A. Z. Umarov Avtomobillar texnik ekspluatasiyasi


Eksperimental tadqiqotlar



Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/149
Sana29.05.2022
Hajmi6,77 Mb.
#618663
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149
Bog'liq
Mineralogiya va geokimyo. Umarov A.Z. (1)

Eksperimental tadqiqotlar 
(kiimyoviy va fizik-kimyoviy) 
laboratoriya sharoitlarida tabiiy jinslar, Shuningdek minerallar 
tarkibiga mos keladigan sun’iy birikmalami olish ishida juda muhim 
ahamiyatga ega. Shu y o i bilan, ayrim hollarda tarkibi va shakliga 
ko‘ra tabiiy minerallarga juda o‘xshab ketadigan birikmalarni olish 
va o‘sha minerallaming kristallanishi ham paydo boiishini aniqlash 
mumkin boiadi. Shu jihatdan qaraganda mineral xomashyolardan 
foydalanish masalasi bilan shug‘ullanuvchi kimyo va fizik-kimyo 
institutlari olib borayotgan tadqiqotlar bilan eksperimental ishlar 
ham mineraloglar uchun muhim ahamiyatga ega boiishi kerak.
37


2-Bob. MINERALLARNING XUSUSIYATLARI
Umumiy ma’lumotlar
Muzey vitrinalariga yoki maxsus yashiklarga terib qo‘yilgan 
minerallarni ko'zdan kechirar ekanmiz, ulami bir-biridan ajratib 
turadigan tashqi belgilarining xilma-xilligi bizni hayratga soladi.
Bir xil minerallar shaffof (tog‘ xrustali, tosh tuz), boshqalari -
xira, yarim shaffof, yoki mutlaqo yorug‘lik o ‘tkazmaydigan 
(magnetit, grafit) bo‘lib ko‘rinadi.
Juda ko‘p tabiiy birikmalarning ajoyib xususiyati ulaming 
rangidadir. Qator minerallar uchun bu xususiyat doimiy va juda ham 
xarakterlidir. Masalan, kinovar (simob sulfidi) doimo to ‘q olcha 
rang — qizil rangga ega,malaxit uchun och yashdl rangda b o iish
xarakterlidir, piritning kubchalar shaklidagi kristallari metaldek tilla 
rang bo‘lib tovlanishiga qarab oson bilinadi va h.k. Shu bilan bir 
qatorda juda ko‘p minerallaming rangi o‘zgaruvchandir. Masalan, 
kvars xillari: rangsiz (shaffof), sutdek oq, sarg‘ish-qo‘ng‘ir, 
qoramtir, binafsha, pushti bo‘ladi.
Yaltirash ko‘pgina minerallaming juda xarakterli belgisidir. 
Ba’zi minerallaming yaltirash juda ham metallaming yaltirashiga 
o‘xshaydi (galenit, pirit, arsenopirit), boshqa paytlarda shishaning 
(kvars), sadafning yaltirashiga (muskovit) o‘xshab ketadi. Ko‘pgina 
Shunday minerallar borki, hattoki ulaming yangi singan joyi ham 
xira bo‘Iib turadi, ya’ni yaltiramaydi.
Ko‘pgina minerallar ba’zan juda yirik faqat lupa va 
mikroskopda ko‘rish mumkin boMgan juda ham mayda kristallar 
shaklida uchraydi. Bir qator minerallar uchun kristallaming shakli 
juda ham tipikdir, masalan, pirit uchun kristallaming kubik, 
granatlar uchun - rombik dodekaedrlar, berill uchun - olti yoki 
prizmalar-bo‘lishi xarakterlidir. Biroq kospchilik paytlarda mineral 
massalari yaxlit donador agregatlardan iborat bo‘lib, undagi ayrim 
donalar kristallografik qiyofaga ega emas. Ko‘pgina mineral 
moddalar hech qanday kristallga o‘xshamaydigan, ba’zan ajoyib 
shakllarga ega boigan oqiq (tomma, quyilma) massalar shaklida 
ham keng tarqalgan. Masalan, malaxitning buyraksimon massalari, 
stalaktitga 
o‘xshab 
ketadigan 
limonit 
(temir 
gidroksidlari) 
massalarini ko‘rsatish mumkin.
38


Minerallar boshqa fizik xususiyatlari bilan ham bir-biridan 
farq qiladi. Ularning ba’zi birlari Shunday qattiqki, oynani ham 
osonlikcha chizadi (kvars, granat, pirit), boshqalarining o‘zi esa 
shisha parchasi yoki pichoq uchi bilan chiziladi (kalsit, malaxit), 
uchinchilari esa shu qadar kichik qattiqlikka egaki, timoq bilan 
osonlikcha chiziladi (gips, grafit). Bir turli minerallami sindirganda 
muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha ajralib, kristallarga o‘xshash to‘g‘ri 
shakli (tekis yonli) boiaklar hosil qiladi (tosh tuz, galenit, kalsit), 
boshqalari notekis, “chig‘anoqsimon” yuzalar bo‘yicha sinadi 
(kvars). Minerallaming solishtirma ogirligi, eruvchanligi kabi 
boshqa xususiyatlari ham keng miqyosda o‘zgarib turadi.
Minerallaming kimyoviy xususiyatlari ham xilma-xildir. 
Ba’zilari suvda oson eriydi (tosh tuz), boshqalari faqat kislotalarda 
eruvchan (kalsit), yana boshqalari hattoki, o ik ir kislotalarda ham 
barqarordir (kvars). Minerallaming ko‘pchiligi havo muhitda yaxshi 
saqlanadi. Biroq juda ko‘p tabiiy birikmalar ham ma’lumki, ular 
havoda boigan kislorod, karbonat kislota va namlik ta’sirida 
osonlikcha oksidlanadi yoki parchalanadi. Qadimdan ma’lumki, 
ba’zi bir minerallar nur ta’siri ostida sekin-asta rangini ham 
o‘zgartiradi.
Endilikda biz borgan sari shu narsaga ishonch hosil 
qilmoqdamizki, minerallaming mana shu hamma xususiyatlari 
moddalarning kimyoviy tarkibi va kristall strukturasi bilan sababli 
ravishda bogiiqdir, bu o‘z navbatida atom yoki ionlaming katta- 
kichikligi (mineral tarkibida ishtirok etuvchi), ularning elektron 
qobiqlarining (ayniqsa tashqi) tuzilishi va D.I.Mendeleyev jadvalida 
kimyoviy elementlaming tutgan mavqeyni belgilab bemvchi 
xususiyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham ilgari noma’lum 
boigan narsalaming ko‘pchiligi hozirgi zamon aniq fanlarining 
yutuqlari asosida borgan sari ko‘proq tushunarli b o iib bormoqda. 
Bu yutuqlar tabiiy hodisalami to‘g‘ri tuShunish uchungina emas
balki minerallar xususiyatlarini amalda foydalanish uchun ham 
yordam beradi.
Shu munosabat bilan fizika, kimyo, kristallokimyo va kolloid 
kimyodan biz uchun muhim boigan ba’zi bir hollami eslab o‘tamiz.
39



Download 6,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish