“affiliatsiya”
tushunchasi biroz farq qiladi.
33-rasm
Affiliatsiya insonning boshqa insonlar davrasida,
guruhida bulishni istashi bilan bog‘liq xodisa.
Ayniqsa, odam xavotirli, xavfli va stressli vaziyatlarni
xis qilganda undagi affiliatsiya ehtiyoji ortib
boraveradi. Affiliatsiya motivatsiyasi - muloqotga
intilish, bilishga intilish, o‘zini ta’kidlash, manfaatli
hamkorlikka intilish kabi maqsadlar, ehtiyojlar,
motivlar majmuidan iborat bo‘lib, ular shaxs mehnat
faoliyati davomida aqliy, anglanilgan muloqot
jarayoniga o‘tishga undaydi.
53
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm. pp: 184.
82
Oxirgi vaqtlarda affiliatsiya motiviga e’tibor ortmoqda. So‘zning ma’nosi
inglizcha to affiliate – birlashmoq, birlashtirmoq, insonni boshqa odamlar davrasida
bo‘lishga intilishi ma’nosini bildiradi.
R. Myurreyning ilmiy izlanishlarida: “...Affiliatsiya deganda har ikkala
tomonga ijobiy ta’sir etuvchi o‘zaro muloqot mazmuniga ega ijtimoiy ta’sirlarning
ma’lum turi, do‘stona munosabatlarni o‘rnatish va bog‘lanishni his etish, guruhlarga
birlashish” kabi motivatsiya sifatida talqin etiladi.
Maslou fikriga ko‘ra, affiliatsiya motivi insoniyat ehtiyojlari
ierarxiyasining eng yuqori darajasiga mansubdir. Ammo shu bilan birga insoniyat
tabiati uchun birinchi darajali va fundamental motiv hisoblanib, odamlar bilan
o‘zaro ta’sir doirasidagina rivojlanishi mumkin.
Megrabyan affiliatsiya motivining ikki xil tomonini ajratib o‘tadi:
affiliatsiyaga ehtiyoj (simpatiya, muloqotdagi qo‘llab-quvvatlash) va rad etilishdan
qo‘rqish (muloqot o‘rnatilmasligi yoki rasmiyligicha qolishi).
X. Xekxauzen fikricha, affiliatsiyaga ehtiyoj universal hisoblanib,
yosh, gender va etnik mansublikdan qat’iy nazar barcha insonlarga xos ehtiyojdir.
Motivatsiya talaba xulq-atvori hamda akademik maqsadlariga chambarchas
bogʻliq hisoblanadi. Ammo amalga oshirilgan ma’lum izlanishlar ushbu holatga
toʻgʻri kelmaydigan ayrim natijalarni ham qayd etdi. Shuningdek, tadqiqotlarga
binoan talabalarning ichki motivatsiyasi ta’lim olish jaroyonida shakllanishi ham
mumkin ekan.
54
Ammo ushbu ehtiyojning xarakteri va mazmuni ta’lim-tarbiya, ijtimoiylashuv
sharoitlari va ma’naviy tomonlarga bog‘liq.
Klassik va zamonaviy psixologik adabiyotlar tahliliga ko‘ra, affiliatsiya
motivi o‘z ichiga insonlar bilan muloqot o‘rnatishga ehtiyoj, guruh a’zosiga
aylanish, atrofdagilar bilan o‘zaro ta’sir doirasiga kirishish, yordam ko‘rsatish va
qabul qilish kabi ehtiyojlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Affiliatsiyaga yo‘nalganlik tushunchasi ilk marotaba A.Megrabyan
S.Kshesinskiylar tomonidan ijtimoiy psixologiyaga kiritilgan.
Atoqli xorijiy psixologlar maktabi doirasida affiliatsiya motivi bevosita va
bavosita yondashishlar orqali o‘rganilgan bo‘lsa-da, lekin mahalliy sharoitda sof
ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bu borada hali olib borilmagan.
YUqoridagi fikrlar umuman shaxs xulq–atvorining motivlariga oid fikrlar
bo‘lsa, ijtimoiy psixologiya o‘z predmeti nuqtai nazaridan ijtimoiy xulq motivlariga
alohida e’tiborni qaratadi. Bu masalaga oid dastlabki yaxlit nazariyalar fanda
yigirmanchi asrning 50-chi yillarida paydo bo‘ldi va Vill SHuts nomi bilan bog‘liq.
Uning nazariyasi rossiyaliklarning adabiyotlari “interpersonal xulqning uchlamchi
nazariyasi” (trexmernaya teoriya interpersonalnogo povedeniya)
55
nomi bilan qayd
etildi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, ijtimoiy xulqning asosini shaxslararo
munosabatlarda namoyon bo‘luvchi uch toifa ehtiyojlar tashkil etadi: qo‘shilish,
nazorat va ochiqlik.
54
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm. pp: 188.
55
Битянова М.Р. Социальная психология: Учебное пособие. 2 - е изд.,– СПб.: Питер, 2008. С. 150
83
Do'stlaringiz bilan baham: |