Nazorat savollari
1. Kuyish, deb nimaga aytiladi ?
2. Kuyishning turlarini ko‘rsating.
3. Kuyish nechta darajaga bo‘linadi?
4. Kuyishd
a birinchi yordam berish tartibini ko‘rsating.
28
V MAVZU. TERRORISTIK AKTLAR YUZ BERGANDA
HARAKATLANISH TARTIBI. AXBOROT XAVFSIZLIGI
Terroristik harakatlar va ularning insoniyatga qarshi ekanligi.
Dunyoda yuz berayotgan turli-tuman voqea va hodisalar
insoniyatni tashvishga solmoqda. Ayniqsa, turli diniy niqoblar
ostida amalga oshirilayotgan terroristik harakat tinchlikka rahna
solib, jamiyat barqarorligi va osudaligiga putur yetkazmoqda.
Bugun axborot oqimi kuchaygan bir pallada hali ongi
shakllanmagan
yoshlar turli oqimlar ta’siriga tushib terroristik tashkilotlarning
o‘z kuchlarini to‘plash manbayiga aylanib qolmoqda.
Bunday razil niyatli kishilarni dunyoning turli burchaklarida
24
uchratish mumkin. «. . . insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas
qismi
bo‘lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor
kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm
(o‘ta mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko‘rsatuvchi
misollar ko‘p. Aynan fanatizm illatiga yo‘liqqan odamlar yoki
ularning guruhlari jam
iyatda beqarorlik to‘lqinini keltirib
chiqarishga qodir bo‘ladilar.» deb ko‘rsatgan edi Prezidentimiz
I. Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli
asarida. Holbuki, dunyoning turli burchaklarida yuz berayotgan
terroristik harakatlar oqibatida minglab odamlar halok
bo‘lmoqdalar.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun diniy ekstremizm va xalqaro
terrorizmning xavfi 1990-yilda Namangan va Andijonda,
1990-1996-yillarda Tojikistondagi fuqarolik urushi davrida,
1999-yil Toshkent shahrida, 2004-yil Toshkent shahri va
Buxoroda yuz bergan harakatlar misolida ko‘rindi. Mamlakatimiz
Prezidenti I. Karimov 1993-yilda BMT Bosh Assambleyasining
48-
sessiyasida qilgan nutqida Afg‘oniston muammosini
izchil
o‘rganish va uni hal etishga chaqirdi. Biroq, bu chaqiruv
qanchalik to‘g‘ri ekanligini keyingi paytlarda yuz bergan
terroristik harakatlardan so‘ng ko‘plab mamlakatlar e’tirof etdi.
29
2001-yilning 28
–sentabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi
1373
–sonli rezolyutsiyasini qabul qildi. BMT doirasida
terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi tuzildi. Ushbu qo‘mitaning
tuzilishi va faoliyati I. Karimov taklif qilgan terrorimzga qarshi
kurash xalqaro markazining konsepsiyasiga hamohangdir. Zero
yurtboshimiz 1999-yiln
ing noyabrida Stambulda bo‘lib o‘tgan
Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Sammitida va
2000-yilning sentabrida Nyu-
Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh
Assambleyasining «Mingyillik sammiti» da BMT tuzilmalarida
terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tashkil etish taklifi
bilan chiqqan edi.
O‘zbekiston BMT ning terrorizmga qarshi kurash va uning
oldini olishga yo‘naltirilgan 12 ta xalqaro hujjatni ratifikatsiya
qildi. Yevropa Kengashi doirasida ham terrorizmga qarshi
kurashga qaratilgan 7 xalqaro shartnomalarni imzolagan.
Umuman olganda O‘zbekiston barqaror taraqqiyotga rahna
25
soluvchi har qanday kuch hamda uning bir ko‘rinishi bo‘lgan
terrorizmga qarshi kurashda faol harakat olib borayotgan
davlatlardan biri hisoblanadi.
Terrorizmga qarshi kur
ashda O‘zbekistonda o‘ziga xos
milliy huquqiy asos ham yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 57
– moddasida milliy va diniy
ruhdagi siyosiy partiyalar hamda jamoat birlashmalarining
tuzilishi va faoliyati taqiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-dekabrda qabul
qilingan «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonuni
yurtimizda bunday kuchlar faoliyat olib borishini umuman
taqiqlaydi va uni qonuniy yo‘l bilan bartaraf etadi.
Terrorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat
birlashmalari, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar
tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa
profilaktik choralar majmuyini o‘tkazish orqali amalga
oshiriladi.
Ushbu qonunga ko‘ra mamlakatimiz hududida:
-
terrorizmni targ‘ib qilish;
30
- terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda
ularning faoliyat ko‘rsatishi;
- terrorchilik faoliyatiga daxldor yuridik shaxslarni, ularning
bo‘linmalari (filiallari) va vakolatxonalarini (shu jumladan chet
el va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini) akkreditatsiya
qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyat ko‘rsatishi;
- terrorchilik faoliyatiga daxldor chet el fuqarolari hamda
fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga
kirishi;
- tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga
oid ma’lumotlar va faktlarni yashirish taqiqlanadi.
Shu o‘rinda «Terror» tushunchasini sharhlab o‘tish ham
lozim.
«Terror» - lotinch
a so‘z bo‘lib – «qo‘rquv» ma’nosini bildiradi.
«Terror» degan tushuncha birinchi marotaba 1798-yilda
paydo bo‘lgan. Terrorizm – avvalambor, siyosiy – huquqiy, tarixiy,
ijtimoiy
– psixologik, dinlararo va boshqa muammolarga
borib taqaluvchi juda murakkab,
turli ko‘rinishli, o‘zgaruvchan
26
va kundan kunga avj olib borayotgan mudhish hodisa bo‘lib,
uning bartaraf qilinishi bu muammolarning yechimi bilan ham
bog‘liq. Zero hozirgi kunga qadar terrorizm tarixi haqida yakdil
xulosaga kelinganicha yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |