38
Ijodkorlik shaxsda mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo‘lishining eng asosiy
va faol shakli hisoblanib, uni quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin: ijod
turi (texnik, texnologik,
tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik,
didaktik, kasbiy, aralash); ijod darajasi (mono ijod, multi ijod, mega ijod); ijod
qamrovi (ixtisoslik, mutaxassislik, bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy,
mintaqalararo, xalqaro); ijodning davomiyligi (qisqa
muddatli, o‘rta muddatli,
uzoq muddatli); ijodning shakli (innovatsion, ilmiy-tadqiqotchilik, ta’limiy,
investitsion, aralash); umumiy jihatlariga ko‘ra (yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq
etish; prinsipial jihatdan yangi yechimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy
qo‘llash); yaratilgan ijod mahsulining ma’nosi va murakkabligiga ko‘ra
(ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro; kashfiyot).
Pedagoglar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish mustaqil fikrlashni
rivojlantirish,
bilim
egallashdagi
intiluvchanlik,
ilmiy
dunyoqarashni
shakllantirish, o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’lim va amaliy faoliyatda mustaqil
qo‘llay olishga o‘rgatishda namoyon bo‘ladi.
Amalga oshirilgan tadqiqot ishi doirasida pedagog shaxsiga xos bo‘lgan
ijodkorlik bilim, ko‘nikma va malakalari tushunchalari tadqiqot nuqtai nazaridan
aniqlashtirildi. Jumladan: ijodkorlik bilimlari – yangi yechim ishlab chiqish uchun
talab etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson
ongidagi tizimlangan in’ikosini; ijodkorlik ko‘nikmalari – shaxsning maqsadga
yo‘naltirilgan ijodiy faoliyatda aqliy jarayon bosqichlarini tez va to‘laqonli amalga
oshirish darajasini belgilaydi. Ijodkorlik malakalari esa
shaxsning ijodiy faoliyat
reproduktiv bosqichlarini qisman avtomatlashgan tarzda, aqliy jarayon
bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasini
anglatadi.
Ijodkorlik bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar
jarayonida pedagoglarda ijodiy o‘quv topshiriqlari, muammoli vaziyatlar hamda
fazoviy tasavvurni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan tizimli foydalanish talab
etiladi. Pedagoglar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish omillari har bir mavzu, har
bir darsda o‘quv faoliyatining asosi bo‘lishi lozim. Ijodkorlik faoliyati o‘qituvchi
va pedagog faoliyatining barcha qirralarini qamrab oladi, uni samarali tashkil qilish
hamda ta’lim jarayonining sifatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Pedagoglarning
ijodkorlik
faoliyatini
rivojlantirishda
ilmiy-texnik
ma’lumotlar bilan ishlash muhim o‘rin tutadi. Turli axborotnomalar, lug‘at va
glossariylar, ilmiy faoliyat bo‘yicha me’yoriy-huquqiy
hujjatlar, ixtirochilik va
patentshunoslik materiallari pedagoglar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kreativ pedagogik texnologiyalar pedagoglarning qo‘yilgan vazifalarni hal
qilishida produktiv faoliyatni amalga oshirishini nazarda tutib, muammoli
fikrlashni rivojlantirish, ma’lumotlarni yig‘ish hamda natijani tekshirib ko‘rish
39
bosqichlarini belgilab olishda pedagoglar ijodkorlik faoliyati samaradorligini
oshirishning muhim omili sanaladi. Kreativ pedagogik texnologiya tushunchasini
shaxs kasbiy ahamiyatli sifatlarini tarkib toptirishning mazmuni va jarayonlari
o‘zaro yaxlitlikda loyihalangan hamda dasturlashtirilgan
vazifalarning maqsadli
amalga oshirilishini ta’minlovchi pedagoglar kasbiy ijodkorligini rivojlantirishning
metodik tizimi sifatida ta’rifladik.
Kreativ pedagogik texnologiyalarni loyihalashda quyidagi tamoyil taklif
etilgan: pedagogik tizim hamda uning barcha tarkibiy qismlari: maqsadi, mazmuni,
tashkiliy shakllari metodlari hamda ta’lim vositalari, pedagogik kadrlar hamda
ichki ta’lim muhitining shaxs kreativligini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi;
kreativ pedagogik texnologiyaning yaxlit ta’lim jarayonida ham, lokal pedagogik
bosqichda ham tizimli tavsifga ega ekanligi; pedagoglar tomonidan ijodiy o‘quv
topshiriqlarini bajarishda yechimni ishlab chiqish trayektoriyasi va mazmunining
mustaqil belgilanishi; kasbiy ijodkorlikka yo‘naltirish orqali pedagoglarning
moslashuvchanlik,
harakatchanlik, innovatsion yechimga intiluvchanlik sifatlarini
tarkib toptirishga qaratilganligini e’tiborga olish.
Kreativ pedagogik texnologiyalarni joriy etish quyidagi yondashuvlar asosida
amalga oshiriladi:
1. Amaliy bilishga asoslangan izlanuvchanlik yondashuvi. Bunday yondashuv
doirasida pedagoglar kasbiy ijodkorligini tashkil etish va rivojlantirishning kreativ
pedagogik texnologiyalari yangi amaliy-tatbiqiy ma’lumotlarni yig‘ish bilan
tavsiflanadi.
2. Nazariy bilishga asoslangan izlanuvchanlik yondashuvi. Ushbu
yondashuvda asosiy e’tibor pedagoglar kasbiy ijodkorligiga doir yangi nazariy
bilimlarni hamda bilim sohalarini qidirishga qaratiladi.
Kreativlik sifatlari:
➢
muammolarni ilg‘ash va shakllantirish;
➢
yangi g‘oyalarni yaratish;
➢
g‘oyalarni uyg‘unlashtirish;
➢
nostandart yechimlar yaratish;
➢
ob’ektlarni takomillashtira olish
Kasbiy ijodkorlik :
➢
mutaxassislik ko‘nikma va malakalari,
➢
ilmiy- texnik bilimlar hamda iqtisodiyot sohalari innovatsion faoliyati,
➢
ta’lim – fan – ishlab chiqarish integratsiyasi asosida intellektual mulk,
➢
ya’ni ijodkorlik
➢
mahsulini yaratishga
➢
qaratilgan faoliyat.