08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
80/232
(225-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi O‘RQ-617-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organning xodimi amalga
oshirilgan ushlab turish haqida ushlangan shaxs ichki ishlar organiga
yoki huquqni muhofaza
qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan e’tiboran o‘n ikki soat ichida prokurorga yozma
shaklda xabar berishi shart.
(225-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish, hujjatlarni talab qilish va ko‘zdan
kechirish
ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan
paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay o‘tkazilishi lozim.
(225-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushlab turishga asos bo‘lmagan taqdirda, ichki ishlar organi bo‘linmasining boshlig‘i yoki
boshqa vakolatli shaxs ushlanganni ozod qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Qarorning nusxasi darhol
prokurorga yuboriladi.
(225-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat joyida ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri
amalda yakunlangan paytdan boshlab u bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilguniga
qadar uning himoyachi bilan xoli uchrashishi ta’minlanadi. Bu haqda bayonnoma tuziladi.
(225-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushlab turish, jinoyat ishi qo‘zg‘atish, ishda gumon qilinuvchi tariqasida
ishtirok etishga jalb
qilish to‘g‘risidagi qarorlar darhol gumon qilinuvchiga e’lon qilinadi, ayni vaqtda unga ushbu
Kodeksning
48-moddasida
nazarda tutilgan huquqlari tushuntiriladi va tanlangan yoki tayinlangan
himoyachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi. Qaror bilan
tanishtirilgani va huquqlari
tushuntirilgani qarorda qayd etilib, vakolatli shaxs va ushlangan shaxs tomonidan imzolanib,
tasdiqlanadi. Bunda ushlangan shaxs ushlab keltirilgan paytdan boshlab yigirma to‘rt
soatdan
kechiktirilmay so‘roq qilinishi lozim.
(225-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: