Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi


O‘SIMLIKLARDA SUV ALMASHINUVI FIZIOLOGIYASI



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

 O‘SIMLIKLARDA SUV ALMASHINUVI FIZIOLOGIYASI 
REJA 
1.
Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati, fizik-kimyoviy xossalari.
2.
Suvning shimilishi va harakati 
3.
Ildiz sistemasi va uning suvni so‘rishi. 
4.
Ildiz tizimining suvni so‘rishiga tashqi sharoit omillarining ta’siri. 
5.
Transpiratsiya 
6.
O‘simliklarning suv muvozanati 
7.
Antitranspirantlar
8.
O‘simliklarni sug‘orishning fiziologik asoslari
9.
O‘simliklarning suvga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ekologik guruhlari 
Tayanch so’zlar 
Suv, gravitasion suv, kapillyar suv, pardasimon suv, gigroskopik suv, imbibision suv, diffuziya, 
osmos, endoosmos, ekzoosmos, osmotik bosim, turgor, plazmoliz, qavariq plazmoliz, botiq plazmoliz, 
deplazmoliz, so’rish kuchi va tenglamasi, apoplast, simplast, transvakuolyar, ildiz bosimi. 
Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati, fizik-kimyoviy xossalari. O’simliklar suvga bo’lgan 
talabning juda oz qismini yer o’sti a’zolari (asosan barglari) orqali ta’minlaydilar. Bu asosan 
yog’ingarchilik va havo namligi yuqori bo’lgan davrlardagina yuz berishi mumkin. Normal o’sish va 
rivojlanishni ta’minlaydigan asosiy suv miqdori tuproqdan ildiz sistemasi orqali olinadi. 
O‘simlik tanasida suv doimiy ravishda uzluksiz almashinib turadi va bu jarayonni 
suv rejimi
deyiladi. U uch bosqichdan iborat: 
1. Ildizlarning suv shimishi; 
2. Shimilgan suvning o‘simlik tanasi bo‘ylab harakati va organlarga taqsimlanishi; 
3. Suvning barglar orqali bug‘lanishi, ya’ni transpiratsiyasi. 
Yuqoridagi uchta holat faqatgina yuksak o‘simliklargagina xosdir. Tuban o‘simliklar, masalan, 
bakteriyalar, tuban zamburug‘lar, ko‘pgina suv o‘tlari va lishayniklar suvni atmosfera havosidan olishi 
mumkin. Bunda ularning bo‘rtish ko‘rsatkichlari ortadi. Masalan, iste’mol qilsa bo‘ladigan zamburug‘lar 
va moxlar o‘zlarining quruq muhitdagi og‘irliklariga nisbatan 10 baravar ko‘p suv saqlashlari mumkin. 
Barg poyali o‘simliklar esa suv bug‘lantirishdan kutikulalari yordamida himoyalanadilar. 
Kutikulalar barglar va poyalar yuzasidan suv yo‘qotishga qanchalik qarshilik qilsalar, namgarchilik 
sharoitida shunchalik darajada suv yutilishiga ham qarshilik qiladilar. 
Ma’lumki, o‘simliklar to‘qimalari tarkibining 70-95% suvdan iborat. Suv o‘zining ajoyib 
xususiyatlari tufayli organizmlar hayot faoliyatida birinchi va boshqa moddalarga tenglashtirib 
bo‘lmaydigan o‘rinni egallaydi. Ammo uning hujayra tuzilishida va undagi molekulyar darajada 
boradigan turli metabolik jarayonlardagi o‘rni to‘la o‘rganilmagan. 
Suvning butun bir organizmdagi o‘rni turlichadir. Butun yer yuzidagi hayot formalari faqatgina 
suvli holatdagina mavjud. Shuning uchun ham hujayra tarkibidagi suvning kamayishi, tirik tuzilmalarning 
tinchlik, ya’ni anabioz holatiga o‘tishiga olib keladi.
O‘simlikning barcha organlarida suv bo‘ladi: bargda-90%, novdada-70-80%, ildizda-50-60%, 
urug‘da-10%. Vakuolada-98%, sitoplazmada-80%, qobiqda-50% atrofida suv uchraydi. 
Biologik obyektlarda suv quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:


17 
1. Hujayra, molekula, to‘qimalar va organlarni bir butun qilib birlashtirib turadi. Suv uzluksiz muhitni 
tashkil qiladi.
2. Biokimyoviy reaksiyalar uchun eng yaxshi va muhim muhitdir.
3. Hujayra tuzilmalarini tartibga solishda qatnashadigan oqsillar tarkibiga kirib, ularning 
konformasiyasini belgilaydi.
4. Bir qancha biokimyoviy reaksiyalarning tarkibiy qismidir;
a) fotosintez jarayonida elektronlar donoridir.
b) Kreps siklida oksidlanish-qaytarilish jarayoni ishtirokchisi.
5. Hujayra hayotiy jarayonlarida, xususan suvning membranalardagi elektronlar va protonlar 
tashiluvidagi o‘rni beqiyosdir.
6. Moddalar almashinuvida asosiy o‘rinni tutadi. Masalan ksilema to‘qimalari bo‘ylab esa suv va unda 
erigan moddalarni tashisa, flozma to‘qimalari bo‘ylab moddalarning simplast va apoplast 
tashiluvi amalga oshadi. 
7. Issiqlikni boshqaruvidir. Suv tufayli o‘simlik to‘qimalarida haroratning birdan o‘zgarishi ro‘y 
bermaydi. Bu hol suvning yuqori issiqlik sig‘imi bilan o‘lchanadi. 
8. Suv tufayli yuzaga keladigan egiluvchanliklik hususiyati tufayli o‘simliklar har xil mexanik 
ta’sirlardan saqlanadi. 
9. Suv tufayli bo‘ladigan osmos va turgor holatlari tufayli to‘qimalarning nisbatan qattiq holati 
saqlanadi. 
O‘simliklarning evolyutsiyasi mobaynida ularning suvga bog‘liqligi birmuncha kamaya borgan. 
Masalan, suv o‘tlari uchun suv ko‘payish va yashash muhitidir. Yer o‘sti sporali o‘simliklarida esa 
ularning ko‘payishiga suvning ta’siri qisman saqlanib qolgan xolos, ya’ni suv gametalarning ipchalari 
tufayli harakatlanishiga yordam beradi. Urug‘li o‘simliklar o‘zlarining changdonlari va urug‘donlari 
tufayli ko‘payish jarayonlarida suvga muhtoj emas. Urug‘li o‘simliklarda ontogenez davomida suvdan 
foydalanish jarayonlari anchagina takomillashgandir. Ushbu jarayonlar albatta tiriklik dunyosining suvli 
muhitdan quruqlik muhitiga ko‘chishi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish