O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/99
Sana29.05.2022
Hajmi1,29 Mb.
#615287
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99
Bog'liq
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

kamchiliklar:
-
aksariyat mavzularning dolzarb pedagogik muammolar yechimiga 
qaratilmaganligi, ularda yangi, konseptual g‘oyalarning yo‘qligi; 
-
farazlarning isbot talab qilmaydigan holatda noaniq ifodalanishi; 
-
jiddiy xulosalarning yo‘qligi, ularning nazariy va amaliy jihatdan 
noaniqligi; 
-
shablonlik; (bir qolipdalilik) 
- tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari yo‘qligi va boshqa 
cheklaydigan asosiy omillar; 
-
malakaning yetarli emasligi; 
-
umrini yashab bo‘lgan sobiq eski tuzim pedagogikasi g‘oyalaridan 
xalos bo‘la olmaslik; 
-tadqiqot metodlaridan to‘g‘ri foydalana bilmaslik va h.k. 
2.2.Metodologik ta’minot manbalari.
Zamonaviy pedagogikaning metodologiyasiga e'tiborning kuchayishi, bejiz 
emas. Mamlakatimizda demokratik tamoyillarning qaror topishi, kuchli huquqiy 
davlat zamirida ochiq fuqarolik jamiyati qurilganligi ta'lim va tarbiyaga yangicha 
mohiyat, mazmun baxshida etayotganligida o‘z aksini topmoqda. Bu yangi 
modelning muvaffaqqiyati ko‘p jihatdan zamonaviy pedagogikaning rivojlanish 
darajasiga bevosita bog‘liqdir.
Pedagogika fanining metodologik asosi hisoblanmish O‘zbekiston 
Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon 
qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli, ulug‘vor vazifalarni 
yukladi. 
Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik 
masalalarni yechish bilan birga xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika 
metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalar 
ishonchliligini ta'minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlar pedagogik 
tadqiqotlarni samarali tashkil etish va amaliyotda tatbiq etish uchun zamin 
hozirlaydi. Bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga 
nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. 
Metodologiya tushunchasi murakkab va har doim ham bir xilda talqin 
qilinavermaydi. Hozirgi kunda pedagogika fanining metodologik asosi falsafadir. 


34 
“Falsafaning bosh masalasi - ob'ektiv borliq va inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqani 
oydinlashtirish hisoblanadi. Olam bilan odam mavjudligini tadqiq qilish insonning 
cheksiz faoliyatini va xarakterini o‘rganishdir. Individning shaxs darajasida 
namoyon bo‘lishida tarbiyaning yetakchi mavqeini qadimdan faylasuf (Arastu, 
Platon, Suqrot, Demokrit va boshqalar)lar tan olishgan va inson tarbiyasi 
muammosi falsafaning asosiy masalalari qatoriga kiritilgan. Shu tariqa falsafiy 
ta'limotlar tarkibida pedagogik fikr va g‘oyalar vujudga kela boshlagan va yillar 
davomida rivojlanib borgan, natijada pedagogika mustaqil fan sifatida ajralib 
chiqqan. Demak, hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, pedagogika fanining 
metodologiyasini jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ifoda etuvchi zamonaviy 
filosofiya, uning bilish nazariyasi tashkil etadi”,
N.Sayidahmedov.
13
Demak, metodologiya birinchi navbatda keng ma'noda – 
fan metodologiyasi sifatida qo‘llanilib, barcha ilmiy fanlar uchun ilmiy bilishning 
falsafiy tayanchi hisoblanadi. Metodologiya fan sifatida ob'ektiv borliqni bilish 
haqida ta'limot (nazariya)dir. Tor ma'noda esa aniq ilmiy fanlar, shu jumladan 
pedagogika uchun ilmiy bilish nazariyasini anglatadi.
Pedagogik tadqiqotlarning metodologik tavsifi.
Pedagogik tadqiqotlarning 
zamonaviy yo‘nalishlari dolzarb va amaliy jihatdan muhim masalalarning yangicha 
yechimlarini izlab topish jarayonining tezlashuvi, ayni vaqtda istiqbolli 
muammolarning nufuzi oshib borayotganligi bilan tavsiflanmoqda. Ular quyidagi 
holatni nazardan chetda qoldirishadi: pedagogik jarayon o‘zining bor 
munosabatlari bilan olib qaralganda pedagogika fani ob'ekti hisoblanadi. Ikkinchi 
yo‘nalish vakillari pedagogik jarayonning alohida unsurlari (metod, shakl va b.) 
o‘rganishga urungan holda bir narsani unutishadiki, o‘quv-tarbiyaviy ishlar 
tizimida yulib olingan hech bir vosita to‘liq hisoblanmaydi. 
Tadqiqot taqdiri pedagogik tadqiqot metodlariga bog‘liqligi sir emas. 
Pedagogik tadqiqotlar metodi agar pedagogik hodisalarning ob'ektiv mohiyatini 
to‘g‘ri ifodalasa, pedagogika predmetining o‘ziga xosligiga javob bersa, shubhasiz, 
ilmiy deb e'tirof etiladi. Shu jihatdan olib qaralganda, pedagogik tadqiqot metodlari 
uchun metodologik baho zarur bo‘ladi.
Pedagogik tadqiqotlarning samaradorligi tadqiqotchining metodologik 
madaniyatiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shu boisdan bu tushuncha integral sifat 
ko‘rsatkich hisoblanib, tadqiqotchidan o‘zida xususiy ilmiy faoliyatni tahlil qilish 
ko‘nikmasini, ma'lum konsepsiya (nazariya)ni ilmiy asoslash va ijodiy qo‘llash 
qobiliyatini egallashni talab etadi. 
Bugun har bir pedagogik tadqiqot qoidaga ko‘ra, joriy etilgunga qadar ilmiy 
asoslanishi shart: dastlabki holat; tadqiqot mantiqi; kutilayotgan natijalar, ularga 
13
Н.Саидаҳмедов. Педагогика фани методологияси хусусида. // Халқ таълими, 2000 йил 1-сони, 34-37-
бетлар. 


35 
erishish metodlarini belgilash; iste'molchilar bilan hamkorlik o‘rnatish; uni joriy 
etish shartlarni ishlab chiqish; iqtisodiy manfaatdorlik va h.k 
Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi hisoblanib, u ishonchli 
qo‘llarda – metodologiyani chuqur o‘rgangan, ilmiy tadqiqot metodlari bilan 
qurollangan shaxs tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. 
Olimning qiyofasi, ruhiyati va tiynati haqida maxsus adabiyotlarda batafsil 
yoritilgan, ayniqsa, uning quyidagi sifatlari alohida qayd etiladi; haqiqatga, 
noma'lumni bilishga jiddiy intilish; kuzatilayotgan hodisa va jarayonlarni tasniflash 
qobiliyati va kuzatuvchanlik; ilmiy tafakkurning analitik – sintetik jamlanmasi va 
b. Ilmiy – tadqiqot ishlarida ob'yektivlik, aniqlik, tanqidiylik, izchillik, tizimlilik 
bo‘lishi shart.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish