356
tovarlarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga yoki ushlab turishga xizmat qiluvchi,
bozorda ularni raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan harakatga aytiladi.
Shubhasiz, inson hayoti davomida xarid qiladigan
tovar va xizmatlar turlari
vaqt o’tishi bilan o’zgarib boradi. Ovqat, kiyim-kechak, jihozlar tanlashdagi didi
hayoti davomida shakllanadi. Hayot bosqichi ham xarid xulqiga ta’sir
etishi
mumkin. Hayot bosqichidagi o’zgarishlar-demografiya,hayot o’zgatiruvchi voqea-
hodisalar bo’mish: oila qurish, ajrashish, bola ko’rish, uy sotib olish, farzandlarining
maktabni bitirishi, shaxsiy daromadidagi o’zgarishlar,
bir uydan boshqa uyga
ko’chishi va nafaqaga chiqishi kabilar natijasidir. Marketologlar ko’pincha o’zlariga
kerak bo’lgan hayot bosqichini tanlashadi va shu bosqichga to’g’ri keluvchi
mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashadi.
179-rasm
Xaridor qaroriga uning
yoshi, kasbi, iqtisodiy
holati, yashash tarzi,
shaxsiyati, o’zini
anglashi kabi shaxsiy
faktorlar ta’sir qiladi.
Misol uchun “Axioms Personix” kompaniyasi Amerika fuqarolari hayot
bosqichlariga qarab ularni 70 ta iste’molchi segmentiga va 21 ta hayot bosqichiga
bo’lgan holda guruhlarga ajratadi. “Axioms Personix”kompaniyasi hayot
bosqichiga qarab guruhlarni, boshlang’ich, qabul qiluvchilar, pul va karyera, oila,
o’tish davri, oltin davr kabi nomlar bilan nomlab chiqqan. Qabul qiluvchilar guruhi
o’z ichiga yosh, serg’ayrat, ijtimoiy hayotda faol sport bilan shug’ullanuvchi
insonlarni olsa, o’tish davri kam daromadlilikdan barqarorlik, daromadli hayotga
o’tayotgan, oila qurishni ko’zlayotgan insonlarni o’z ichiga kiritadi.
248
Marketing faoliyati davomida asosiy iste’molchilar talablarini batafsil va to‘la
o‘rganishni, ushbu talabni qondirish, sotishning jarayonini o‘stirish va tadbirkorlik
faoliyatida umumiy samaradorligini oshirish maqsadida
talabni shakllantirish va
rag‘batlantirishni hal qilishni ko‘zda tutadi. Ushbu maqsadga, birinchi navbatda,
kommunikatsion siyosat deb nomlangan tizim javob beradi, reklama uning tarkibiga
bozorga ta’sir qiluvchi kompleks choralar sifatida kiradi.
Har bir insonning shaxsiyati uning his tuyg’ulariga, xaridor xulqiga bevosita
ta’sir o’tkazadi. Shaxsiyat bu insonni farqlantiruvchi ruxiy xususiyatdir. Shaxsiyat
ko’pincha o’ziga ishonch, kirishimlilik, ko’nikuv-chanlik kabi insonlarning o’ziga
xos husuiyatlarini o’z ichiga oladi. Shaxsiyatni o’rganish insonlarning turli xil
mahsulot va brendlarga bo’lgan qarashi, iste’molchi xuqlini o’rganishda foydali
bo’lishi mumkin.
248
Phillip Kotler, Gary Armstrong. Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson Education Limited” nashriyoti.
2014 yil. 169-b.
357
Asosiy fikr shuki, brendlar ham o’zida shaxsiyatni aks ettiradi va shuning
uchun iste’molchilar o’z shaxsiyatiga to’g’ri keluvchi brendlarni tanlashga urinadi.
Brend individualligi bu shaxs va brend o’ziga xos husuiyatlari jamlanmasidir. Bir
tadqiqotchi, brend individualligining besh turi mavjudligini aniqlagan bo’lib, ular
Samimiylik (haqiqatgo’y, xush-chaqchaq), ruxlanish(jasur, matonatli), qobiliyat
(ishonchlilik, donolik va muvaffaqiyatlilik), nafslilik (o’ziga jalb etuvchi),
bardoshlilik kabilarni o’z ichiga oladi.Sizning shaxsiyatingiz nimani iste’mol
qilishingiz, qanday ko’rsatuvlarni ko’rishingiz va qanday qarorlarni qabul
qilishingizga ta’sir o’tkazadi.
Ko’p mashhur brendlar ayni bir xususiyat, masalan Ford kompaniyasi
“mustahkamlik”, Washington Post kompaniyasi “qobiliyat”, Metod kompaniyasi
“samimiylik”, Gucci kompaniyasi “nafislik” bilan bog’lanadi. Jumladan, ushbu
brendlar shu xususiyat-larga ega bo’lgan haridorlarni ko’proq o’ziga jalb etadi.
249
Reklamaning muhim elementlaridan - sotishni rag‘batlantirish vositasi, servis
siyosati, to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaxsiy sotishlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda
ishtirok etish, tovar belgisi, o‘rash-joylash, ishlab chiqa ruvchilar va iste’molchilar
o‘rtasida shaxsiy
munosabatlarning shakllanishi, ommaviy axborot vositalari bilan
ishlash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: