91
Assimilyasiya
– tashqi muhitning o‘zgarishi
hisobiga shaxsning bu muhit
talablariga moslashuvi hisoblanadi.
Akkamodatsiya
– shaxsning o‘zidagi o‘zgarishlar hisobiga muhitga
moslashuvdir.
To‘laqonli adaptatsiya shu ikki jarayonning mutanosibligidan kelib chiqadi.
Agar ijtimoiy adaptatsiyada akkomadatsiya ustun kelsa,
u xolda bu shaxsning
konformliligini belgilaydi, tashqi muhitning assimilyasiyasi esa shaxsning
agressivligi va negativizm xolatlarini keltirib chiqaradi. SHaxs xususiyatlari nuqtai
nazaridan
tahlil qilirganda, akkomodatsiyaning ustivorligi shaxs o‘zini o‘zi
baholashining pastligi, undagi xavotirlikning yuqoriligi, o‘zini o‘zi qabul qilmaslik,
yoqtirmaslikni keltirib chiqarsa, assimilyasion jarayonlarning qaytarilaverishi o‘ziga
nisbatan bahoni yuqoriligini ta’minlab, o‘ziga nisbatan tanqidning pastlab borishi
bilan tavsiflanadi.
40-rasm
Adaptiv xulqning boshqa bir ko‘rinishi – bu
shaxsning o‘z maqsad – muddaolari, qadriyatlari
hamda intilishlarini amalga oshirish maqsadida
mavjud zohir bo‘lgan muhit normalaridan o‘ziga
moslashtirib foydalana olishidir. Ushbu adaptiv
xolat shaxsning to‘g‘ri, oqilona qarorlar qabul
qilishi, tashabbuslar ko‘rsatishi hamda o‘z
istiqbolini aniq-ravshan tasavvur qilgan xolda
harakat qilishlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Interaksionistik yo‘nalish ushbu masalaga shaxsning
tashqi ijtimoiy muhit
bilan bevosita aloqasi, hamkorligi tarzida yondashadi. Ushbu yo‘nalish vakillari
shaxs adaptiv xulqining ikki ko‘rinishi va ularga mos ravishda adaptivlik –
noadaptivlikning namoyon bo‘lish jabhalarini ajratadi.
Masalan, T.
SHibutani
64
ijtimoiy adaptatsiyani shaxsning etukligi masalasi
bilan bog‘lab, adaptiv xulqning dastlabki ko‘rinishi sifatida shaxs tomonidan
jamiyat normalari hamda qadriyatlarini konform tarzda qabul qilinishini e’tirof
etadi.
Uning yozishicha, “SHaxs konvensial normalar asosida uyg‘unlashgan xulq
normalarini qabul qilgan taqdirdagina ijtimoiylashgan bo‘ladi”.
Boshqa psixolog-olimlar O.I.Zotova va I.K.Kryajevalar ishlarida esa “ijtimoiy
psixologik adaptatsiya jarayonlarini shaxsning shakllanishi hamda taraqqiyotidan
ajratib tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aksincha, ushbu
jarayon shaxsning garmonik
rivojlanishining ajralmas bo‘lagidir”
65
, deb ta’kidlanadi. I.K.Kryajevaning
66
fikricha,
ijtimoiy adaptatsiya shaxsning faol hayotiy pozitsiyasini, real hayotiy vaziyatlardagi
64
Шибутани Т. Социальная психология. - Ростов-на Дону, 1998. 397-б.
65
Зотова О.И., Кряжева И.К. Некоторые аспекты социально-психологической адаптации личности \\
Психологичекские механизмы регуляции социального поведения.- М., 1979.- С. 219-233.
66
Кряжева И.К. Социально-психологические факторы адаптированности личности: автореф.канд.дисс. – М.,
1980.C.99.
92
tashqi muhit bilan biror narsaga qodir inson sifatida amalga oshiradigan o‘zaro
hamkorligini bildiradi.
Shunday qilib, ijtimoiy adaptatsiya – insonning uni o‘rab turgan ijtimoiy
muhit bilan amalga oshiradigan murakkab o‘zaro munosabatlarini bildiradi va uning
ko‘rinishlari turfa xil bo‘lishi mumkin:
odamning hayot faoliyati o‘tadigan ijtimoiy muhitga ongli moslashuvi sifatida
uning shu muhitda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritishi va
turli ijtimoiy vaziyatlarga
moslashuvini ta’minlovchi jarayon tarzida;
Do'stlaringiz bilan baham: