.
Sug’urtalanganlarni hisobga olishning xususiylashgan tizimi yaratilganligi yangi
tuzilmalar faoliyatini tashkil etish, ular ustidan nazorat o’rnatish, avvalo, davlat
hokimiyati organlari tuzilmalaridan nihoyatda katta kuch va e’tiborni talab etdi.
Rossiya, Polsha va Qozog’iston tajribasining ko’rsatishicha, fuqarolar ijtimoiy
faollligining sustligi avvalo aholi pensiya islohotlarining vazifalari, yo’nalishlari
va natijalari to’g’risida, jamg’arib boriladigan yangi pensiya tizimining mexanizmi
va tarkibiy tuzilmasi to’g’risida bexabar ekanligi bilan izohlanadi. Islohotlar
bo’yicha axborot etkazib berish ta’minlanmagan edi, sug’urta qilingan shaxslarga
jamg’arib boriladigan tizimga o’tish jarayonidagi hatti-harakatlari, huquq va
burchlari ushbu o’zgarishlarning ijobiy va ehtimol tutilgan salbiy jihatlari
tushuntirib berilmagan. Axborot berish sohasida bunday etishmovchilik sababi
yangicha pensiya tizimining shoshilinch tarzda joriy etilishi bilan bog’liq.
Masalan, Rossiyada jamg’arib boriladigan pensiya mablag’larini boshqarish
uslublarini tanlash to’g’risidagi va ana shunday tanlovni amalga oshirish
to’g’risidagi axborotnomalarni tarqatish muddatlari bir necha marta boshqa
muddatga ko’chirildi.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimining investitsion jozibadorligi fuqarolarga
islohotlarning vazifalari va tamoyillari to’g’risida to’liq va ochiq axborot etkazib
berilgan bozorlarda ishonchli va daromadli investitsiyalash vositalarining
mavjudligiga bog’liq. Xususiy pensiya jamg’armalarini imtiyozli soliqqa tortish
(jismoniy shaxslar daromadlari solig’i va korporativ soliq) orqali rag’batlantirib
borish, shuingdek davlat kafolatlarini ta’minlash muhim.
286
Xorijiy davlatlarda pensiya tizimida ko’plab imtiyozlar mavjudligi pensiyaga
qo’shib beriladigan ustamalarning pensiya jamg’armasidan to’lanishi, pensiya
miqdorida sug’urta «stajiga» emac «ish stajiga» qarab hisoblanishi pensiya
jamg’armasi defitsitini vujudga keltiradi. Pensiya tizimida «ish staji»
tushunchasidan voz kechib, «sug’urta staji» tushunchasiga o’tish, bu jarayonlarni
elektron ko’rinishda nazorat qilish mavjudligi uchun pensiyalarni hisoblashda
faoliyatning faqat majburiy ajratmalar to’langan davr hisobga olinadi.
Pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishdan ko’zlangan asosiy maqsadlar
quyidagilardan iborat:
–
bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida pensiya ta’minotini modernizatsiyalash;
–
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlarini shakllantirish
monitoringini kuchaytirish;
–
pensiya ta’minotini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida boshqarish;
–
pensiya ta’minoti xarajatlarini boshqarish, pensiya to’lovlarini maqsadli
amalga oshirish yuzasidan nazoratni kuchaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |