Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

2.
 
Markrting psixologiyasida 
reklamaning mohiyati. 


356 
tovarlarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga yoki ushlab turishga xizmat qiluvchi, 
bozorda ularni raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan harakatga aytiladi. 
Shubhasiz, inson hayoti davomida xarid qiladigan tovar va xizmatlar turlari 
vaqt o’tishi bilan o’zgarib boradi. Ovqat, kiyim-kechak, jihozlar tanlashdagi didi 
hayoti davomida shakllanadi. Hayot bosqichi ham xarid xulqiga ta’sir etishi 
mumkin. Hayot bosqichidagi o’zgarishlar-demografiya,hayot o’zgatiruvchi voqea-
hodisalar bo’mish: oila qurish, ajrashish, bola ko’rish, uy sotib olish, farzandlarining 
maktabni bitirishi, shaxsiy daromadidagi o’zgarishlar, bir uydan boshqa uyga 
ko’chishi va nafaqaga chiqishi kabilar natijasidir. Marketologlar ko’pincha o’zlariga 
kerak bo’lgan hayot bosqichini tanlashadi va shu bosqichga to’g’ri keluvchi 
mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashadi.
179-rasm 
Xaridor qaroriga uning 
yoshi, kasbi, iqtisodiy 
holati, yashash tarzi, 
shaxsiyati, o’zini 
anglashi kabi shaxsiy 
faktorlar ta’sir qiladi. 
Misol uchun “Axioms Personix” kompaniyasi Amerika fuqarolari hayot 
bosqichlariga qarab ularni 70 ta iste’molchi segmentiga va 21 ta hayot bosqichiga 
bo’lgan holda guruhlarga ajratadi. “Axioms Personix”kompaniyasi hayot 
bosqichiga qarab guruhlarni, boshlang’ich, qabul qiluvchilar, pul va karyera, oila, 
o’tish davri, oltin davr kabi nomlar bilan nomlab chiqqan. Qabul qiluvchilar guruhi 
o’z ichiga yosh, serg’ayrat, ijtimoiy hayotda faol sport bilan shug’ullanuvchi 
insonlarni olsa, o’tish davri kam daromadlilikdan barqarorlik, daromadli hayotga 
o’tayotgan, oila qurishni ko’zlayotgan insonlarni o’z ichiga kiritadi.
248
 
Marketing faoliyati davomida asosiy iste’molchilar talablarini batafsil va to‘la 
o‘rganishni, ushbu talabni qondirish, sotishning jarayonini o‘stirish va tadbirkorlik 
faoliyatida umumiy samaradorligini oshirish maqsadida talabni shakllantirish va 
rag‘batlantirishni hal qilishni ko‘zda tutadi. Ushbu maqsadga, birinchi navbatda, 
kommunikatsion siyosat deb nomlangan tizim javob beradi, reklama uning tarkibiga 
bozorga ta’sir qiluvchi kompleks choralar sifatida kiradi. 
Har bir insonning shaxsiyati uning his tuyg’ulariga, xaridor xulqiga bevosita 
ta’sir o’tkazadi. Shaxsiyat bu insonni farqlantiruvchi ruxiy xususiyatdir. Shaxsiyat 
ko’pincha o’ziga ishonch, kirishimlilik, ko’nikuv-chanlik kabi insonlarning o’ziga 
xos husuiyatlarini o’z ichiga oladi. Shaxsiyatni o’rganish insonlarning turli xil 
mahsulot va brendlarga bo’lgan qarashi, iste’molchi xuqlini o’rganishda foydali 
bo’lishi mumkin.
 
248
Phillip Kotler, Gary Armstrong. Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson Education Limited” nashriyoti. 
2014 yil. 169-b. 


357 
Asosiy fikr shuki, brendlar ham o’zida shaxsiyatni aks ettiradi va shuning 
uchun iste’molchilar o’z shaxsiyatiga to’g’ri keluvchi brendlarni tanlashga urinadi. 
Brend individualligi bu shaxs va brend o’ziga xos husuiyatlari jamlanmasidir. Bir 
tadqiqotchi, brend individualligining besh turi mavjudligini aniqlagan bo’lib, ular 
Samimiylik (haqiqatgo’y, xush-chaqchaq), ruxlanish(jasur, matonatli), qobiliyat 
(ishonchlilik, donolik va muvaffaqiyatlilik), nafslilik (o’ziga jalb etuvchi), 
bardoshlilik kabilarni o’z ichiga oladi.Sizning shaxsiyatingiz nimani iste’mol 
qilishingiz, qanday ko’rsatuvlarni ko’rishingiz va qanday qarorlarni qabul 
qilishingizga ta’sir o’tkazadi. 
 
Ko’p mashhur brendlar ayni bir xususiyat, masalan Ford kompaniyasi
“mustahkamlik”, Washington Post kompaniyasi “qobiliyat”, Metod kompaniyasi 
“samimiylik”, Gucci kompaniyasi “nafislik” bilan bog’lanadi. Jumladan, ushbu 
brendlar shu xususiyat-larga ega bo’lgan haridorlarni ko’proq o’ziga jalb etadi.
249
 
Reklamaning muhim elementlaridan - sotishni rag‘batlantirish vositasi, servis 
siyosati, to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaxsiy sotishlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda 
ishtirok etish, tovar belgisi, o‘rash-joylash, ishlab chiqa ruvchilar va iste’molchilar
o‘rtasida shaxsiy munosabatlarning shakllanishi, ommaviy axborot vositalari bilan 
ishlash va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish