Hayot faoliyati



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/118
Sana29.05.2022
Hajmi1,36 Mb.
#617033
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118
Bog'liq
Hayot faoliyati

Nazorat savollari 
1. Kundalik maishiy uy jihozlaridan foydalanish qoidalarini 
ko‘rsating. 
2. Maishiy elektr jihozlaridan foydalanganda nimalarga 
e’tibor qaratish lozim? 
3. Gaz uskunalari va jihozlaridan foydalanganda qanday 
qoidalarga rioya qilish zarur? 
4. Kundalik hayotda uyni isitish jihoz(isitgich)laridan 
foydalanganda 
qanday xavflar yuzaga kelishi mumkin? 
24 
IV MAVZU. Y
ONG‘INDAN SHIKASTLANGANDA 
BIRINCHI TIBBIY YORDAM BERISH 
Kuyish, deb to‘qimalarning yuqori harorat ta’siri natijasida 
shikastlanishiga aytiladi. Etiologik holatiga ko‘ra termik, 
kimyoviy nur hamda elektr ta’sirida kuyishlar ajratiladi. Termik 
kuyishlar shik
astlanishlar ichida eng ko‘p tarqalgan. Bu 
kuyishlar to‘qimalarga yuqori harorat ta’sir etganda ro‘y beradi. 
Haroratning miqdoriga kuygan joyning o‘rni, chuqurligi hamda 
shikastlangan kishining yoshiga qarab ba’zan yengil, ba’zan 
og‘ir kechib, bemor ahvolini og‘irlashtiradi va hayotiga xavf 
soladi. 
Qaynoq suv va turli issiq suyuqliklardan kuyish shu bilan 
xarakterlanadiki, bunda eng baland harorat 100 gradusdan 
oshmaydi. Ularning intensivligi, ta’sir muddati uncha katta 
bo‘lmaydi, shuning uchun ham bu hollarda yuza kuyishlar ro‘y 
beradi (I, II, III darajali). Bu kuyish ko‘pincha sirkulyar holatida 
bo‘lmaydi, u ko‘pincha tananing old tomonida bo‘lishi 
mumkin (qorinda, chotda, oyoqda). Kuyish darajasi uncha 
katta bo‘lmay, u 3-10 %ni tashkil etadi. 
Issiq b
ug‘dan kuyganda jarohat kamdan kam hollarda teri 
ichiga o‘tadi, teri yuzasida esa uning sathi katta (60 %gacha va 
undan ortiq) bo‘ladi. Kuyishlar yana issiq kleysimon va 
yopishqoq moddalardan ham bo‘lishi mumkin (masalan, issiq 
yelimdan, bitum va boshqalar). Issiq massalar badanga yopishib 
qolib, uzoq muddat davomida jarohatning tubiga yomon ta’sir 
qiladi. 


21 
Yong‘indan kelib chiqadigan kuyishlar eng og‘ir kuyishlardan 
hisoblanadi. Jabrlanuvchining kiyim-kechagi yonishi 
oqibatida (ba’zan tez yonadigan suyuqliklarga namiqqan) 
jarohatning tarqalishi va ichkariga o‘tib ketishi kuchayadi. 
Erigan metalldan kuyishlar chuqur kuyishlardan bo‘lib, 
(III-IV darajali), bunda faqatgina teri emas, teri osti qavatlari 
(teri osti biriktiruvchi to‘qimasi, paylar, mushaklar va hatto 
suyaklar) ham kuyadi. Bunday kuyishning yoyilib ketishi 
25 
cheklangan holda bo‘ladi, shuning uchun ham kuyish kasalligi 
sodir bo‘lmaydi. Etiologik omil tabiatiga ko‘ra issiq predmetlardan 
kuyishlar (kontaktli kuyishlar) kuyishning boshqa ko‘rinishlari 
ichida ajralib turadi. 
Kuygan joydagi to‘qimaning patalogoanatomik o‘zgarishlari, 
zararlanish chuqurligiga qarab kuyish darajasi 4 xil bo‘ladi: 
I darajali kuyish 
– bunda teri qizaradi (giperemiya), shishadi, 
qattiq og‘riydi; II darajali kuyishda sariq suyuqlik yig‘ilgan 
pufakchalar paydo bo‘ladi. Agar pufakchalar yorilgan bo‘lsa, 
barmoq bilan bosganda to‘q pushti rangli suyuqlik chiqib, teri 
yuzasi qattiq og‘riydi. 
III darajali kuyish esa teri nekrozi bilan ifodalanadi. III (a) 
darajali kuyishda 
ham II darajali kuyishda bo‘lganidek, 
pufakchalar hosil bo‘ladi, faqat undagi suyuqlik gemogragik 
tusda bo‘ladi. Pufaklar yorilganda ularning tagi ko‘pincha och, 
ba’zan och pushti rangda, bosganda esa ajralib chiqqan suyuqlik 
rangsiz bo‘lmaydi. Og‘riqni sezish keskin kamayadi. 
III (b) darajali kuyish terining butun qatlamini chuqur 
shikastlaydi. Bunda odatda, quruq qalin, sariq qo‘ng‘ir rangli 
qasmoq hosil bo‘ladi, ba’zida teri osti venasida tromb hosil 
bo‘lishi kuzatiladi, og‘riq sezilmaydi. 
IV darajali kuyishda terining butun qavati va teri osti 
to‘qimalari kuyadi, ba’zan kuyish suyakkacha tarqaladi. Bunda 
avvalgidek qalin qasmoq yuzaga keladi. 
Kattalarda kuygan teri sathi 25
–30 % bo‘lganda va chuqur 
kuyish 10 %dan ortiq bo‘lganda, amalda doimo sezilarli 
umumiy buzilishlar bilan kechib, u birlashgan tushuncha bilan 
«kuyish kasalligi» deb tushuniladi. Bolalarda ayniqsa 2
–3 
yoshgacha, ozgina kuygan joyi bo‘lsa ham «kuyish kasalligi» 
alomatlari taraqqiy etadi. Nafas a’zolarining shikastlanishi (issiq 


22 
havo yo
ki bug‘ bilan) kuyish kasalligini og‘irlashtiradi. 
Kuyishda bo‘ladigan shok holati 24–72 soatgacha davom 
etadi. O‘tkir kuyish toksemiyasi – bu kuyishning 2-bosqichi 
hisoblanib, u 2
–3 sutkadan to 14–15 sutkagacha davom etadi. 
Bu davr organizmning zaharlanishi bilan ifodalanadi. Kuyishda 
qonda zaharli moddalar bir necha soatlardan so‘ng paydo 
bo‘ladi. Lekin sodir bo‘lgan shok holatida zaharlanish holati 
26 
kamdir, chunki kuyishning 1- 
davrida ko‘p suyuqlik quyilishi 
zaharlarni qon tomirlaridan chiqarib yuboradi. Qon 
aylanishning yaxshilanishi, qon tomirining o‘tkazuvchanligi, 
ortiqcha suyuqliklarning qaytib kelishini kuchaytiradi, shu bilan 
birga to‘qimalarda bo‘lgan zaharli moddalar chiqib ketadi. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish