Hayot faoliyati


Majburiy yolg‘izlik holatida o‘zini suv bilan ta’minlash



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/118
Sana29.05.2022
Hajmi1,36 Mb.
#617033
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118
Bog'liq
Hayot faoliyati

Majburiy yolg‘izlik holatida o‘zini suv bilan ta’minlash 
Inson organizmining kam foizda suvsizlanishi uning hayotiy 
faoliyati buzilishiga, 10 %dan ko‘proq suvsizlanish esa inson 
ichki a’zolari faoliyatining buzilishiga hamda o‘limga olib 
kelishi mumkin. 
Iqlimi nisbatan past haroratli bo‘lgan hududlarda kam 
jismoniy harakat qilinganida suvga bo‘lgan ehtiyoj 1,5-2 litrdan 


46 
oshmaydi. Ammo havoning harorati yuqori bo‘lgan hududlar, 
ayniqsa cho‘l va tropik o‘rmon sharoitlarida suvga bo‘lgan 
ehtiyoj keskin ortib, sutkasiga 4-
6 litr, ba’zan undan ham 
ko‘proqni tashkil etadi. Majburiy yolg‘izlik holatida havoning 
yuqori harorati va quyosh radiatsiyasi organizmning tez 
suvsizlanishiga olib keladigan hududlarda o‘zini suv bilan 
ta’minlash birinchi darajali muammoga aylanadi. 
Bunda suv manbalarini shartli ravishda bir qancha 
guruhlarga bo‘lishimiz mumkin: ochiq suv manbalari (daryo, 
ko‘l,irmoqlar), yer tagidagi yopiq suv manbalari (buloq, yerosti 
suvlari), biologik suv 
manbalari (suvli o‘simliklar, bambuk, 
kaktus, lianalar), atmosfera suv manbalari (qor, yomg‘ir, muz 
va hk.). Arktik sharoitlarda yil mavsumlariga ko‘ra suv manbasi 
sifatida qor, muz, muz ustida yig‘ilgan suvlar, yozgi tundra 
sharoitida ko‘l, irmoq, botqoqliklar, tayga sharoitida daryo, 
ko‘l, botqoqliklar xizmat qilishi va insonga ichish, ovqat 
52 
tayyorlash va xo‘jalik maqsadlarida zarur bo‘lgan suv miqdori 
bilan ta’minlashi mumkin. 
Cho‘l sharoitida suv bilan ta’minlash muammosi o‘ziga xos 
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Chunki bunday sharoitda suv 
havzalari juda kam uchraydi hamda relyef va o‘simliklarning 
belgilari kabi zaruriy maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega 
bo‘lmasdan ularni topish juda katta muammo hisoblanadi. 
Tropik o‘rmon sharoitida suv bilan ta’minlash nafaqat suv 
havzalari balki bambuk, liana, palma, baobab kabi suvni o‘zida 
ko‘p saqlaydigan daraxtlar va o‘simliklar kabi biologik manbalar 
tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Tog‘ sharoitida esa 
daryo, irmoq, buloq, qor qatlamidan foydalanish mumkin. 
Tog‘ va o‘rmon sharoitida buloq, irmoq, daryo suvlarini 
ichish mumkin. Ammo bir joyda turib qolgan suv havzasidagi 
suvni ichishdan oldin uni yaxshilab tozalash va zararsizlantirish 
kerak. Buning uchun bir necha qavatli bintdan filtr yasash yoki 
bo‘sh konserva bankasining tagidan bir nechta teshiklar qilib 
bankaning tagiga ozroq qum solish mumkin. Yana suv havzasi 
qirg‘og‘idan 1-1,5 metr uzoqlikda chuqurcha qazilsa u ozroq 
vaqtdan keyin toza, tiniq suv bilan to‘ladi. 
Biroq bir joyda turib qolgan suv havzalaridan olinadigan 
suvni oddiy tozalash yetarli emas, chunki bunday suvda inson 


47 
sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan oshqozon-ichak kasalliklari, virusli 
gepatit kabi kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib ularni 
zararsizlantirish 
kerak. Suvni zararsizlantirish uchun margansovkadan 
foydalanish mumkin, ya’ni bunda suv margansovka 
kukuni yordamida oqish pushtirangga kiritiladi. Keyin suv bir 
soat mobaynida tinitish uchun qo‘yib qo‘yiladi va iste’mol 
qilinadi. Ba’zan shu maqsadlarda 5 %li yod eritmasidan ham 
foydalaniladi, ya’ni bir litr suvga 2-3 tomchi yod eritmasi 
qo‘shiladi. 
Agarda qo‘l ostida kimyoviy vositalar bo‘lmasa, unda eman, 
iva kabi daraxt tanasi po‘stlog‘i kabi qo‘lbola vositalardan 
foydalaniladi. Bunda bir chelak suvga 100-
150 gr po‘stloq 
solinib 30-40 minut mobaynida qaynatiladi hamda 6-7 soat 
mobaynida tinitish uchun quyib quyiladi. Suvni tozalash 
maqsadida mingtomir, fialka kabi o‘tlardan foydalanish ham 
53 
mumkin. Ammo suvni zararsizlantirishning eng oddiy va 
sinalgan usuli - bu qaynatishdir. 
Majburiy yolg‘izlik holatida agarda suv havzalari bir-biridan 
ancha uzoq masofada joylashgan bo‘lsa, suv zaxiralarini 
tayyorlash mumkin. Agar suv havzalari o‘rtasidagi masofa yaqin 
bo‘lsa uni o‘sha joyda olish, tozalash, zararsizlantirish hamda 
iste’mol qilish kerak. 
Ijtimoiy ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlar ko‘pincha inson 
jismoniy va ruhiy yolg‘izlanib qolganda yuzaga keladi. Bunda 
insonning hayotiga, mol-mulkiga, mavqeyiga zarar yetkazishga 
intilish kuzatiladi. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish