Asosiy qoidalar


-modda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

222-modda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga
ega bo‘lgan shaxslar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ichki ishlar organining, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni yoki dastlabki tergovni
amalga oshiruvchi boshqa organning xodimi, shuningdek muomalaga layoqatli har qanday shaxs
ushbu Kodeksning
221-moddasida 
ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyat sodir
etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni
muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir.
(222-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
223-modda. Ushlash chog‘ida immunitet huquqidan foydalanuvchi shaxslar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Deputatlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha
vakil, sudyalar va prokurorlar ushlab turilishi hamda ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza
qiluvchi boshqa organga olib kelinishi mumkin emas. Mazkur taqiq ushbu Kodeks 221-moddasining
1-bandida 
nazarda tutilgan ushlab turish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(223-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
224-modda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ushlab turish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning ushbu Kodeksning 
221-
moddasida 
ko‘rsatilgan asoslaridan bittasi mavjudligini bevosita aniqlasa yoki boshqa shohidlarning
so‘zlaridan aniqlasa:
1) o‘zini tanishtirishi va ushlab turilgan shaxsning talabiga ko‘ra o‘z shaxsini tasdiqlovchi
hujjatni ko‘rsatishi;
2) gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini ma’lum qilishi;
3) ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon qilish yoki xabar berish,
himoyachiga ega bo‘lish, ko‘rsatuvlar berishni rad etishga bo‘lgan protsessual huquqlarini
tushuntirishi;


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
79/232
4) ushlab turilgan shaxsga u bergan ko‘rsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning
o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi;
5) ushlab turilgan shaxsdan yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza
qiluvchi boshqa organga birga borishini talab qilishi shart.
Ushlanayotgan shaxsda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan
qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, ushlayotgan vakolatli shaxs
uni shaxsiy tintuv yoki olib qo‘yishni amalga oshirishga haqlidir. Shaxsiy tintuv o‘tkazish yoki olib
qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza
qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so‘ng xolislar hozirligida tuzilishi mumkin.
Ushbu moddaning 
birinchi 
va 
ikkinchi qismlarida 
nazarda tutilgan protsessual harakatlar
videoyozuv orqali qayd etilishi shart.
Ushbu moddaning 
birinchi 
va 
ikkinchi qismlarida 
nazarda tutilgan protsessual harakatlarni
bajarishni kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, ularni videoyozuv orqali qayd etmasdan amalga
oshirishga yo‘l qo‘yiladi. Mazkur qoida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa
organ binosida amalga oshiriladigan ushlab turishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shaxsni ushlash videoyozuv orqali qayd etilmagan holda, ichki ishlar organi xodimi yoki
boshqa vakolatli shaxs ushlab turilgan shaxs yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni
muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinganidan so‘ng videoyozuvdan foydalangan holda
uning protsessual huquqlarini tushuntirishi shart. Ushlab turilgan shaxsga videoyozuv uni
namoyish qilish orqali tanishtiriladi.
Shaxsni yalang‘ochlash bilan bog‘liq shaxsiy tintuvni videoyozuv orqali qayd etish taqiqlanadi.
Ushlab turish, shaxsiy tintuv qilish yoki olib qo‘yish bayonnomasiga protsessual harakatlar
videoyozuv orqali qayd etilganligi haqida yozib qo‘yilib, videoyozuv materiallari bayonnomaga
qo‘shib qo‘yiladi.
Agar ushlangan shaxs ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, gumon
qilinuvchining huquqlari unga tarjimon ishtirokida birinchi so‘roqqa qadar tushuntirilib, bu haqda
bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
Vakolatli shaxslar va fuqarolar qonunga xilof yoki asossiz ushlab turganlik yoxud ushlash
vaqtida vakolatlari doirasidan chetga chiqqanlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
(224-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi O‘RQ-617-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son)

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish