Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

Suvning molekulyar tuzilishi.
Suv molekulasidagi ikki juft elektron vodorod va kislorod 
yadrolari uchun umumiy hisoblanadi. Ushbu suv molekulalaridagi H va O atomlari o‘zaro elektrostatik 
ta’sir qilib to‘rtta suv molekulasini bog‘lab turadi.
Kislorod va vodorod atomlarining o‘zaro elektrostatik ta’siri natijasida yuzaga kelgan va kovalent 
bog‘larning juda kam kuchiga ega bo‘lgan bog‘lar vodorod bog‘lari deyiladi. Vodorod bog‘lar juda 
kuchsiz bo‘lib suyuq suvda ularni uzish uchun bor yo‘g‘i 18,84 kJ/mol energiya zarurdir xolos. Bu erda 


18 
shuni eslash zarurki kovalent bog‘larni uzilishi energiyasi 460,4 kJ/mol ga teng. Demak suyuq suvning 
vodorod bog‘lari kovalent bog‘larga nisbatan deyarli 25 baravar kuchsizroq ekan. Shuning uchun ham, 
vodorod bog‘lari doimiy ravishda sintezlanib va uzilib to‘radi. Ularning yarim emirilish davri 1·10-9 
soniya atrofida. 
Ionlanish.
Suv molekulasidagi elektronlarning vodorodga nisbatan kislorodga kuchliroq 
bog‘langanligi tufayli, doimiy ravishda protonlarning uzilishi ro‘y berib to‘radi. Buning natijasida suv 
molekulalari dissotsiyalanadi. 
H
2
O --- H+ + OH- 
Kimyoviy sof suvning harorati 25
0
C bo‘lganda vodorod va gidroksil ionlarining miqdori o‘zaro 
teng, ya’ni ularning har birining miqdori 1.10-7 mol/l ga teng bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkich pH=7 deb qabul 
qilingan. 
Suvning eritmalardagi holati.
Suvda eruvchan moddalarning unga birlamchi ta’siri bu toza suvga 
xos bo‘lgan tuzilishning buzilishidir. Bunga ikkita sabab bo‘lishi mumkin. 
1.
Geometrik omil, ya’ni suvda erigan modda bilan suv molekulalari o‘lchamlarining bir xilda emasligi.
2.
Elektrostatik omil, ya’ni suvda eruvchan ion elektr maydoni ta’sirida suv molekulalarining qayta 
qutblanishi. Buning natijasida erigan modda zarrachalari atrofida suvning qanaqadir yangi tuzilmasi 
yuz beradi va bu holat o‘z navbatida suvda erigan moddaning xossalariga bog‘liqdir. 
Binobarin suvda elektrolit moddalarni eritsak suvning tuzilishiga geometrik va elektrostatik 
omillar birgalikda ta’sir qiladi. Kationlarning elektr maydonida joylashgan suv molekulalarining barchasi 
unga o‘zlarining manfiy tomonlari bilan o‘girilgan bo‘lsa, anionlar elektr maydonida musbat tomonlari 
bilan burilgan bo‘ladi. 
O‘simlik hujayrasi tarkibidagi suv deyarli sof holda uchramaganligi uchun uning eritmalardagi 
holatini o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Tarkibida ionlar bo‘lgan eritmalardagi suvning tuzilishi sof 
suv tuzilishidan keskin farq qiladi. Suv tirik organizmlarning yashashi uchun asosiy muhitlardan biridir. 
Suvsiz sharoitda organizmlar nobud bo‘ladi yoki anabioz holatiga o‘tadi. O‘simliklar tanasida suvning 
miqdori 70% dan to 90% gacha bo‘lishi mumkin. YA’ni bu ularning tur va navlariga, yoshiga, yashash 
muhitiga, har xil organlariga va hatto hujayra organoidlariga ham bog‘liq. Ayniqsa o‘simlikning yosh 
a’zolarida va bargida bu ko‘rsatgich to 90% gacha borishi mumkin. Suv miqdori hujayra protoplazmasida 
-80%, shirasida -98%, po‘stida 50%, gacha yetishi mumkin. Ayrim ho‘l mevalarda juda ko‘p: bodringda 
to 98%, pomidorda -94%, tarvuzda - 92%, kartoshkada -77% gacha bo‘ladi. 
O‘simliklar hayotiy jarayonida suv quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1) Biokimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lishi uchun asosiy muhit bo‘lib hisoblanadi. 
2) kimyoviy birikma bo‘lganligi uchun muhim reaksiyalarda: gidroliz, sintez, oksidlanish va qaytarilish 
reaksiyalarida (fotosintez, nafas olish, mineral elementlarni o‘zlashtirish va hokazolar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ishtirok etadi. 
3) O‘simliklarni kuchli issiqlik ta’siridan saqlaydi, ular haroratini pasaytiradi (transpiratsiya). 
4) O‘simliklarning tuproqdan qabul qilgan mineral elementlari, uning tanasida hosil bo‘lgan organik 
moddalarning harakati va qayta taqsimlanishi ham suv hisobiga sodir bo‘ladi. 
Tabiatda yashovchi har bir o‘simlik o‘zining ontogenezida juda ko‘p miqdorda suv sarflaydi 
(asosan, tanasi orqali bug‘latadi). Masalan: makkajo‘xori vegetatsiya davomida 200 l gacha, bug‘doy esa 
bir tonna quruq modda hosil qilish uchun 300 t suv sarflaydi. Umuman o‘simlik orqali o‘tgan suv 
miqdorini 1000 qism deb olsak, shundan 1,5-2 qismigina organik moddalarning hosil bo‘lishida ishtirok 
etib, qolgan 998 yoki 998,5 qismi tana orqali bug‘lanib ketadi. O‘simlik o‘z ontogenezida sarflaydigan 
suv miqdori ko‘p yoki oz bo‘lishi iqlim sharoitiga bog‘liq. Masalan, issiq va quruq iqlimda bu ko‘rsatgich 
sernam iqlimdagidan ko‘ra 2-3 marta ko‘p bo‘lishi mumkin. Qolaversa, bunga tuproqdagi suv miqdori 
ham ta’sir qiladi. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish