jixozlarini yetkazib berish bilan shug’ullanadi.
244
Yuqorida sanab o’tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda
foydlanish lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste’molsidan sanoat
korxonalariga va savdoga, ulardan esa qarama-qarshi yo’nalishdagi uzluksiz axborot
oqimini ta’minlaydi. Bu esa o’z vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga.
Sotish shartlariga, xizmat ko’rsatish sohasiga o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi.
Marketingning sanab o’tilgan maqsadlari va vazifalari bozor faoliyatini tashkil
qilish to’g’risida to’liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini to’liq
halqilish uchun tayyor retseptning o’zi bo’lishi mumkin emas.
Zigmund Freydning ta’kidlashicha inson hatti harakatlariga asos bo’luvchi
haqiqiy omillarni anglatmaydi. Masalan, BMW usti ochiq sport versiyasini olgan
xaridor, xaridining sababi qilib shunchaki unga shamol esib turishi istagi deb
keltirishi mumkin. Balki u boshqalarda taassurot qoldirishni yoki o’zini yana yosh
his qilishni istaydi.
245
177-rasm
Marketingni qo’llashdan oldin avvalombor
sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim.
Chunki marketing – murakkab, harakat va
sabr-toqat talab qiluvchi, shu bilan birga
tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan
aholining yetarli darajada yuqori bo’lgan
ehtiyoji va talabiga, uning xarid
qobilyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va
xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob
berishi kerak.
244
Phillip Kotler, Gary Armstrong. Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson Education Limited” nashriyoti.
2014 yil. 162-165b.
245
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 299-b.
354
Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash erkinlikka javob berishi kerak.
Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash uchun tovar assortimentini tez
o’zgartirish , uni ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan bo’lishi
lozim.Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi.
Bunda tashqari marketingli faoliyatyuritish uchun, korxonani boshqarish va
rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar,
yuqori darjada jihozlangan bozor kanallari orqali realizatsiya qilishdan iborat
tashkiliy masalalarni hal qilish zarur.
Osiyo-Amerikan iste’molchilar.
16 millionni tashkil etuvchi, 2015 yilga kelib,
yillik xarid quvvati 775 milliard dollarga yetgan guruh vakillari hisoblanadi.
Osiyoliklar eng shiddatli rivojlanish bo’yicha Ispan-Amerikanlardan keyingi
o’rinda turgan bozor segmenti hisoblanishadi. Shuningdek, ular Ispan-
Amerikanlarga o’xshab turli guruhlardan tashkil topgan. Xitoyliklar eng katta
qismni tashkil etsada, ulardan keyin Filippinlar, Hindlar, Vietnamlar, Koreyaliklar
va Yaponlar guruxituradi. Faqatgina turli xilshevada gapiruvchi Ispanlardan farqli
o’laroq, bu guruh vakillari tili bir birinikidan keskin farq qiladi.
Osiyolik iste’molchilar ko’p xarid qilishadi va boshqa millat vakillaridan
farqli o’laroq, bitta brendga va bitta mahsulotga juda sodiq bo’lishadi. Shu
sababdan, ko’p korxonalar shu guruh vakillariga o’z e’tiborlarini qaratmoqdalar.
Misol uchun, Subaru kompaniyasining asosiy xaridorlari Osiyoliklar, aniqroq qilib
aytganda Amerika Xitoyliklari bo’lganliklari sababli, korxona aynan shu guruhga
bor e’tiborini qaratgan.
246
178-rasm
Ko’p hollarda, marketologlar xaridorlarni ularda muammo borligiga
ishontirishadi va shu mahsulot shu muammolarni hal qilishga yordam berishini
ta’kidlashadi.
Misol uchun, Quill.com ning mashhur reklamasi, xaridor ko’p hollarda
uchraydigan muammosini ko’tarib chiqadi: Printeringiz siyohi tugab qolsa, nima
qilish kerak. Reklamadagi vizual effektlar, mavzuni hiralashtirib va yana paydo
qilib, juda ham samarali tarzda, ham muammoni ham yechimni ko’rsatadi.
“Siyohingiz tugab qolsa, biz uni tezlik bilan almashtirib beramiz” deb yoziladi,
Quill.com da.
247
246
Phillip Kotler, Gary Armstrong. Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson Education Limited” nashriyoti.
2014 yil. 206-b.
247
Phillip Kotler, Gary Armstrong. Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson Education Limited” nashriyoti.
2014 yil. 166-b.
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar,
iste’molchilar va shu bilan birga boshqa soha xodimlari
ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va undan
samarali foydalanishlari lozim.
355
Tadbirkor xaridorlar qaror qabul qilish jarayonida ko’pgina ta’sirlar duchor
bo’lishadi. Ayrim iqtisodchilar bu ta’sirlarni iqtisodiy deb ta’kidlashadi. Ular,
xaridorlar eng yaxshi mahsulot yoki xizmatlarni eng past narxlarda yetkazib
beruvchilar bilan hamkorlik qilishadi deb o’ylaydi. Iqtisodiyotda turg’unlik
davrlarida, bunday omillar xaridor uchun juda muhim hisoblanadi. Zero, tadbirkor
xaridorlar aslida ham iqtisodiy ham insoniy omillarni hisobga olishadi. Tadbirkor
xaridorlar ham odam, jamiyat a’zolari. Ular ham sabab ham xis tuyg’uga
asoslanishadi. Ko’pgina marketologlar tadbirkor xaridorlar qaror qabul qilish
jarayonlarida xis tuyg’u muhim rol o’ynashini tan olishmoqda.
Reklama faoliyatining kelib chiqish tarixi qadimga borib taqaladi. Eng qadim
davrlarda kurash tushuvchi polvonlarni davrada va boshqa joylarda ularning janglari
haqida jar solib gapirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |