73
kuzatilayotganligi hamda ularning ma’no va mazmun jihatdan bir-biriga yaqinligi
aniqlandi.
Vaqtincha bandlik motivatsiyasi yuqorida keltirilgan tahlilda katta miqdorni
ifodalamagan boʻlsada ayrim holatlarda sodir boʻlganligi kuzatildi. Shunga bogʻliq
konsepsiya hisoblanmish, maqsadsiz motivatsiya nazariyada ma’lum e’tiborni kasb
etmoqda. Ryan va Deci (2000) maqsadsiz motivatsiyaga ega talabalarni
universitetga nima uchun borishlarini bilmaydigan, oʻzlarini raqobatbardosh his
qilmaydigan va tevarak atrofda sodir boʻlayotgan voqealarni nazorat qilish
xususiyatiga ega emasliklari bilan izohlaydi. Shu yoʻsinda ular motivatsiya ta’sirini
sezmay qoladilar. Bundan kelib chiqadiki, haqiqiy motivatsiya nafaqat kuchli
qudratga ega, balki talabalarni toʻgʻri yoʻnaltiruvchi kuch hamdir. Shu vaqtgacha
motivatsiyaga talabalarning maqsadlarigina xolos deb qaralib kelingan, lekin
motivatsiya kengroq ma’noda ham xizmat qilishiga e’tibor berilmagan.
46
Shu nuqtai nazardan
motiv
-
konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki
bu xulq-atvorga
nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni
nazarda tutadi.
Motivatsiya
- psixologik lug’atda biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga
sababchi bo’lgan motivlar, dalillar baholar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida
talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog’liqdir. Shu
nuqtai nazardan, motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs
faolligining manbai,
sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U insonlarni jonli mehnat faoliyatiga
rag’batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu
kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar bilan maqsadga muvofiq yo’naltirishdir.
Motivatsiya muammosi bilan hozirgi kungacha ko‘pgina
olimlar
shug‘ullanib kelishgan. Jumladan, chet el olimlaridan R. Myurrey, L. Gilfrod, R.
Katall, G.Klaus, A. Maslou, X. Xekxauzen, D.Teylor, D. Makklelland hamda yaqin
hamdo‘stlik mamlakatlari olimlaridan B.G. Ananev, A.L. Berdichevskiy, L.I.
Bojovich, O.S. Grebenkja, M.I. Enikeev, T.A. Matis, M.V. Matyuxina, A.B.Orlov,
YU.M. Orlov, D.B. Elkonin, A.M. Etkind, L.M. Fridman, B.C. Setlin, A.
Megrabyan,
M.SH.
Magomed-Eminovlar
motivatsiya,
affiliatsiya
va
muvaffaqiyatga erishish motivatsiyalarini o‘z tadqiqot ishlarida o‘rganishgan.
47
Motivatsiya shaxsni yo‘naltiruvchi asosiy omillarni
belgilovchi psixologik
tushunchadir. Psixologiya fani motivatsiya muammosiga ikki tomonlama
yondashadi:
Do'stlaringiz bilan baham: