27
Shaxsni
shakllantirish
muammosi
bilan
sotsiologiya,
falsafa,
psixologiya, etika va boshqa qator fanlar shug‘ullanishadi. Agar sotsiologiya
tarbiyani ijtimoiy rivojlanishning omili sifatida qarasa, psixologiya tarbiyaga
shaxsni ruhiy rivojlanishi vositasi tarzida murojaat qiladi. Etika tarbiya
masalalarini axloqiy taraqqiyoti nuqtai nazaridan talqin etadi. Bu fanlardan farqli
o‘laroq, pedagogika shaxsni shakllantirishning ikki tabiatini tadqiq qiladi,
ularning tuzilmasini aniqlashtiradi, qonuniyatlarini ishlab chiqadi, ta’limiy-
tarbiyaviy faoliyatlar texnologiyasini loyihalaydi.
Maktabgacha pedagogika fani predmetini aniqlash, uning boshqa fanlar bilan
aloqasi va o‘zaro ta’eir doirasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib boryushshi
lozim. Bu muammo hozircha umumiy tarzda yoritilgan bo‘lib, aslida
kadrlar
tayyorlash milliy modeli
asosida ham mazmun jihatdan, ham mantiqiy
bog‘lanishlar jihatdan uning tavsifnomasi ishlab chiqilishi lozim.
Har bir fanning rivojlanish doirasini tadqiqotlarni tabaqallashtirish va boshqa
fanlar bilan o‘zaro aloqadorligining xilma-xilligiga bog‘liq holda muhokama
qilinishi lozim.
Mustaqillik yillarida maktabgacha pedagogika fanlari tizimi ham birmuncha
kengayib bormoqda. Bu esa pedagogika fanining o‘z ob’ekti, predmeti, ilmiy
tushunchalar tarkibi, ularning mantiqi, nazariya va amaliyot mutanosibligi kabi
qator savollarni yangicha talqinda ifodalash zarurati mavjud. Boshqacha
aytganda, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar pedagogikani o‘rganadigan
fan paradigmasini almashtirish g‘oyasini vujudga keltirayapti.
Maktabgacha pedagogik paradigma ilmiy faoliyat modeli sifatida bir
tomondan ta’limda fanlararo tadqiqotlarning nufuzi oshayotganligini, pedagogika
fanining integrativ funksiyasi kuchayayotganligini ko‘rsatsa, boshqa tomondan
ta’lim - tarbiya qonuniyatlarini o‘z predmeti sifatida qabul etish yagona fan
sifatida pedagogikaning nazariy mavqeini oshirish va maqomini aniqlashtirish
vazifasini ilgari surdi.
Maktabgacha pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb
metodologik masalalarni yechish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi
sifatida pedagogika metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan,
pedagogik nazariyalar ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik
bilimlar pedagogik (yoki ixtiyoriy boshqa) tadqiqotlari samarli tashkil etish va
yetkazish mumkin emasligini anglatadi.
Ijodiy jarayon bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning
predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar vujudga kelmoqdaki, ularning
mohiyatini qisqacha tushuntirishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: